3). Turli bo’limlar orasidagi kommunikatsiyalar.
Vertikal informatsiyalar almashuvidan tashqari tashkilot yana gorizontal kommunikatsiyalarga
ham muhtojdir. Tashkilot ko’plab bo’limlardan iboratdir, shuning uchun ular urtasida informatsiya
almashuvi zarurdir. Tashkilot bir-biriga bog’lik elementlar sistemasidir, shu sababli rahbariyat
ixtisoslashgan elementlarni tashkilotning zarur yo’nalishlari birgalikda harakat qilishiga erishish
lozim. Gorizontal kommunikatsiyalardan qo’shimcha yutuq huquqli munosabatlarini
shakllantirishdir. Bunday munosabatlar tashkilot xodimlarining qoniqishlarini muhim tashkil
etuvchisi ekanligi isbotlangandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |