7-mavzu. Boshqarishda axborot va kommunikatsiya. Reja: Axborotlar tizimi


Axborotni uzatish va qabul qilishda Kit Devis qoidalari



Download 349,42 Kb.
Pdf ko'rish
bet19/24
Sana20.04.2022
Hajmi349,42 Kb.
#568026
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
7-mavzu. Boshqarishda axborot va kommunikatsiya. Reja Axborotla

 
7. Axborotni uzatish va qabul qilishda Kit Devis qoidalari. 
Axborotni uzatish va qabul qilish ko’p jihatdan samarali quloq solish san’atiga ega bo’lish 
darajasiga bog’liq. Amerikalik olim professor Kit Devis samarali quloq solish san’atining 10 ta 
qoidasini keltiradi. qoidalarni navbatma-navbat o’qib, bir zum o’zingizni holi tuting. Yuzma-yuz 


gaplashayotgan aniq kishini ko’z oldingizga keltiring va ushbu qoidalarga nechog’liq rioya 
qilganyngizga baho bering. 
12-jadval 
Samarali quloq solishning 10 qoidasi 
T/r 
Qoidalar 
Izoh 
1. So’zlashdan to’xtang
• Gapira turib quloq solish mumkin emas. Har bir kishiga shivirlab, 
ammo, “hech kimga ovoza qilma” degan naql bor.
2. So’zlovchiga o’zini erkin tutishga 
yordamlashing
• Gapiruvchi kishiga o’zini erkin tutishi uchun sharoit yarating. 
Ko’pincha buni hal qiluvchi muhitni yaratuvchi deb atashadi.
3. O’zingizni 
so’zlovchiga 
quloq 
solayotganingizni ko’rsating
• O’zingizni manfaatdor ekanligingizni ko’rsating va shunga mos 
ravishda harakat qiling. So’zlashuv jarayonida gazeta, jurnal o’qimang. 
Eshita turib unga rad qilish bahonalarini izlamasdan, balki uni 
tushinishga harakat qiling.
4. G’ashga 
tegadigan 
holatlarni 
bartaraf qiling
• Rasm chizib turmang, stolga urmang, qog’ozlarni bir joydan ikkinchi 
joyga qo’zg’atavermang, ehtimol eshik yopib qo’yilsa, xonada sokinlik 
bo’ladi.
5. Bardoshli bo’ling
• Vaqtni ayamang. So’zlaguvchini bo’lmang. CHiqishga zo’r bermang, 
eshik tomon qadam bosmang.
6. So’zlovchiga hamdard bo’ling
• So’zlovchini o’zingizning o’rningizga qo’yib ko’ring.
7. Xarakteringizni saqlay biling
• G’azablangan kishi suhbat mazmuniga noaniqlik kiritish payida bo’ladi.
8. Bahsga va tanqidga yo’l qo’ymang • Bunday hol so’zlovchini himoyaga o’tishga daajbur qiladi. U jim bo’lib 
qolishi yoki jahli chiqishi mumkin. Aynan bahsda g’olib chiqib, bu bilan 
yutqazgan bo’lasiz.
9. Savollar bering
• Bu so’zlovchini ilhomlantiradi, u Sizning uni quloq solayotganingizga 
yana bir bor iqror bo’ladi. Bu oldinga jilishga yordam beradi.
10. So’zlashdan to’xtang
• Birinchi maslahat ham shundan boshlangan. Oxiri ham shu bilan 
tugaydi. Zero, qayd kzilinganlarning barchasi shunga bog’liq. Siz 
gapirishdan to’xtamas ekansiz, demak, samarali quloq solishni ham 
bilmaysiz.
Tabiat odamga ikkita quloq, ammo faqat bitga til ato etgan. Ohistagina aytmoqchi bo’lsak, bu 
degan so’z — gapirishdan ko’ra ko’proq eshitish kerak. Eshitish uchun ikkita quloq zarur: biri — 
so’z mohiyatini qabul qilish, ikkinchisi — so’zlovchi hissiyotini ilib olish uchun kerak. 
Quloq solishni istamaydiganlar asosli qarorlar qabul qilish uchun yetarli axborotni olishga 
muvaffaq bo’lmaydilar. O’zingizning quloq solish qobiliyatingizni o’stirish niyatida bo’lsangiz 
so’zlashuvdan so’ng o’zingazga o’zingiz baho berishga harakat qiling. Buning uchun shu jarayonda 
qayd qilingan 10 qoidaga binoan qanday samarali ish qilganingizni o’zingizdan so’rang. Shundan 
so’ng qaysi qoidalar ustida ishlashingiz va o’zingizni takomillash-tirishingiz ayon bo’lib qoladi. 

Download 349,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish