7-Mavzu: Etiket alifbosi. Etika alifbosi: amal qilinishi shart bo`lgan qoidalar



Download 52,07 Kb.
bet2/4
Sana01.11.2019
Hajmi52,07 Kb.
#24788
1   2   3   4
Bog'liq
Hayot va turmush odobi

O’zini tutish qoidalari

Jamoat joylarida:


    • Kiyimini, o’zini tartibga keltirish, galstugini, soch turmagini to’g’irlash, tirnoq tozalash (bu faqat uyda, mehmonxonada yoki maxsus joylarda mumkin);

  • Soch tarash tarash va hurpaytirish;

  • Jimjiloqda tish tozalash;

  • Barmoq qirsillatish;

  • Kaftni bir-biriga ishqalash;

  • Kiyimni tortqilash;

  • Hirgoyi qilish;

Suhbat chog’ida:


  • Qo’lni cho’ntakka solib, ortga qilib, yoki ko’krakda qo’llarni chalishtirib turish yoki o’tirish;

  • Qo’l siltab gapirish;

  • Yelka qisish’

  • Inkor ma’nosida bsoh chayqash;

  • Nutqni turli imolar bilan bezash;

  • Suhbatdoshga elka o’girish;

  • Esnash, teztez soatga qarash;

Biror narsa o’ynab o’tirish MAN ETILADI!

8-Mavzu:Ko’rkamlik sirlari - shaxsiy gigiyena


Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Jump to navigation Jump to search



Shaxsiy gigiyena - gigiyenaning bir boʻlimi; shaxsiy hayot va mehnat faoliyatida amal qilinishi zarur boʻlgan gigiyenik rejim yoʻli bilan odam sogʻligʻini saqlash va mustahkamlash masalalarini ishlab chiqadi. Sh.g . har bir kishining oʻziga va yoshiga bogʻliq boʻlib, aqliy va jismoniy mehnatni toʻgʻri yoʻlga qoʻyish, jismoniy tarbiya bilan shugʻullanish, vaqtida ovqatlanish, miriqib uxlash, mehnat va dam olishni toʻgʻri uyushtirishdan iborat. Tor maʼnoda badan (teri, soch, tirnoq, tishlar), kiyimkechak, poyabzal, koʻrpatoʻshak, turar joy, ovqat tayyorlash gigiyenasi va h.k. ham Sh.g .ga kiradi. Birinchi navbatda, badanni ozoda saqlashga eʼtibor berish zarur. Ayniqsa, badanning ochiqjoylari, shuningdek, tirnoq osti tez kirlanadi, shuning uchun qoʻlni botbot sovunlab yuvib turish, tirnoqlarni toʻgʻri parvarish qilishga odatlanish kerak. Uyda ovqat tayyorlaganda ham qoʻlning tozaligiga eʼtibor berish lozim. Sh.g . qoidalariga bolalar juda yoshligidanoq odatlanishi zarur.

Kuniga dush qabul qilish yaxshi odat. Uyda dush boʻlmasa, badanning ochiq, ayniqsa, koʻp terlaydigan joylarini, qoʻltiq va koʻkrak ostini issiq suv bilan sovunlab yuvish lozim. Oʻringa yotishdan oldin oyoqni yuvish, agar barmoq burmalarida chaqalangan, bichilgan joylar boʻlsa davolatish kerak.

Ogʻiz boʻshligʻini toza tutish faqat tishlarning sogʻlom boʻlishini taʼminlabgina qolmay, balki ichki aʼzolardagi kasalliklarning oldini olishda ham muhim. Tishni har kuni ertalab yuvishga, shuningdek, ovqatlangandan keyin ogʻizni chayishga odatlanish kerak; agar ogʻiz hidlansa, darhol vrachga koʻrinish zarur.

SH.g .ga umumiy gigiyena tadbirlaridan tashqari, jinsiy aʼzolar parvarishi ham kiradi; buni bola balogʻatga yetganida emas, aksincha, bola tugʻilganidanoq muntazam amalga oshirish kerak.

Ichki kiyim toza boʻlishi, har kuni yoki kunora paypoqni almashtirib turish Sh.g .da juda muhim; badan, kiyimkechak, turar joy, oshxona, ish joyi va boshqalarning toza boʻlishiga eʼtibor berish kerak (qarang Gigiyena).

Har bir oila aʼzosining sochigʻi, koʻrpatoʻshagi alohida boʻlishi, koʻrpayostiq jildi, choyshabni haftada bir almashtirib turish zarur. Uyquga yotishdan oldin ichki kiyimni almashtirish lozim. Sh.g .ga oid tadbirlarni, ayniqsa, oila aʼzolaridan biror kishi ogʻriganda qatʼiy amalga oshirish talab etiladi, aks holda kasallik atrofdagilarga, xususan bolalarga tez yuqishi mumkin (qarang Bemorni parvarish qilish). Qiz va oʻgʻil bolalar parvarishining oʻziga xos tomonlari bor (qarang Goʻdak, Bolalar va oʻsmirlar gigiyenasi). Sh.g . qonunqoidalari barchaga tegishli boʻlishi bilan birga, uni kishining yoshiga, erkak va ayolning anatomikfiziologik xususiyatlariga bogʻliq tomonlari ham bor. Jinsiy aʼzolar va jinsiy hayot gigiyenasi (qarang Jinsiy gigiyena) masalalari bilan seksologiya shugʻullanadi. Mehnat jarayonida Sh.g .ni toʻgʻri tashkil etish ishini mehnat gigiyenasi oʻrganadi.

Shaxsiy Gigiyena – odam sog’lig’ini saqlash va mustahkamlashga olib keluvchi tozalikka rioya qilish qonun qoidalari majmua. Sh.g. har bir kishining o’ziga va yoshiga bog’liq bo’lib, aqliy va jismoniy mehnatni to’g’ri yo’lga qo’yish, jismoniy tarbiya bilan shug’illanish, ovqatni vaqtida yeyish, miriqib uxlash, mehnat va dam olishni to’g’ri uyushtirishdan iborat. Tor ma’noda badan, kiyim-kechak, ko’rpa-to’shak, turarjoy, ovqat tayyorlash gigiyenasi va h.k.lar ham Sh. G.ga kiradi. Birinchi navbatda badanni ozoda saqlashga e’tibor berish zarur. Ma’lum bo’lishicha yog’ bezlari bir haftada teri ostiga 100-300 g. yog’, ter bezlari esa 3,5-7 l. ter ishlab chiqarar ekan. Shuning uchun muntazam yuvinib turish lozim, aks holda badanni mikroorganizmlarga qarshi kurashish va himoyalanish funksiyasi susayib, har xil yiringli yara-chaqalar paydo bo’ladi.

Ayniqsa badanning ochiq yojlari, shuningdek tirnoq osti tez kirlanadi, shuning uchun qo’lni bot-bot sovunlab yuvib turish, tirnoqlarni to’g’ri parvarish qilishga odatlanish kerak. Xususan to’g’ri ovqatlanish tarmoqlarida ishlovchilarqo’lni toza tutishlari lozim. Uyda ovqat tayyorlaganda ham qo’lni tozaligiga e’tibor berish kerak (masalan, dizenteriyani ko’pincha iflos qo’l kasalligi deb atashadi). Bolalarni juda yoshligidanoq sh.g.ga o’rgatish zarur.

Badanni toza tutishdagi asosiy vosita sovun bilan suvdir; yuvinish uchun atir sovun va yumshoq suvdan foydalangan ma’qul. Ma’lumki badan terisini quruq, yog’li va normal bo’ladi; terini parvarish qilganda uning xususiyatlarini hisobga olish zarur. Kuniga dush qabul qilish yaxshi odat, ayniqsa ishdan keyin dushga yuvinish qabul qilish yaxshi odat, ayniqsa ishdan keyin dushda yuvinish maqsadga muvofiq; chang joyda ishlaydiganlar, shuningdek ko’p terlaydigan kishilar albatta dush qabul qilishlari zarur, bunda suv tempraturasi 37-38 gradusdan oshmasligi kerak. Uyda dush bo’lmasa badanning ochiq va ko’p terlaydigan joylarini, qo’ltiq va ko’krak bezlari ostini issiq suv bilan sovunlab yuvish lozim. Xammomga haftada bir marta brogan ma’qul, bunda banni mochalka bilan sovunlab yuviladi, kirlangan kiyim tozasiga almashtiriladi. Badan mochalka bilan yuvilganda teri yaxshi tozalanadi, uning qon bilan ta’minlanishi yaxshilanadi, odam o’zini tetik his qiladi. Yuvingandan keyin teri burmalarini tualet sirkasi yoki biror xil loson bilan artish foydali. (q. Kosmetika). Oyoqni kuniga o’ringa yotishdan oldin sovunlab, agar barmoqlar burmalari chaqalangan, bichilgan joylar bo’lsa, albatta vrachga ko’rinib qo’yish zarur. Oyoqda tirnalgan, shilingan joylar bo’lishi terining yiringli hamma zamburug’ kasalliklariga olib kelishini sedan chiqarmaslik kerak. Oyoqda qadoq bo’lsa, uni maxsus kosmetika kabinetlarida oldirib tashlash zarur.

9 – Mavzu:Ko’rkamlik sirlari - Tabiiy niqoblar, sochlar parvarishi va shifobahsh yog‘lar haqida...

Issiq kunlarda go‘zallik sohasi, xususan kosmetologiya bobida ish olib boruvchi mutaxassislar uchun juda qizg‘in payt sanaladi. Sababi, aynan mana shu mavsumda ayollarning aksariyat qismida go‘zallikka oid muammolar kelib chiqadi. Bugun ana shu muammolarning eng keng tarqalganlari haqida so‘z yuritib, ularni hal qilishda foyda beradigan xalqona choralarni keltirib o‘tamiz.



Sochlar gullashi

Bahorva yoz fasli kelgach, kunlar isishi bilan sochlarning uchi gullab, o‘ta zaif bo‘lib qoladi. Ularning qalin va chiroyli bo‘lishi uchun nimalarga ahamiyat qaratish kerak? Ba’zilar buning uchun yog‘lar foydali ekanligi haqida aytadi. Ammo issiq kunlarda yog‘li niqoblar qilish mumkinmi?

Odatda sochlarning gullash muammosi bilan kalta soch sohibalariga nisbatan uzun sochli qizlar ko‘proq aziyat chekadilar. Uzun sochlarda tolalar piyozchasi har doim ham butun soch tolasi uchun himoya qatlamini hosil qiladigan maxsus modda ishlab chiqara olmaydi. “Gullash” muammosining birdan-bir yechimi hech bo‘lmasa oyda bir marta sartarosh huzuriga tashrif buyurgan holda sochlarning “gullagan” qismidan voz kechish hisoblanadi. Bundan tashqari organizmdagi tabiiy namlik balansini ta’minlash orqali ham mazkur muammodan halos bo‘lish imkoni mavjud.  Buning uchun har kuni kamida bir yarim litr toza suv ichish va tarkibida suv ko‘p miqdorda suv bo‘lgan mahsulotlar tanovul qilish lozim.

Efir moylaridan tayyorlangan niqoblarni esa muntazam ravishda qilib borish kerak. Negaki, shifobaxsh yog‘lar sochlardagi “gullash”muammosidan  osonlikcha halos etadi. Ammo buning uchun avval sochlaringizning gullagan qismini kesib tashlab, ana undan so‘ng niqob qilishingiz lozim.



Yog‘li sochlar muammosi

Ayrim qizlar va ayollarning sochlari yog‘li turga mansub bo‘ladi. Shu sababli ham ularni parvarishlash juda qiyin. Deyarli har ikki kunda boshni yuvishga to‘g‘ri keladi, shunda ham kun yarmiga bormay soch tolalarida yoqimsiz yaltirash paydo bo‘ladi.

Uy sharoitida tayyorlanuvchi tabiiy niqoblar turli kimyoviy vositalardan afzalroq ekanligini ko‘pchilik yaxshi bilsa kerak. Tabiiy niqoblar sochlarga jilokor va go‘zal ko‘rinish beribgina qolmay, ularning sog‘lom bo‘lishini ham ta’minlay oladi.

1dona tuxum sarig‘i ozroq asal, aloe sharbati va 1 choyqoshiq piyoz suv bilan aralashtiriladi. Hosil bo‘lgan massa bosh terisiga surtilib, ortib qolgan qismi sochlar uzunlgi bo‘ylab taqsimlab chiqiladi. Niqob shu tarzda yarim soat qoldiriladi va hona haroratidagi suv bilan yuvib olinadi. Unutmang, boshni haddan ortiq issiq suv bilan yuvish ham yog‘ bezlarining foal ishlashiga sabab bo‘ladi, bu esa muammoni yanada chuqurlashtirib yuboradi. 

Sochlar ayol tashqi go‘zalligining ajralmas qismi, shu bilan birga salomatlik ko‘zgusi hisoblanadi. Kosmetologlar orasida soch tolalariga “Salomatlik barometri” deya nisbat berilishi bejizga emas. Haqiqatdan ham, insondagi tushkunlik holati, kun tartibidagi buzilishlar, yaxshi ovqatlanmaslik va organizmga yetkazilayotgan tashqi zararlar sochlar orqali o‘z natijasini aks ettiradi. 

Yog‘li sochlar muammosi

Uy sharoitida tayyorlash imkoni bo‘lgan tabiiy niqoblar esa ularning baquvvat va qalin bo‘lishiga yordam beradi. 

Bu borada sochlaringiz uchun tuxum sarig‘idan tayyorlanuvchi niqob tavsiya etiladi. Muolaja uchun sizga 1 dona tuxum sarig‘i, 1 choyqoshiq spirt va 1choyqoshiq qaynagan suv kerak.

Tuxum sarig‘i oqidan ajratib olinadi va venchik yordamida biroz ko‘pirtiriladi. So‘ng spirt va suv qo‘shib, aralashma hajmdor ko‘pik holiga kelguniga qadar ko‘pirtirish davom ettiriladi. Tayyor aralashma bosh terisiga surtib chiqilgach, 10 daqiqa qoldiriladi va iliq suv bilan yuvib tashlanadi.



Piyozli niqoblar

Sochlar parvarishida piyoz sharbatining o‘ta foydali ekanligi qulog‘ingizga chalingan bo‘lsa kerak. Piyozli niqoblar haqiqatdan ham sochlar holatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadimi? Shubhasiz, ha!

Sochlar parvarishida piyozning foydasi juda ham katta. Quyidagi niqob esa sochlaringizning jilokor, mayin va sog‘lom bo‘lishiga ko‘maklashadi.

Bugungi kunda ko‘plab ayol-qizlarni tashvishga solayotgan sochlar to‘kilishi muammosidan ham piyozli niqoblar yordamida osongina halos bo‘lishingiz mumkin.

Bir dona o‘rta kattalikdagi piyoz qirg‘ichan o‘tkazilib, hosil bo‘lgan massa bosh terisiga surtiladi va bir necha soat shu holicha qoldiriladi. Belgilangan muddat o‘tganidan so‘ng piyozli bo‘tqa iliq suv yordamida yuvib tashlanadi. Piyoz bo‘tqasiga biroz asal qo‘shib yuborish orqali uning samarasini yana ham kuchaytirishga erishishingiz mumkin. 

Sochlar to‘kilganda...

Sochlaringiz o‘ta siyrak va to‘kiluvchan bo‘lib qolgan bo‘lsa,  oddiy, foydali va samarali niqob bilan uni parvarish qilishga kirishing.

Buning uchun 1 dona o‘rta kattalikdagi piyozni qirg‘ichdan o‘tkazib, 1 dona ko‘pirtirilgan tuxum sarig‘i bilan aralashtiring. Hosil bo‘lgan massaga 1 oshqoshiq kanakunjut yog‘i va 1 oshqoshiq qizdirilgan tabiiy asal qo‘shib, aralashtirishda davom eting.

Hosil bo‘lgan massani bosh terisini yengil uqalovchi harakatlar bilan singdirib, avval polietilen qalpoq, so‘ng sochiq bilan o‘rab, 2 soatdan keyin iliq suv bilan yuvib tashlang. Muolaja kutilgan natijani berishi uchun niqobni haftasiga 2-3 marta, 3 hafta davomida muntaza ravishda bajarish lozim. 



Download 52,07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish