7 - Mavzu. Marjinalizm ta’limoti va neoklassik iqtisodiy maktablar (4 soat)
Reja
1.
Marjinalizm iqtisodiy ta’limotining shakllanishi, umumiy ta’rifi
2.
Avstriya maktabi
uning xususiyatlari
3.
Kembridj maktabi A.Marshall ta’limoti
4.
Lozanna maktabining xususiyatlari
5.
Marjinalistik ta’limotning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati
1.
MARJINALIZM IQTISODIY TA’LIMOTINING SHAKLLANISHI, UMUMIY
TA’RIFI
XIX asrning ikkinchi yarmi-XX asrning boshlarida iqtisodiy ta’limotlarning
rivojlanishi (evolyutsiyasi) kapitalizm iqtisodiyotida uning siyosiy ustqurmasida yuz berayotgan
tub siljishlarni aks ettirar edi. XIX asrning so‘nggi choragida erkin raqobatning monopoliyaga
aylanishi iqtisodiyotdagi eng muhim hodisa bo‘ldi. Bu jarayon kapitalizm ziddiyatlarning,
ayniqsa mehnat bilan kapital o‘rtasidagi ziddiyatlarning chuqurlashuvi va keskinlashuvi bilan
ayni bir vaqtda ro‘y berdi. XIX asrning 70-yillaridan boshlab qiymat nazariyasi va uni ilmiy tahlil
qilishda ham chinakam inqilobiy o‘zgarish yuz berib aynan shu davrda Yevropaning bir nechta
mamlakatlarida turlicha nazariy maktablar shakllandi. Ushbu maktablar
yaratgan iqtisodiy
ta’limot fanda «marjinalizm» ta’limoti deb nomlanib XX asrning 30-yillarigacha o‘z mavqeini
saqlab turdi.
Marjinalizm fransuzcha «marginal» so‘zidan olingan bo‘lib «eng yuqori», (chegaraviy)
degan ma’nonibildiradi.
Bu boradagi o‘zining ilk fikrlarining U.Stenli Jevons 1862yilda Britaniya fanlarini
rivojlantirish Assotsiatsiyasida qilgan «Siyosiy iqtisodning umumiy nazariyasi haqida qisqacha
bildirish»nomli ma’ruzasida bayon etgan edi. 1871yilda esa U.Jevons yangi nazariyasini ilmiy
asoslashga bag‘ishlangan fundamental asar bo‘lgan «Siyosiy iqtisod nazariyasi»nomli kitobini
Angliyada nashr qildirdi. Aynan mana shu yili 1871yilda Avstriyada Karl Mengerning «Siyosiy
iqtisod asoslari»nomli kitobi ham e’lon qilindi. Bu kitobda ham xuddi mana shu «eng
yuqori
foydalilik»nazariyasi tahlil qilinib matematik formula va teoremalarsiz ilmiy jihatdan asoslab
berildi.
1874 yilda Shveytsariyada Leon Valrasning «Sof iqtisodiyot fani elementlari»nomli kitobi
nashrdan chiqdi. Bu kitobdagi iqtisodiy nazariya to‘liq ravishda matematik jihatdan rivojlantirildi.
Shunday qilib yangi yo‘nalish bir vaqtda uchta olim tomonidan turli mamlakatlarda ingliz, nemis
va fransuz tillarida ilmiy jihatdan asoslab berildi.
Marjinalizm va uning rivojlanish davrini ikki bosqichga bo‘lib o‘rganish maqsadga
muofiqdir.
Birinchi bosqich XIX asrning 70-80-yillarini o‘z ichiga olib iqtisodiy tahlilning dastlabki
marjinalistik g‘oyalarini mujassam qilgan dastlabki ilmiy asarlar yaratildi.(K.Menger, U.Jevons
va L.Valras asarlari). Bu davrda asosiy mavzu inson psixalogik xususiyati, ya’ni uning hissiyoti
va qabul qilishi asosida o‘rganiladi. Shuning uchun marjinalizmning
bu bosqichini iqtisodiy
ta’limotlardagi «subyektiv yo‘nalish» deb ataldi.
Ikkinchi bosqich XIX asrning 90-yillariga to‘g‘ri kelib, bu davrdan boshlab marjinalizm
ko‘pgina mamlakatlarda mashhur va asosiy ta’limotga aylandi. Marjinalistlarning bu davrda
erishgan asosiy yutug‘lari subyektiv-psixologik yo‘nalishdan vos kechib iqtisodiyotning asosiy
maqsadi bu iqtisodiy hayotning doimiy borishini mavjud shart-sharoitlar asosida tushuntira bilish
demakdir, dedilar. Natijada yangicha iqtisodiy g‘oyalar namoyondalari klassik iqtisodiy
maktabning davomchilari
sifatida baholanib, ularga neoklassiklar deb nom berildi.
Marjinal rivojlanishning ikkinchi bosqichini ya’ni neoklassik iqtisodiy ta’limotni
rivojlanishiga yirik iqtisodchi olimlar A.Marshall, Dj. B.Klark va V.Pareto katta hissa qo‘shdilar.
Marjinal iqtisodiy g‘oyalarni yuqorida qayd etilgan ikkala bosqichini o‘ziga xos xususiyatlarini
quyidagicha ta’riflashimiz mumkin.
Birinchi. Dastlabki marjinalistlar o‘zlarining subyektiv oqimlarida asosiy e’tiborni
iqtisodiy tahlil jarayonida istemol (talab)ning tutgan o‘rnini o‘rganishga qaratib klassiklardan
farqli ravishda ishlab chiqarish (taklif)ni ikkinchi darajali qilib qo‘ydilar. Keyinchalik
neoklassiklar har ikkala jarayonni birgalikda o‘rganib ancha mukammal ta’limot yaratdilar.
Ikkinchi. Birinchi bosqich marjinalistlari subyektiv yo‘nalish vakillari
klassiklar singari
sabab oqibatga asoslangan ilmiy tahlilni qo‘llab ularning g‘oyalarini ma’lum darajada
takrorladilar. Lekin birgina katta farq subyektiv maktab qo‘llagan iste’mol va tovarlarning
foydaliligi usuli ularni klassik maktab usulidan farqladi. O‘z navbatida marjinalistlarning
neoklassik yo‘nalishi funksional ilmiy tadqiqotni maydonga tashlash bilan birga ishlab chiqarish
va iste’molni yaxlit holda o‘rganib meyoriy iqtisodiy o‘lchamlarni
taqsimot va ayirboshlash
jarayonlariga ham tadbiq etdilar.
Uchinchi. Marjinal inqilobning birinchi bosqichidan farq qilib, ikkinchi bosqichda
funksional ilmiy uslub bilan birga iqtisodiy tahlilga iqtisodiy
jarayonlarni matematik
modellashtirish usuli ham olib kirildi. Shu jumladan, har ikkala bosqich nazariyotchilari «erkin»
raqobat yordamidagi iqtisodiy o‘sishni haligacha avtomatik avishda qo‘llab kelinmoqda degan
fikrga keldilar.
To‘rtinchi. Neoklassiklar iqtisodiy ta’limotlar tarixida alohida o‘rin egallagan
klassiklardan iqtisodiy liberalizm tamoyillariga sodiq qolishni meros qilish bilan birga tadqiqot
mavzuini yanada kengaytirib, unda funksional tadqiqot usulidan va iqtisodiy ko‘rsatkichlarni
taqqoslash usuli va nihoyat sistemali matematik usuldan keng foydalanishni amalga oshirdilar.