6). Noformal kommunikatsiyalar.
Noformal kommunikatsiyalar yo’nalishini mish - mishlar tarkatish yo’nalishi deb atash
mumkin. Bu bo’limga o’zining kommunikatsiyalarga bo’lgan qarashlarini asos qilib olgan taniqli
tadqiqodchi Kit Devis aniqlashicha, bu terminni kelib chiqishi AQSh dagi grajdanlar urushi davriga
tug’ri keladi. Daraxtlardan daraxtlarga tortilgan telegraf aloqasi simlari toklardagi zarpechaklarga
o’xshaydi va SHimol bilan Janub armiyalari o’rtasida telegraf orqali beriladigan ma’lumotlar ko’p
hollarda chalkashtirib beriladi. Natijada noto’g’ri ma’lumotlar va axborotlarni "mish- mish" singari
qabul kiladi.
«Mish-mishlar» suvda sovutilgan avtomatlar orasida yo’laklarda, oshxonalarda va guruhlarda
to’planadigan boshqa joylarda aylanadi. Formal axborotdan ko’ra mish - mishlar tez tarqalgani
uchun rahbarlar informatsiyani rejalashtirilgan holda tarqatishdan foydalanadilar yoki "faqat
o’rtamizda qolishi kerak" singari ma’lumotlarni tarqatadilar.
Mish-mishlar noto’g’ri informatsiya manbai ekanligi bugungi kunda ham saqlanib qolgan.
Ammo, noformal ma’lumot yo’nalishi bo’yicha uzatiladigan informatsiya, ya’ni mish-mishlar
to’g’ri kelishini tadqiqotlar ko’rsatmoqda. Devis tadqiqoti bo’yicha 80-99% to’g’ri keladi. Uning
hisoblashicha emotsianal tarzda biriktirilgan informatsiyalarda aniqlik darajasi bunday bo’lmaydi.
Devis ta’kidlaydiki: “Odamlar mish-mishlarni noaniq informatsiya sifatida qabul qiladilar, chunki
real xatolari ko’pdir, kundalik aniqliklardan ko’ra, xotiraga chuqurroq o’rnashadi”. Aniqligidan
qat’iy nazar, ular ijobiy yoki salbiy ta’sir qilsa ham, mish-mishlarni ta’sirini ko’pchilik tan oladi.
4. Kommunikatsiya jarayoni, bosqichlari va elementlari.
Informatsiya almashuv jarayonida 4 ta asosiy elementni ajratish mumkin.
1. Jo’natuvchi, g’oyani shakllantiruvchi, informatsiya to’plovchi va uni uzatuvchi shaxs.
2. Xabar, informatsiya.
3. Kanal, inforatsiyani uzatish vositasi.
4. Qabul qiluvchi, informaiyani qabul qiluvchi shaxs.
Informatsiya almashuvida jo’natuvchi va qabul qiluvchi bir necha bosqichlarni o’taydilar.
Ularning maqsadi xabarni tuzish, ikkala tushunadigan va g’oyani tasdiqlaydigan kanaldan
foydalanishdir. Bu juda qiyindir, har bosqich boshlang’ich nuqta hisoblanadi, bu bosqichlarda
ma’no o’zgarishi yoki butunlay yo’qolishi ham mumkin. Bu bosqichlar quyidagilardan iborat:
1. G’oyani tug’ilishi.
2. Kodlash va kanal tanlash.
3. Uzatish.
4. Kodni yopish,ma’nosini chiqarish.
Bu bosqichlar 17-chizmada kommunikatsiya jarayonining oddiy modeli ko’rinishida
keltiilgan.
Shakllantiradi
yoki tanlaydi
Kodlaydi va
kanal tanlaydi
Kanal orqali
uzatadi
Kodni yopadi
Ma’nosini chiqaradi
Do'stlaringiz bilan baham: |