7-mavzu: Eng yangi davr tarix falsafasi va metodologiyasi. Asosiy savollar


Nemis klassik falsafasining tarixiy-falsafiy g’oyalari



Download 86,63 Kb.
bet3/3
Sana11.06.2022
Hajmi86,63 Kb.
#655201
1   2   3
Bog'liq
7-MAVZU

3.Nemis klassik falsafasining tarixiy-falsafiy g’oyalari
Atoqli nemis olimi Artur SHopengauer tadqiqotlarida tarix falsafasining ma’naviy-ruhiy talqini, insonning ichki olami va ijtimoiy taraqqiyot omili tahlili alohida o’rin tutadi. SHopengauer falsafiy tafakkurida asosan ikki yo’nalish yorqin namoyon bo’ladi. Birinchisi, olam – bu hodisa, tasavvur, ikkinchnsi, olam — reallik dunyosi, iroda olami. Bunday xulosalar faylasufning 1819 yilda yozgan «Olam iroda va tasavvur sifatida» asarida ilgari surilgan. SHopengauer falsafasi zamondoshlari SHelling, Fixte va Gegelning metafizik qarashlaridan keskin ajralib turadi. U katta qiziqish bilan Kant, Pla­ton, Berkli, YUm, SHarq falsafasi, ayniqsa, buddizm g’oyalarini chuqur o’rganadi. Asarning nomlanishiyoq fayla­sufning hayot va borliq, olam va odam, inson va tabiatga o’ziga xos munosabatini ko’rsatib turibdi. Zotan, u anglangan, tasavvur qilingan olam tasavvurdagi olam hamda yaxlit olamning o’zidagi mavjudlikdir. Demak, SHopengauer falsafasidagi olam, hodisa, tasavvur, alohida olinganda reallik, iroda olamidir. Unda insoniyat taraqqiyoti, uning bosqichlari, rivojlanish yoki tanazzul omillari bevosita inson bilan bog’liq tarixiy hodisa, o’tmish esa butun yaxlitligi bilan inson olami, his-tuyg’ulari va iroda kuchining mahsuli sifatida talqin etiladi.
Boshqacha qilib aytganda, tasavvur shaklidagi olamda sababiyat, makon va zamonda mavjud bo’lgan barcha narsa, jumladan, ijtimoiy hayot, tarix va istiqbol mujassam. Chunki inson tasavvuri doirasidagina olamni anglaydi. Reallik olamida esa cheksizlik, bepoyonlik mavjud. Uni butun ko’lami bilan anglash mushkul. Demak, zamon va makondan tashqaridagi real olamni bus-butunligicha, yaxlitligicha tasavvur etish mumkin emas. Uning rang-barangligi va serqirraligi shundaki, kimdir real olamning ma’lum tomonlarini idrok etsa, boshqasi umuman boshqa jihatlarini ko’radi va idrok etadi. SHuninguchun ham insoniyat tarixi turli davrlarda turlicha talqin qilinadi, turlicha idrok etiladi.
Shopengauer iroda tushunchasiga alohida e’tibor be­radi va uni ob’yektiv reallik tarzida qabul qiladi. Uningcha inson tushunchasi tasavvurga asoslanadi. Aql esa o’ylab jalob berish qobiliyatidir. Inson mohiyati va olam mohiyati bevosita iroda orqali ochiladi. Iroda aql va tu- shunchadan qat’i nazar boshqarish holati, darajasidir. Demak, u – kuch-qudrat. Real hayot esa uning aniq ifodasidir. Yoki boshqacha aytganda, inson tarix ijodkori va mualllifidir.
Shopengauer inson fenomenini o’rganishga alohida e’tibor beradi. Inson qanday maxluq, u nimalarga ega (qodir), u qanday olam, bu olam nimalardan iborat? — degan savollarga javob izlaydi va insonni jonzot sifa­tida munosabat bildirish, xayrixohlik yoki rad etish, ezgulik va yovuelik, axloq-odob, go’zallikni his etish imkoniyatiga ega bo’lgan, muhabbat va nafrat tuyg’ularining ayovsiz to’qnashuvidan iborat yaxlit, xususiy, ayni bir odamga xos bo’lgan ziddiyatli olam sifatida baholaydi.
Shopengauer falsafasida inson mohiyati ijodkorlikda namoyon bo’ladi. U san’at, musiqa, so’z orqali o’z olami imkoniyatlarini ochadi. O’zining daholik qudratini ko’rsatadi. Demak, tuyg’u inson fenomenini, boshqacha qilib ayt­ganda «meni»ni ko’rsatadigan olam. Ana shu xulosadan kelib chiqib u «haqiqiy shoir lirikasida butun insoniyatning ruhi aks etadi, o’tmishda, hozirda va kelajakda yashovchi millionlarning kechinmalari, his-tuyg’ulari qayta-qayta jonlanib, sof she’riyatda o’z aksini topadi. SHoir — in­soniyat ko’zgusidir»4, — deydi. Demak, SHopengauer falsa­fasida inson tuyg’u hamda hissiyot majmui va u xuddi ana shu jihati bilan boshqa jonzotlardan farq qiladi.
Shuningdek, SHopengauer musiqa san’atida ham inson mohiyatini yaqqolrok ko’radi va «musiqa irodani bevosita, to’liqligicha, xuddi o’zidagidek qabul qiladi...»5, degan g’oyani ilgari suradi. Iroda bevosita insonni boshqaradigan, faoliyatini, xatti-harakatlarini, fe’l-atvorini ma’lum bir yo’nalishga soladigan ichki qudrat, ruhiy vositadir. Ana shu qudrat – iroda o’z darajasi va miqyosiga qarab insonni kamolotga yetkazadi.
A. Shopengauer san’at, musiqa, she’riyat xususida gapirar ekan, shu narsa aniq bo’ladiki, inson tuyg’usi, hissiy olami, ruhiy dunyosi uning uchun eng toza, sof, nur yanglig’ bezavol, shabnamdek beg’ubor olam. SHuningdek, haqiqat, adolat, ezgulik, to’g’riso’zlilik faqat ana shu olamda muhayyo, degan fikrni ilgari suradi.
SHopengauer qarashlari ba’zi jihatlari bilan Imom G’azzoliy (1058 – 1111 yillar) falsafasini ham eslatadi. Jumladan, «Inson farishta va hayvon orasidagi maxluqdir. Hayvon rivojlanmaydi, chunki uning kamolot quvvati (tuyg’u-irodasi) yo’q. Farishta ham rivojlanmaydi, chun­ki uning o’zi pok, ilohiy nurdan iborat. Faqat insonda rivojlanish, ruhiy kamolot hislati mavjud»6, - deydi G’azzoliy o’zining «Kimyoi saodat» asarida. Demak, insondagi rivojlanishga ehtiyoj, kamolotga, yetuklikka intilish hissi iroda, ruhiy harakat, ichki quvvat va ma’naviy ehtiyoj shaklida o’zini namoyon etadi. Ana shu ehtiyoj va intilishning darajasi bevosita amaliy harakat natijasi, intilishlar hosilasi orqali iroda kuchi va qudrati darajasini belgilaydi. Bunday fikriy o’xshashlik SHopengauerning SHarq, hind, xususan, SHri Aurobindo falsafasidan ancha xabardor ekanligidan dalolat beradi. Bu holat yana bir jihati bilan – inson va uning olami, tashqi olam, ichki olam, inson va tabiat, kishilik jamiyati va uning rivojlanish qonuniyatlari SHarqda G’arbdan ko’ra bir qadar oldin, IX-X asrlarda ancha mukammal o’rganilganligini ko’rsatish bilan ham qimmatli.
SHopengauer falsafasida irratsionalizm falsafasining ayrim elementlarini ham ko’rishimiz mumkin. Unda buddizm g’oyalari ham mavjud. Xulosa qilib aytganda, SHopengauer falsafasi irratsionalizm bilan nirvana — moddiy olamning ruhiy olam bilan sintezi sifatida namoyon bo’ladi. Inson esa — ruh va iroda ifodasi sifa­tida talqin etiladi.
Ilmiy tarixning boshlang’ich bosqichi. Romantizm. J. J. Russoning ijtimoiy-siyosiy qarashlari. I.G.Gerder va uning “Jahon tarixi falsafasi bo’yicha g’oyalari”. Nemis klassik falsafasining tarixiy – falsafiy g’oyalari I. Kantning tarixiy – falsafiy qarashlari. I.G.Fixte. F.SHiller. F.V.SHelling. G.V.F.Gegel’ning tarixiy falsafasi. Tarixiy fikrlashning turli xillari. Idrokning tarixdagi o’rni. Tarix negizi. Tarixiy taraqqiyot va erkinlik. Insonning tarixdagi o’rni. T. Karleyl’ – tarixda qahramonlarga sig’inish. K.A.Sen – Simonning taraqqiyot nazariyasi. Tarixiy materializm. Tarixning rivojlanishi tabiiy-tarixiy jarayon sifatida. Iqtisodiy omilning tutgan o’rni. Ishlab chiqarish kuchlari va ishlab chiqarish munosabatlari. Pozivitizm. I.Kant va uning asarlari. D.G.Nibur. T.Mommzen. L.Ranke. (FSMU)


1Э. Трельч. Историзм и его проблемы. М., «Юрист», 1994, стр. 209.

2И. Кант. Первое введение в критику способности суждения. Соч. в 6-ти томах, «Мысль», 1966, Т. 5, стр. 101.

3 В. Виндельбанд. Избранное. Дхи истории, м., “Юность”, 1995, стр. 318.

4 С. Йулдошев, М. Усмонов, Р. Каримов ва бошқалар. Янги ва энг янги давр Ғарбий Европа фалсафаси. Т., «Шарқ», 2002, 184-бет.

5 Ўша манба. 185-бет.

6 Н. Комилов. Тасаввуф. Иккинчи китоб, Ғ.Ғулом номидаги адабиёт ва санъат ҳамда “Ўзбекистон” нашриётлари, Т., 1999, 149-бет.

Download 86,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish