6. Tashkilotlardagi kommunikatsiyalarni takomillashtirish. Yuqorida, tashkilotlardagi informatsiya almashuvini qiyinlashtiruvchi to’siqlarni ko’rib
chiqdik. Endi esa tashkilotlardagi informatsiya almashuvini takomillashtirishning ba’zi usullarini
o’rganamiz.
Informatsiya oqimlarini tartibga solish . Tashkilotning barcha darajalardagi rahbarlar
o’zlarining boshliqlarini hamkasblarni va qo’l ostidagilarini informatsiyalariga bo’lgan ehtiyojlarini
ko’rsatishlari shart. Rahbar, o’zining va tashkilotdagi boshqa informatsiya iste’molchilarining
miqdoriy va sifatiy tomonlarini baholashni bilishlari kerak. U informatsion almashuvdagi «juda
ko’p» va «juda kam»ni nimaligini aniqlashga harakat qilishi shart. quyida ko’rsatilgan qarorlarga va
o’z ishlarining natijalarini baholash ko’rsatkichlari harakteriga bog’liqdir.
Boshqaruv harakatlari . Informatsion oqimni tartibga solish- rahbarlarni informatsiya
almashuvini takomillashtirish bo’yicha harakatlariga bir misoldir, holos. Boshqa misollar ham bor.
Masalan, rahbar o’z ko’l ostidagilar bilan bo’ladigan o’zgarishlarni, yangi yo’nalishlarni, ishni
taqsimlash va h.k. masalalarini muhokama qilish maqsadida alohida-alohida qisqa yig’ilishlar
o’tkazishi mumkin. Rahbar shu masalalarni muhokama qilish uchun barcha xodimlari bilan davra
uchrashuvlari o’tkazib turishi ham mumkin. Bunday haftalik uchrashuv- yig’ilishlar o’tkazib
turishni ko’p tashkilotlarda talab qilinadi. qo’l ostidagi xodim ham xuddi shunday qilishi ham
mumkin, rahbar bilan va hamkasblari bilan aloqani yo’lga qo’yadi.
Qaytar aloqa sistemasi . Shaxslararo informatsiya almashuvini takomillashuvi qaytar aloqa
qanday ta’sir ko’rsatsa, tashkilotlarda tuzilgan qaytar aloqa sistemasi ham shunday ta’sir ko’rsatadi.
Bunday sistemalar tashkilotlardagi nazorat-boshqaruv informatsion sitemasining bir qismini tashkil
qiladi. qaytar aloqa sistemasining variantlaridan biri-ma’lum masalalarni muhokama qilish
maqsadida odamlarni tashkilotni bir qismidan boshqa qismiga o’tkazishdir.
Tashkilotdagi qaytar aloqani zarurligini ko’rib chiqib, xulosa qilgan mutaxasislardan biri
shunday yozadi: «Samarali ishlovchi rahbar o’zi bilan qo’l ostidagilar orasidagi farqni
kamaytirishda ma’lumotlarni pastga tushishini va u yerda yaxshi tushunilishi kafolatlaydigan,
kommunikatsiyaning puxta o’ylangan sistemasidan foydalanadi».
Qaytar aloqa sistemasining variantlaridan yana biri-xodimlarni so’rovidir. Bunday so’rovlarni,
rahbarlardan va ishchilardan yuzlab masalalar bo’yicha informatsiya olish maqsadida o’tkazish
mumkin:
1. Faoliyatning maqsadlari aniq yetkazilganmi?
2. qanday muammolar bilan duch kelmoqdalar yoki duch keladilar?
3. Ishlari uchun zarur bo’lgan informatsiyani o’z vaqtida va aniq holda oladilarmi?
4. Ularning rahbarlari takliflar uchun ochiqmi?
5. Ishlashga ta’sir qiladigan o’zgarishlardan ular xabardormi?
6. Xodimlar o’ylab ko’rishi lozim bo’lgan g’oya to’g’risida ularga xabar berish.
7. Sizning g’oyangizga xodimlar fikrini aniqlash.
8. Boshqa bo’lim rahbarlariga, sizni bo’limingizda bo’lish ehtimoli bo’lgan o’zgarish to’g’risida
xabar berish, uning bo’limiga bu qanday ta’sir etishi to’g’risida uning fikrini aniqlash.
9. qo’l ostidagilarga yangi maqsadlar yoki yo’nalishlar majmuasi to’g’risida ma’lumot berish.
10.
Joriy haftadagi muhim ishlar to’g’risida kotibaga xabar berish.