3.Turkiy-o‘zbek tildagi manbalar xarakterli xususiyatlari
X-X1U asrlarga oid turkiy tildagi yozma manbalar nisbatan kam saqlanib qolgan. Mavjudlari esa hali munosib tarzda urganilib, ilmiy muammolarga kiritilganicha yo‘q. Ya’ni u manbalar tarix ilmida o‘z o‘mini egallagani yo‘q. Borlari to‘grisida shuni kayd etish zarurki, ularda ham arab va fors tillaridagi manbalarga xos umumiy xususiyatlar o‘xshash desak bo‘ladi. Yozuv xususida turkiy va fors til harflari aynan, ya’ni 32 harfdan iborat. Turkiston kitob tarixiga oid E.Ohunjonov asarlarida yozma manbalar xususiyatlari ma’lum darajada yoritilgan, ammo kitob tarixi nuqtai nazaridan ochib berilgan. XV asrdan boshlab yaratilgan tarixiy, badiiy asarlar qodyozmasi, kitoblari birinchi navbatda xat yoki yozuv xususiyatlari va kitobat san’ati, fani jihatidan alohida yuksak saviyasi, badiiy ziynat-bezaklari bilan farqlanib turadi. Aksariyat manbalar temuriylar davri ixtirosi nasta’liq xatida bitilgan. Ayniqsa, temuriylar va shayboniylar davri, so‘ngra yaratilgan asarlar asosan shzh va a’yonlar uchun yaratilgandir, kitobat san’atining shoh asarlari hisoblangan. XUSh-XlX asrlardagi yozma manbalarni ikki guruhga ajratish mumkiii, biri shohona asarlar, ikkinchisi keng jamoatchilikka va o‘rta hoi ziyolilar uchun yaratilgan manba-kitoblar. Ularning barchasida matn mazmuniga e’tibor berilgan Holda, ziynat va bezaklar o‘rta miyona, baholi qudrat, ammo yetarli san’at va ilm-fan manbasi tarzida yaratilgan. XIX asrda kuproq asarlar ilm axli orasida xatti mulloyi va yangi shikasta yozuvlarida tarqaldikim, shiddatli taraqqiyot, ayniqsa toshbosma va mixbosma kitoblar, an’anaviy mo‘,tabarumkin. Bu davr kitoblari xususiyatlari E.M. Ismoilova tomonidan aniqlangan va uning asarlarida bayon etilgan. Qo‘qon xonligi tarixi manbalari olimlardan R.N.Nabiev, Sh.Vohidov, T.Biysembiev va boshqalarning tadqiqotlarida xususiyatlari tahlil etilgan. o‘ tarnish Hojining “Chingiznoma” asarining tili, muallifning tarixnavislik usuli va tarixnavislik bilan manbashunoslik yo‘nalishidagi ma’lumotlari tadqiq doirasiga haligacha tortilmagan. Abulg‘oziy Bahodirxon«Shajarayi tarokima» va “Shajarayi turk” asari bilan Xorazm tarixnavisligi maktabiga asos solgan. Tabiiyki uning bu asarlari eron (fors tilidagi) tarixiy asarlar ta’siri va negizida yozilgan birinchi turk (o‘zbek) tilidagi tarixiy asarlardandir “Firdavs al-iqbol” nomli asar muallifi bo‘lgan Munis Xorazmiy Abulg‘ozi Bahodirxondan keyin Xorazm tarixini xronologik asosda yozgan yirik muarrix hisoblanadi. Uning qo‘lyozmalari voqea va hodisalar bayoniga xolisona yoshdoshganligi va yoritilayotgan voqealarning haqqoniyligiga erishganligi bilan ajralib turadi. Munis tarixiy voqealar va Xiva xonlari shajarasini 1812 yilgacha yoritgan. Muarrixning 1829 yilda vafot qilishi natijasida to‘xtab qolgan ishlarni jiyani Muhammadrizo Ogahiy davom ettirgan. Yuqorida tilga olingan xorazmlik solnomachilari va muarrixlari asarlarida Xiva davlati tarixiga doir quyidagi ma’lumotlar mavjud: - Xiva xonligining siyosiy hayotini yorituvchi ma’lumotlar; qo‘shni davlatlar siyosiy tarixini yorituvchi, aniqlik kiratuvchi faktlar; yerga egalik munosabatlari; sug‘orish ishlari; soliq masalalari; xonlikdagi ma’muriy boshqaruvi, unvon va mansablar; xonlikning elchilik (diplomatik) munosabatlari; savdo aloqalari; xonlikning etnik tarkibi, etnik va etnomadaniy riod agtoyah yinadam ;iralalasam kilihcnodobo ؛raltomul’am yifor’guj ;iralnoyaraj ma’lumotlar.
Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, hali turkiy tildagi jahon qulyozma fondlari hammasidagi yozma manbalar to‘la aniqlangani va ilmiy muomalaga kiritilgani yo‘q. Mavjud va aniqlangan yozma manbalar yurtimiz tarixi, uning boy madaniyatidan guvohlik berib, kelajagi porloq ekanligiga ishonch uygotadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |