7-mavzu. Diversiyalashning korporativ strategiyalari Reja


Ko`pmillatli diversiyalash strategiyasi



Download 119 Kb.
bet10/10
Sana11.01.2022
Hajmi119 Kb.
#345188
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
7-мавзу

Ko`pmillatli diversiyalash strategiyasi


Diversiyalashning kupmillatli strategiyasini farklantirib turuvchi belgisi portfelda korxonalar sonining va kamrab olingan milliy bozorlar sonining kupligi xisoblanadi. Bunday xollarda korporatsiya raxbariyati xar bir tarmokka bulmaganda bittadan turli strategik yondoshuvlarni rivojlantirib va kullab borishi kerak. Menejerlar turli tarmoklarga tegishli va turli mamlakatlarda joylashgan firmalarning strategik tadbirlarini muvofiqlashtirish uchun muvaffakiyatli echimlar topishni bilishlari lozim. Strategik muvofiqlashtirishning maksadi faoliyatining xar bir soxasida va xar bir milliy bozorda barkaror rakobat ustunligini ta`minlash uchun resurslar va muvofiqlashtirish imkoniyatlaridan tulik foydalanish xisoblanadi.

60-yillarning boshlanishida TNK turli mamlakatlarda butunlay mustakil bulgan kichik korxonalar katori sifatida mavjud bulgan. Ularning xar biridan uz milliy konunchiliklarining uziga xos xususiyatlariga muvofiq kelish talab etilgan.

70-yillardan boshlab kupmillatli strategiya uz samarasini yukota boshladi.

80-yillardan boshlab raqobat ustunligining boshqa manba`i vujudga kela boshladi: bir yula bir nechta tarmoklarda kuchli rakobat pozitsiyalarini egallash uchun boglik tarmoklarni diversiyalashning strategik manfaatlaridan foydalanish.


  1. Noturdosh tarmoqlarga diversiyalanish strategiyalari. Qisqartish va tugatish strategiyalari. Qayta tarkiblashtirish, qayta tiklash va tejamkorlik strategiyalari. Qayta tarkiblashga ehtiyoj tug`ilish holatlari


Diversiyalashning ikkita asosiy turi - bog`liq va bog`liq bulmagan turlari mavjud. Bog`liq diversiyalash kompaniya faoliyatidagi biznesning mavjud soxalari (masalan, ishlab chiqarish, marketing, moddiy ta`minot yoki texnologiya) bilan bog`liq bulgan yangi soxadir.

Bog`liq bulmagan diversiyalash - faoliyatning, biznesning mavjud soxalari bilan ochiqdan-ochiq aloqasi bulmagan yangi soxasidir.

Diversiyalash quyidagi yullar bilan amalga oshirilishi mumkin:

- ichki kapitallar bozori orqali;

- qayta tarkiblashtirish orqali;

- funktsiyalar yoki resurslarni taqsimlash orqali.

Ichki kapitallar bozori yordamidagi diversiyalash fond bozori qaysi funktsiyalarni bajarsa, ayni shu funktsiyalarni bajaradi. Ichki kapitallar bozorida korporatsiya quyidagi asosiy vazifalarni bajaradi:

- korporatsiya xo`jalikning urta bugini tarkibidagi strategik rejalashtirish funktsiyalarini bajarish;

- moliyaviy maqsadlarni belgilab olish va xo`jalikning urta bugini faoliyatini kuzatib borish;

- korporativ kapitallarni raqobatlashuvchi urta korxonalar urtasida joylashtirish.

Bunday sharoitlarda urta korxonalar asosiy idoraning faqat moliyaviy nazorati ostida bulgan mustaqil daromad markazlari vazifasini bajaradi.

Qayta tarkiblashtirish strategiyasi ichki kapitallar bozori strategiyasi turlaridan biridir. Ular urtasidagi farq korporatsiyaning urta korxonalar faoliyatiga aralashuv darajasidadir. Qayta tarkiblanadigan korxonalar odatda tashkil qilish va rivojlantirish jarayonida yomon boshqarilgan buladi. Maqsad ularga uz faoliyatini faollashtirishda yordam berish, urta korxonalar darajasida yangi strategiyalarni rivojlantirish va kompaniyaga yangi moliyaviy va texnologik resurslarni kiritishdan iboratdir.

Resurslarni qayta taqsimlash yuli bilan amalga oshiriladigan diversiyalashni mavjud va yangi urta korxonalarning bir yoki bir necha muhim funktsiyalari uxshash bulgan hollarda amalga oshirish mumkin. Resurslarni qayta taqsimlashdan maqsad kompaniya faoliyatidagi umumiy ishlab chiqarish, taqsimot kanallari, ilgari surish vositalari, ITTKI va shu kabilardan foydalanishda sinergizmni amalga oshirishdir. Shunday qilib, har bir urta korxonalarga ushbu masala mustaqil hal qilingandan kura kamroq xarajatlar talab qilinadi.
Download 119 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish