Kodlash va kanal tanlash.
G’oyani uzatishdan avval jo’natuvchi simvollar orqali kodlash
zarur, buning uchun so’zlardan va harakatlardan foydalanish zarur. G’oyani bunday kodlash, uni
ma’lumotga aylantiradi.
Jo’natuvchi kodlashda foydalanilgan simvollar turlariga mos ravishda kanal tanlashi kerak.
Umumiy ma’lum bo’lgan kanal turlariga qo’yidagilar kiradi:
og’zaki va yozma materiallar, elektron
aloqa vositalari, kompter tarmog’i, elektron pochta, videolenta va video konferentsiyalar.
Agar
kanal simvollarni fizik qabul qilishga yaroqsiz bo’lsa, uzatish amalga oshmaydi. Rasm to’g’risida
minglab so’z aytish mumkin,ammo telefon orqali uzatib bo’lmaydi. Xuddi shuningdek, barcha
xodimlar bilan birdaniga so’zlashuvni amalga oshirib bo’lmaydi. Ko’pchilikka yetib borishi uchun
esdalik yozishmalari tarqatish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |