7.3. Haqiqiy va me’yoriy kalkulyatsiyalash usullaridagi farqlar Haqiqiy kalkulyatsiyalashda haqiqiy xarajatlar: bevosita materiallar, bevosita mehnat va ishlab chiqarish ustama sarflaridan foydalaniladi.
Me’yoriy kalkulyatsiyalashda haqiqiy xarajatlar: bevosita materiallar, bevosita mehnatdan foydalaniladi, ishlab chiqarish ustama sarflari esa ustama sarflar baza mezonining haqiqiy miqdoriga ko’paytirilib, ustama sarflarni taqsimlashning reja stavkasidan foydalanib, buyurtmalarga o’tkaziladi.4
Materiallarni xarid qilish va foydalanish
(1)
Materiallar
25 000
To’lash uchun schetlar
25 000
Bir oy davomida xarid qilingan materiallarni yozish uchun
Kompaniya normal kalkulyatsiyalashdan foydalanadi va ustama sarflarning rejadagi0,5 sh.b./mehn-soat stavkasidan foydalanishdi. Jami 21 000 mehn-soat ishlangan.Jami 10 500 sh.b. (21 000 x 0,5) taqsimlangan
Haqiqiy ustama sarflar ((3), (5), (6)provodkalari)
Bilvosita materiallar
3 000
Bilvosita mehnat
2 500
Boshqalar
5 500
Jami
11 000
Taqsimlangan ustama sarflar
10 500
Taqsimlanmagan ustama sarflar
500
Kompaniya taqsimlanmagan (ortiqchasi bilan o’tkazilgan) ustama sarflarni sotilgan mahsulot tannarxiga kiritadi.
(9)
Sotilgan mahsulot tannarxi
500
Ishlab chiqarish ustama sarflari
500
7.4. Tugallanmagan kontraktlar bo’yicha foydani aniqlash .
Uzoq muddatli kontrakt-odatda muddati bir yildan ortiq kontraktdir.Kontraktlar bo’yicha jurnal pravodkalari. Kontrakt tannarxini kalkulyatsiya qilish jarayonida har bir kontrakt kalkulyatsiya qilinayotgan mahsulotning alohida birligi hisoblanadi va shuning uchun har bir kontrakt bo’yicha harajatlar buxgalteriya bosh daftarida alohida schyotda to’planadi. Xarajatlarning turli elementlari quyidagilar bilan bog’liq:5
Asosiy materiallar: Kontraktga kiritiladigan materiallar maxsus sotib olingan materiallardan hamda pudratchi omboridagi materiallardan iborat bo’lishi mumkin. Bunda tegishli xarajatlar kontrakt schetining debetiga yoziladi.
Ishlab chiqarish xodimlarining ish haqi: Kontrakt hisobiga o’tkaziladigan mehnat harajatlari rejalar va xujjatlarni tuzish bilan bog’liq ofis ishlari (jumladan aniq ishchilar maoshi va ish vaqti hisobi), bevosita zavodda (korxonada)gi ishlab chiqarish operatsiyalari va qurilish uchastkasidagi ishlarni o’z ichiga olishi mumkin. Qurilish joyidagi kontrakt bo’yicha barcha ishlarga bevosita mehnat sifatida qaraladi. Quruvchilarning turli uchastkalardagi ish vaqtini hisoblash ish vaqtini hisobga olish tabeli orqali amalga oshirilishi mumkin. Bunday mehnat bo’yicha barcha xarajatlar kontrakt hisobiga kiritiladi.
Bevosita xarajatlar
Materiallar va mexnatdan tashqari kontrakt bo’yicha bevosita xarajatlar borki, ularning ahamiyati katta. Bu toifaga ikki asosiy modda, ya’ni ishlab chiqarish qurilmalari va subpudrat bo’yicha ishlar kiradi.
Ishlab chiqarish qurilmalari
Ishlab chiqarish qurilmalari va uskunalar kontrakt uchun maxsus sotib olingan bo’lishi mumkin. Bunday holatda kontrakt schyoti sotib olingan uskunalarning tannarxi bo’yicha debetlanadi. Yoki ishlab chiqarish uskunalari boshqa kontraktlarga berilishi mumkin. Bu holda qisman hisobdan chiqarilgan qiymatga ega bo’lamiz va bu qiymatga kontrakt schetimiz debetlanib, qaysi kontrakt schetidan chiqarilsa, shu schet kreditlanadi. Har bir hisobot davrining oxirida mulk hisobidagi ishlab chiqarish qurilmalarining qoldiq qiymati, miqdori kontrakt schetida kredit provodkasi sifatida bo’ladi, ya’ni qoldiq kelgusi davrning boshlanishiga o’tkaziladi. Buxgalteriya provodkalarining sof natijasi shundan iboratki, ishlab chiqarish qurilmalarining amortizatsiyasi avtomat ravishda kontrakt schetiga kirim qilinadi. Ishlab chiqarish qurilmalari ma’lum kontrakt bo’yicha foydalanish uchun ijaraga olinishi mumkin. Kompaniya ushbu ishlab chiqarish qurilmalariga egalik qilmagani uchun ijara bo’yicha sarflarga yagona jurnal provodkasi beradi va bu sarflarga kontrakt scheti debetlanadi.
Subpudrat bo’yicha ishlar
Konrakt katta bo’lsa yoki ishning ma’lum jihatlari bo’yicha mutaxassislarning faoliyati bilan bog’liq kontrakt bo’lsa, kompaniya subpudratchilarni jalb qilishi mumkin. Subpudratchi bajargan har qanday ishning tannarxi kontraktning bevosita xarajatlari hisoblanadi va kontrakt schetini debetida hisobga olinadi.