7.3-jadval
Jahon mintaqalari boyligining tarkibi (aholi jon boshiga)
Jahon
mintaqalari
Jami,
ming
AQSh
doll.
Ishlab chiqarish
salohiyati
Tabiiy
salohiyat
Inson
salohiyati
ming
AQSh
doll.
%
ming
AQSh
doll.
%
ming
AQSh
doll.
%
Shimoliy
Amerika
326
62
19,0
16
5,0
241
76,0
G‘arbiy
Yevropa
237
55
23,0
6
2,0
177
74,0
Yaqin Sharq
150
27
18,0
58
39,0
65
43,0
Janubiy
Amerika
95
16
17,0
9
9,0
70
74,0
Sharqiy Osiyo
47
7
15,0
4
8,0
36
77,0
Jahon
bo‘yicha
100,0%
16,0
20,0
64,0
Shimoliy Amerika va G‘arbiy Yevropada ham ishlab chiqarish, ham inson
resurslari eng yuqoridir. Shuning uchun ham mazkur mintaqaviy davlatlari aholi
jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromadlarda ham yetakchi o‘rinlarni egallaydilar.
Yaqin Sharq mamlakatlarning asosiy boyligi esa tabiiy resurslardir. Lekin bu
davlatlarda inson salohiyati eng past darajadadir.
XXI asrda inson salohiyati milliy boylikning asosiy qismi va har bir
mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim omiliga aylanganligini
tasdiqlash mumkin.
7.4. Inson kapitaliga kiritiladigan investitsiyalar
Inson kapitaliga investitsiyalarga salomatlikni saqlash, umumiy va maxsus
ma’ulomot olish, ish qidirish, kasbiy tayyorgarlikdan o‘tish, migratsiya, farzand
ko‘rish va uni tarbiyalash, baholar va ish haqi to‘g‘risida iqtisodiy ma’lumotlar
izlash bilan bog‘liq harajatlar kiritiladi. Inson kapitaliga kiritiladigan
investitsiyalarning eng muhimlari salomatlik va ta’lim uchun xarajatlardir.
Salomatlikka, uni saqlashga kiritiladigan investitsiyalar kasallik va o‘limning
oldini olib, insonning mehnatga layoqatli umrini, inson kapitalining ishlash davrini
uzaytiradi. Inson salomatligining ahvoli uning tabiiy kapitali bo‘lib, butun umr
davomida u yemirilib boradi. Sog‘liqni saqlash bilan bog‘liq investitsiyalar mazkur
jarayonni sekinlashtiradi.
Umumiy va maxsus ta’lim insondagi bilimlar sifatini yaxshilaydi, darajasini
va zahiralarini oshirish vositasida inson kapitalining miqdori va sifati o‘sishiga
xizmat qiladi. Oliy ta’limga kiritiladigan investitsiyalar yuqori malakali
mutaxassislar, yuqori mehnat unumdorligining yuzaga kelishiga sharoit yaratadi,
ular esa o‘z navbatida iqtisodiy taraqqiyot sur’atlarini jadallashtirishga turtki
bo‘ladi.
Odatda investitsiyalar, layoqat zahiralari, ishlab chiqarilgan mahsulot va
unum, daromadlar pul bilan o‘lchanadi. Ammo barcha investitsiyalar va samara
pul ko‘rinishida ifodalanashi mumkin emas. Pul daromadlaridan tashqari inson
ruhiy qoniqish olishi, vaqtni tejashi, ijtimoiy maqomini oshirishga erishishi lozim.
Bu o‘rinda ijtimoiy integral samarani ham unutmaslik darkor, zero undan nafaqat
yakka shaxs, balki butun jamiyat manfaatdor.
“Inson kapitali” tushunchasini ifodalashda quyidagi xususiyatlarni inobatga
olish kerak:
- hozirgi zamonda inson kapitali iqtisodiy taraqqiyotning yetakchi omili
hisoblanadi;
- inson kapitalini shakllantirish insondan va jamiyatdan salmoqli xarajatlar
talab etadi;
- inson kapitali ko‘nikmalar va layoqat sifatida muayyan zahira hisoblanadi,
ya’ni uni jamg‘arish mumkin;
- inson kapitaliga kiritiladigan investitsiyalar uning egasiga kelajakda
ko‘proq daromad olish imkonini yaratadi;
- inson kapitaliga kiritiladigan investitsiyalar salmoqli, uzoq vaqt amal
qiladigan, integral xarakterga ega bo‘lgan iqtisodiy va ijtimoiy samara beradi;
- iqtisodiy qo‘yilmalar kiritish qancha erta boshlansa, u shuncha erta unum
bera boshlaydi. Ammo shuni unutmaslik lozimki, investitsiya qancha sifatli va
uzoq davom etadigan bo‘lsa, u shuncha yuqori va uzoq vaqt naf beradi;
- inson kapitali jismoniy va ruhiy jihatdan yemirilib boradi. Inson
kapitalining yemirilishi birinchidan inson organizmi va unga xos bo‘lgan
psixofiziologik funksiyalarning tabiiy yemirilishi (keksayish), ikkinchidan
bilimlarning ma’naviy yemirilishi (eskirish) darajasi bilan aniqlanadi. Inson
kapitali to‘planishi ta’lim va ishlab chiqarishda tajriba orttirish jarayonida amalga
oshiriladi;
- inson kapitalining integral samarasi insonning umr ko‘rish davriga bog‘liq
emas;
- inson kapitalini shakllantirishda “ikki yoqlama ko‘payuvchi samara” o‘z
o‘rniga ega. Uning mohiyati shundaki, ta’lim jarayonida o‘rganuvchidan tashqari
o‘rgatuvchining ham qobiliyati o‘sib boradi, natijada har ikkisining ham
daromadlari oshadi;
- inson kapitalining moddiy kapitaldan farqi shundaki, u o‘z egasi, ya’ni tirik
inson shaxsidan ajralmasdir;
- davlat, oilaviy, shaxsiy va sh.k. shakllanish manbalaridan qat’iy nazar
inson kapitalini qo‘llash va bevosita daromadlar olish insonning o‘zi tomonidan
nazorat qilinadi;
- insonga kiritiladigan qo‘yilmalarning xarakteri va turi tarixiy, milliy,
madaniy xususiyatlar va an’analar bilan bog‘liq.
Inson kapitalining quyidagi asosiy aktivlarini keltirish mumkin: umumiy va
maxsus ma’lumot, salomatlik, farzand ko‘rish va uni tarbiyalash, iqtisodiy
ahamiyatga molik axborotni izlash. Har bir inson tirik shaxs sifatida tug‘ilishdan
iqtisodiy layoqatga ega bo‘lishini hisobga olib, aksariyat iqtisodchilar ishlab
chiqarish layoqatining asosiy qismi investitsiyalar natijasida shakllanadi va faoliyat
orqali rivojlanib boradi degan fikrni ilgari suradilar. Inson kapitalini ishlab
chiqarish jarayonlarini ifodalashda ularni qo‘yilmalar turlari, turli qo‘yilmalarning
bevosita ta’siri, insonlarning shaxsiy zehni, qo‘yilmalar birliklari samarasi
bo‘yicha farqlash lozim.
Iqtisodiy adabiyotlarda inson kapitalini ishlab chiqarish ikki darajaga
ajratiladi: mikro (mikroishlab chiqarish) va makro (jamlama ishlab chiqarish)
darajalar. Inson kapitalini mikroishlab chiqarish alohida individ uchun inson
kapitalining qandaydir o‘ziga xos aktivini yaratish maqsadi inson kapitaliga
investitsiyalar hisobiga amalga oshiriladi. Inson kapitalini makroishlab chiqarish
yig‘indi investitsiyalar hisobiga amalga oshirilib, jamiyat qanday qilib umumiy
inson kapitali aktivlarini yaratishi mumkinligini ko‘rsatib beradi.
Inson kapitaliga kiritilgan investitsiyalar salmog‘i va to‘plangan inson
kapitalining hajmini baholashda turli usullardan foydalaniladi. Ulardan eng
ommaviylashgani - turli davrlarda turli ne’matlarni afzal ko‘rish deb ataladigan,
asoslangan, bo‘lajak daromadlarni kapitalizatsiyalash tamoyilidir. Uning mohiyati
quyidagicha: insonlar hozirda mavjud bo‘lgan muayyan miqdordagi mablag‘ yoki
ne’matlarni kelgusida olish mumkin bo‘lgan shuncha miqdordagi mablag‘ yoki
ne’matlardan afzal ko‘radilar. inson kapitali nazariyasi tarafdorlari har qanday
kapitalning salmog‘ini uni ishlab chiqarish bahosi bilan emas, balki undan
foydalanish orqali keladigan iqtisodiy naf bilan aniqlaydilar. Inson kapitaliga
kiritilgan qo‘yilmalar natijasida olinadigan bo‘lajak daromadlarning diskontlangan
miqdori foydalanilgan inson kapitalining salmog‘ini tashkil etadi. Bunda inson
kapitali bevosita yo‘l bilan, pul bahosida o‘lchanadi.
Kelajakda olinishi mumkin bo‘lgan har qanday miqdorning hozirgi
qiymatini hisoblash protsedurasi diskontlash deyiladi. U quyidagi ko‘rsatgichlar
orqali aniqlanadi:
D
c
- daromadlarning hozirgi miqdori;
D
t
- daromadlarning kelgusidagi miqdori%
i - joriy foiz stavkasi;
t - yillar soni.
D
c
- t yilga i foiz bilan kiritilib, D
t
miqdorgacha o‘sadigan ma’lum pul
miqdori. D
c
- i yilga teng foiz me’yorlarini hisobga olgan holda t yildan so‘ng
to‘lanidgan D
t
miqdorning hozirgi anologini o‘zida aks ettiradi.
“Turli davrlarda afzal ko‘rish” tamoyiliga muvofiq individlar uchun kelgusi
ne’matlar mavjudlariga qaraganda kamroq ahamiyat kasb etadi. Shu bois, masalan
bugungi 100 doll. ertangi 110, indingi 120 doll. va h.k.ga teng. Mazkur konsepsiya
doirasida inson kapitalini hisoblash asosiga diskontlash usuli kiritilgan. Insonga
kiritilgan kapital bo‘yicha daromadlar inson kapitaliga investitsiyalarga to‘g‘ri
keladigan ish haqi va uning mehnat bilan bog‘liq qismi o‘rtasidagi farq sifatida
aniqlanadi.
Insonning layoqatini yaxshilash va rivojlantirish uchun xarajatlarning oshib
borishi bilan mehnat birlamchi tabiiy omil sifatida inson kapitaliga aylanib boradi.
Har bir insonning ishchi kuchini oddiy mehnatning birligi va unda mavjud bo‘lgan
inson kapitalining ma’lum miqdorining kombinatsiyasi sifatida qarash mumkin.
Muvofiq tarzda, istalgan xodim tomonidan olinadigan ish haqini ham uning oddiy
mehnatining bozor bahosi va undagi inson kapitali tufayli yuzaga keladigan
daromadning umumlashmasi tarzida baholash o‘rinli.
Iqtisodiy adabiyotlarda “inson kapitali darajasi” tushunchasi bilan bir
qatorda “ma’lumot fondi” tushunchasi ham qo‘llaniladi va u xodim tomonidan
orttirilgan bilimlar, ko‘nikmalar, tajriba qiymati bahosini o‘zida aks ettiradi.
To‘plangan va iste’mol qilingan inson kapitallarining darajasini baholash
turli usullarda amalga oshirilishi mumkin. Inson kapitalini shakllantirish uchun
sarflangan barcha investitsion xarajatlarning darajasini hisobga olishga asoslangan
investitsion baholar usuli eng oddiy usullardan hisoblanadi. Boshqa bir - takror
ishlab chiqarish baholari usuli asosida esa inson kapitalini shakllantirish va
qo‘llash uchun ketgan xarajatlarni, uni to‘planishi va real takror ishlab chiqarilishi
me’yorlarini hisobga olgan holda baholash yotadi. Bizningcha, eng istiqbolli usul
inson kapitalini takror ishlab chiqarish va rivojlantirishga ketadigan barcha
xarajatlarini hisobga olish, uning integral baholarini hisoblashga asoslangan va
turli ijtimoiy unumlarni hisobga olishni ko‘zda tutuchi integral baholar usulidir.
Ta’lim olishga investitsiyalar xodimning inson kapitalini shakllantiradi va
ma’lum vaqtdan so‘ng unga daromad keltiradi. Umumiy va maxsus ta’lim olish
bilan xodim ikki turdagi layoqat egasiga aylanadi: oddiy mehnat va inson kapitali.
Ularning har biri ma’lum miqdorda daromad keltiradi va bu daromadlarning
yig‘indisi xodimning ish haqiga teng bo‘ladi. Ma’lumotning oshishi natijasida ish
haqining o‘sishi oddiy mehnat bilan bog‘liq bo‘lmay investitsiya kiritishning
samarasi hisoblanadi. Xodimning ish haqi oddiy mehnatning ish haqiga ta’siridan
ozod qilinishi kerak. Bu ish haqidan oddiy, ya’ni zarur ma’lumot minimumi talab
etmaydigan mehnatga to‘g‘ri keladigan qismni chegirib tashlash orqali amalga
oshiriladi. Oliy ma’lumotli mutaxasislar ish haqida oddiy mehnat hisobga
olinmaydi va “nol darajadagi ma’lumotga ega kishining ish haqi” tushunchasi
kiritiladi.
Ma’lumot va malaka darajasi bilan bog‘liq bo‘lgan ish haqidagi tengsizlikni
tahlil qilishdaga alohida e’tibor qaratiladi. Ma’lum darajasda umumiy va maxsus
tayyorgarlikka ega bo‘lgan xodimning ish haqini ikki asosiy qismga ajratib ko‘rish
mumkin. Birinchi qism xodimning ma’lumoti boshlang‘ich darajada bo‘lganda
olishi mumkin bo‘lgan ish haqi darajasini o‘zida aks ettirsa, ikkinchi qism inson
kapitaliga kiritilgan investitsiyalar natijasida olingan daromad yoki ma’lumot bilan
bog‘liq holda ish haqining o‘sishidir.
Y
n q
X
o
qRC
n
bunda:
Y
n
- n yil ma’umotga bo‘lgan kishining ish haqi;
X
o
- boshlang‘ich ma’lumotga ega bo‘lgan kishining ish haqi;
R - ma’lumot olish uchun qo‘yilmalardan nafning joriy me’yori;
C
n
- n yil o‘qish davomida kiritiladigan investitsiyalar miqdori.
Inson kapitali nazariyasi doirasida ish haqi qandaydir qatlamli struktura
tarzida ko‘riladi va har bir qatlamga muayyan ma’lumot darajasi muvofiq keladi.
Oliy ma’lumotdan olinadigan iqtisodiy naf dorilfununni tugatgan va maxsus
ma’lumotga ega kishilar umr bo‘yi olgan ish haqlarining yig‘indisidagi farqqa teng
bo‘ladi. Shu bois dorilfununda o‘qish uchun kiritilgan investitsiyalardan nafni
mehnatga layoqatli umr davomida olib turiladigan qo‘shimcha daromad deb qarash
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |