Kommutatsiya apparatlari
Yagona texnologik jarayonni amalga oshiruvchi bir mashinani yoki qator
mashinalarni yuritish uchun xizmat qiluvchi elektr motorlar uchun, qoidagidek
umumiy apparatni yoki kommutatsiya apparatlar komlektini qo‘llash kerak, agar bu
qulaylik yoki ishlatish xavfsizligi bo‘yicha oqlanilsa. Qolgan hollarda har bir elektr
motori alohida kommutatsiya apparatlariga ega bo‘lishi kerak.
Elektr motorlar zanjirlaridagi kommutatsiya apparatlari kuchlanish ostidagi
hamma o‘tqazgichlarni tarmoqdan bir vaqtda o‘chirishi kerak. Ayrim elektr
motorlarni zanjirida ayrim o‘tqazgichlarni o‘chiradigan apparat quyidagiga ruxsat
etiladi, agar shunday elektr motorlar gruxini umumiy zanjirida hamma o‘tqazgichlarni
o‘chiradigan apparat o‘rnatilgan bo‘lsa.
Biror mexanizm elektr motorini masofani yoki avtomatik boshqarish
mavjudligida shu mexanizm yaqinida avariyani o‘chirish apparati o‘rnatilishi kerak.
Apparat boshlang’ich ahvoliga majburiy qaytarilmaganicha elektr motor masofali
yoki avtomatik ishga tushirilish imkoniyatiga shu apparat yo‘l qo‘ymasligi kerak.
Quyidagi mexanizmlarda avariyani o‘chirish apparatlarini o‘rnatish talab
etilmaydi:
a) boshqaruv joyidan ko‘rinish chegarasida joylashganlarda;
b) faqat malakali xizmat xodimlari kirishi mumkin bo‘lganida (masalan,
tomdao‘rnatilgan ventilyatorlar, alohidagi xonalarda o‘rnatilgan ventilyatorlar va
nasoslar);
v) yurib va aylanib turuvchi qismlarga tasodifiy tegib ketish imkoniyatiga yo‘l
qo‘ymaydigan konstruktiv bajarilishda, shu mexanizmlar yonida masofali yoki
avtomatik ishga tushirilish imkoniyati haqida ogohlantiruvchi plakatlar osilib
qo‘yilishi ko‘zda tutilishi kerak;
g) o‘chirishga bo‘lgan buyruqni qayd etuvchi maxalliy boshqaruv apparatga ega
bo‘lganlar.
Masofali yoki avtomatik boshqariladigan (ishga tushish, to‘xtash) mexanizmlar
yaqinida maxalliy boshqaruv apparatlarni o‘rnatish maqsadga muvofiqligi
texnologiya, xavfsizlik texnikasi vash u uskuna boshqarilishini tashkil etish bo‘yicha
talablarga binoan loyihalash paytida aniqlanishi kerak.
Elektr motorlar boshqaruv zanjirlarini bosh zanjirlardan, ham texnik zaruriyat
bo‘yicha kerak bo‘lsa boshqa elektr energiya manbalaridan ta’minlash mumkin.
Bosh zanjirlarda kuchlanish qayta tiklangan paytida elektr motorni to‘satdan
ishga tushishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun bosh zanjirda kuchlanish yo‘qolib qolishi
hamma holatlarda uni avtomatik o‘chirishni ta’minlaydigan blokirovkali bog’lanish
ko‘zda tutilgan bo‘lishi kerak, agar o‘z-o‘zidan ishga tushish (samozapusk) ko‘zda
tutilmagan bo‘lsa.
Boshqaruv apparatlarni va ajratuvchi apparatlar korpuslarida apparatni
boshqaradigan sonining ulangan va o‘chirilgan holatini yengil aniqlash imkonini
beradigan aniq belgilar qo‘yilgan bo‘lishi kerak. Boshqaruv apparatni xolati bo‘yicha
elektr motorning bosh zanjiri ulanganini yoki o‘chirilganini operator aniqlaolmagan
hollarda yorug’lik signalizatsiyasini ko‘zda tutish tavsiya etiladi.
Kommutatsiya apparatlari ular boshqarayotgan elektr motorning normal ish
tartibi (ishga tushirish, tarmoq, revers, ish jarayoni) eng katta toklarini shikastlarsiz va
nonarmal yeyilishsiz kommutatsiya etishi kerak. Agar reverslar va tarmoqlashlar
normal ish tartibida bo‘lmasa, lekin ular yanglish operatsiyalarda mumkin bo‘lsa,
unda bosh zanjirdagi kommutatsiya apparatlari shu operatsiyalarni buzilib ketmasdan
kommutatsiya etishi kerak.
Kommutatsiya apparatlari QT ni xisobiy toklariga bardosh berishi kerak (bob
1.4 ga qaralsin).
O‘zini elektr va mexanik parametrlari bo‘yicha kommutatsiya apparatlari
yuritilayotgan mexanizmni ushbu uskunada xama ish tartibidagi xarakteristikalariga
mos kelishi kerak.
Ko‘chma elektr motorlarni boshqarish uchun tiqma kontakt ulagichlardan
foydalainsh elektr motorni quvvati 1 kVt dan oshmaganda ruxsat etiladi.
Quvvati 1 kVt dan ko‘p bo‘lgan ko‘chma elektr motorlarni ulash uchun xizmat
qiluvchi tiqma kontakt ulagichlar elektr motorni bosh (kuch) zanjimridagi ishga
tushiruv apparatni faqat o‘chirilgan holatida o‘chirishni va ulashni mumkin qiladigan
blokirovkaga ega bo‘lishligi kerak.
Betaraf nuqtasi zaminlangan, kuchlanishi 1 kV gacha bo‘lgan tarmoqda magnit
puskatellarning (ishga tushirgichlarning), kontaktorlarning va avtomatik uzgichlarning
cho‘lg’amlarini ulanishi fazalararo yoki faza kuchlanishiga bajarilishi mumkin.
Yuqorida ko‘rsatilgan apparatlarni cho‘lg’amlari faza kuchlanishiga ulanishida
elektr motorgacha bo‘lgan shaxobchaning hamma uchta fazasini avtomatik uzgich
bilan bir vaqtda o‘chirilishi ko‘zda tutilishi kerak, saqlagichlar (predoxranitellar) bilan
ximoyalashda esa – bir yoki har bir ikki fazada saqlagichlar kuyganida puskatelь yoki
kontaktorni o‘chirilishiga ta’sir etuvchi maxsus uskunalar bilan.
CHo‘lg’amni faza kuchlanishiga ulanishida uni nol chiqish qulog’i ta’minlovchi
liniyani nol ishchi simiga yoki tarmoqni betaraf (nol) nuqtasiga ulangan alohidagi
izolyatsiya etilgan simga ishonchli ulanishi kerak.
Transformator – elektr motor bloki sxemasi bo‘yicha ta’minlanayotgan elektr
motorlarni kommutatsiya apparatlari qoidagidek, blokni ta’minlovchi tarmoqning
kirish joyiga o‘rnatish kerak. Ularning elektr motorga bo‘lgan kirish joyiga o‘rnatish
mumkin emas.
Mexanizmlarni masofali yoki avtomatik boshqarish mavjudligida dastlabki
(ishga tushirish oldidan) signalizatsiya yoki yaqindagi ishga tushirish haqida tovushli
bildirish ko‘zda tutilgan bo‘lishi kerak. Bunday signalizatsiyani va bunday bildirishni
shunday mexanizmlarda ko‘zda tutish talab etilmaydiki qaysini bular yaqinida
avariyali o‘chirish apparatini o‘rnatish talab etilmaydi (5.3.31-qaralsin).
Asinxron elektr motorlarning fazali rotorlarini ishga tushirish reostatlari bilan
ulaydigan simlar va kabellar davomli mumkin bo‘lgan tok bo‘yicha quyidagi
sharoitlar uchun tanlanishi kerak:
elektr motor halqalarini qisqa tutashtirish holatida ishlash: elektr motor nominal
momentini 50% dan oshmagan mexanizmni ishga tushish statik momenti (engil ishga
tushirish) uchun; rotorning nominal tokini 35% uchun; qolgan holatlarda – rotorning
nominal tokini 50% uchun;
elektr motor halqalarini qisqa tutashtirmasdan ishlash – rotorning nominal
toknini 100%.
Qisqa tutashgan rotorli asinxron elektr motorlarni va sinxron elektr motorlarni
ishga tushirish, qoidagidek, tarmoqqa bevosita ulash orqali amalga oshirilishi kerak
(to‘ppa-to‘g’ri ishga tushirish). To‘ppa-to‘g’ri ishga tushirish mumkin bo‘lmaganida
reaktor, transformator yoki avtotransformator orqali ishga tushirishni qo‘llash lozim.
Ayrim hollarda kuchlanish chastotasini noldan ko‘tarish bilan ishga tushirish yoki
boshqa yo‘l bilan ishga tushirishni qo‘llash ruxsat etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |