"Tavorixi-guzida - Nusratnoma". XVI asr yozma obidasi. Muallifining nomi ishonarli va qat’iy aniqlanmagan. Tadqiqotchilar orasida bu xususda turlicha fikrlar mavjud. Sharqshunoslardan A.A.Semyonov, R.G.Muqminova va V.P.Yudin kitobni Shayboniyxon tomonidan yoki uning faol ishtirokida yozilgan, deb hisoblaydilar. Asarni chuqir va atroflicha o‘rgangan A.A.Akromovning fikricha, “Tavorixi-guzida- Nusratnoma” mashhur “Shayboniynoma” dostonining muallifi shoir Muhammad Solihdir. Asar muqaddimasida muallif o‘zini “Ojiz", “G‘arib, “Xokisor" deb ataydi va Munke qoon nomiga yozilgan "Tavorixi jahonkushoy", G‘ozonxonning qizi nomiga bitilgan "Tavorixi guzida" va Ulugbek mirzo nomidan yozilgan "Muntaxab at-tavorixi Shohiy" nomli kitoblardan saylab tartib qilish haqida buyruq olganligi va unga Shayboniyxon tarixini ham qo‘shib bir asar yaratganligi va asarga "Tavorixi-guzida, Nusratnoma" ("Saylanma solnomalar, g‘alaba kitobi") deb ot qo‘yganligini ochiq yozgan. Mazkur asar Shayboniyxonning topshirig‘i bilan saroyga yaqin turgan tarixchilardan biri tomonidan ijod qilingan. ''Tavorixi-guzida, Nusratnoma" 1502-1505 yillar orasida yozilgan bo‘lib, ikki mustaqil qismdan "Tavorixi guzida" va "Nusratnoma”dan iborat. Birinchi qismda O‘g‘izxon va qadimgi turklar, Chingizxon hamda uning Mo‘g‘uliston, Dashti qipchoq, O‘rta Osiyo va Eronda hukmronlik qilgan avlodi tarixi, ikkinchi qismida esa Shayboniyxon tavalludidan (1451) to unin Movarounnahrni istilo qilishigacha (1500-1505), Dashti qipchoq hamda Movarounnahrning ijtimoiy-siyosiy ahvoli bayon qilingan asar, ayniqsa, uning ikkinchi qismi ("Nusratnoma") zo‘r ilmiy qimmatga ega. Unda Shayboniylar qo‘shinining tuzilishi, unin etnik tarkibi, shuningdek, ko‘chmanchilarning Qorako‘l, Hisor Chag‘oniyon, O‘ratepa hamda Xo‘jand viloyatlarida qilgan yovuzlikdari haqida qimmatli ma’lumotlar bor. Asarning yana bi qimmati shundaki, unda muhim tarixiy voqealarning sodir bo‘lgan vaqti aniq ko‘rsatilgan. Bundan tashqari, Shayboniy qo‘shinlar tarafidan Farg‘ona viloyatining bosib olinishi fakat "Nusratnoma”da to‘gri va to‘liq yoritilgan. "Tavorixi-guzida", "Nusratnoma" ning faqat ikkita qol‘lyozma nusxasi bizgacha yetib kelgan. Ulardan biri Sankt-Peterburgda, ikkinchisi esa Angliyaning Britaniya muzeyida. Kitobning matni faksimile (fotonusxa)si zarur izohlar va tadqiqotlar bilan 1967 yili Toshkentda A.A.Akromov tomonidan e’lon qilingan. Undan ayrim parchalar rus tilida 1969 yil Olma-Otada V.P.Yudin tomonidan e’ion qilingan.
“Vaqoyi’” (Boburnoma). Zahiriddin Muhammad Boburning jahonga "Boburnoma" nomi bilan mashhur bo‘lgan asari asl nomi "Vaqoyi’" - voqealar edi. Muallif asarda o‘zining o‘n ikki yoshida Farg‘ona viloyat podshohi, deb ko‘tarilgan vaqtidan boshlab, hayotining oxiriga qadar bolgan voqealarni yilma-yil bayon qilgan. Dunyodagi asarning barcha mavjud qo‘lyozma nusxalarida bir necha yil, xususan 1509-1518, 1521-1524 yil voqealari bayoni tushib qolgan. Bobur Fargona viloyati hokimi Temuriy Umar Shoh mirzoning (1461-1494) to‘ngich ugli, 1483 yilning 14 fevralida Andijon shahrida tug‘ilgan, 1494 yil 5 iyunda hijriy hisobda 1 yoshida otasi o‘rniga Farg‘ona taxtiga o‘tkaziladi. Lekin oradan ko‘p vaqt o‘tmay, mamlakatda avj olgan o‘zaro feodal kurash natijasida, aniqrog‘i Sulton Axmad Tanbal bosh bo‘lgan feodal guruh bilan kurashda mag‘lubiyatga uchrab, Farg‘onani tashlab chiqishga majbur bo‘ladi. Uning 1497-1500 yillari Samarqand taxti uchun olib borgan kurashi ham mag‘lubiyat bilan tugaydi. Bobur 1504 yilga qadar Farg‘ona va Samarqand uchun kurashdi, ammo tajribali Shayboniyxon bilan bo‘lgan janglarda muvaffaqiyat qozona olmay, o‘z yurtini tark etib, omad va baxt izlab Kobulga yo‘l oldi va tez orada uni egalladi. Bundan so‘ng asta-sekin o‘z siyosiy mavqeini mustahkamlab bordi. 1511 yilning kuzida Bobur Ozarbayjon va Eron podshohi Shoh Ismoil Safaviy (1502- 1524)ning harbiy yordamiga tayanib, Samarqandni uchinchi bor egallashga muvaffaq bo‘ldi, lekin uning o‘z xalqi e’tiqodi-sunniy mazhabni inkor etganday kishilarga shialar kiyimini kiyib kurinishi, undan aholi ixlosini qaytardi. Bu safargi uning bobo meros poytaxt Samarqanddagi hukmronligi bir yilga ham yetmadi. 1512 yilning bahorida Ko‘li Malik (Xayrobod bilan Qorako‘l orasida joylashgan mavze’) degan joyda bo‘lib o‘tgan jangda Shayboniylardan Ubaydullaxon, Muhammad Temur Sulton, Jonibek Sulton va boshqalarning birlashgan kuchlari uni tor-mor keltirdi. Bobur Hisori shodmon tomonga chekindi va qariyb ikki yil mobaynida o‘sha viloyatda kun kechirdi va 1514 yili yana Kobulga kaytdi. U 1514-1526 yillar orasida Shimoliy Hindistonga, uni bo‘ysundirish maqsadida besh marta qo‘shin tortadi, lekin faqat so‘nggi yurishida (1525) u boy va ulkan mamlakatni egalladi va tarixda g‘arbda yanglish buyuk Mugullar, aslida esa buyuk Boburiy va Hindiston Temuriylari saltanati nomi bilan mashhur bo‘lgan yangi feodal davlatiga asos soldi. Bobur 1530 yilning 26 dekabrida Hindiston poytaxti Agra shahrida vafot etdi. Ammo vasiyatiga ko‘ra, keyincha uning xoki Kobul shahridagi o‘zi asos solgan bog‘ga ko‘mildi. Undagi qabr toshi keyincha chevarasi Nuriddin Muhammad Jahongir tomonidan urnatilgan. Bobur iste’dodli qalam sohibi sifatida ikki devon - she’rlar majmuasi, aruz risolasi, islom dini masalalariga bagishlangan «Mubayyin» nomli masnaviysi, Ubaydulla Xoja Lahrorning «Volidiya» risolasini turkiy nazmiy tarjimasi, musiqa va harbiy ishga oid risolalari muallifi, maxsus yangi alifbo «Xatti Boburiy» ixtirochisi hamda «Vaqoyi’» - ‘‘Bobumoma”dek tarixiy qomusiy monumental obida-asari bilan jahon tarix fanida o‘ziga munosib yodgor, avlodlarga namuna qoldirdi.
«Vaqoyi’» memuar-xotira tipida asar bo‘lib, u o‘zining bayon uslubi bilan «Temur tuzuklari» va Sharafiddin Ali Yazdiyning «Zafamoma» asarini eslatadi. Kitobda Farg‘ona, Toshkent, Samarqand, Hisori shodmon, Chag‘oniyon, Kobul, Xuroson poytaxti Hirot hamda Shimoliy Hindistonning XV asr oxirlari va XVI asrning birinchi o‘ttiz yillidagi ijtimoiy-siyosiy ahvoli batafsil yoritilgan. Asarni mazmunan shartli uch qismga: 1. Farg‘ona va Movarounnahr davri (1494-1504). 2. Kobul va Xuroson davri (1504-1525). Z.Hindiston davri (1525-1530) ga bo‘lish mumkin. Bundan tashqari, asar geografik hamda etnografik ma’lumotlarga boy. Undan Farg‘onaning turk-mo‘g‘ul qabilalari, ko‘chmanchi o‘zbeklar qo‘shin tuzilishi, Movarounnahr, Afg‘oniston va Hindiston xalqlarining urf-odati va maishiy tafsilotlari ham o‘rin olgan. Asar asli matni uch marta, birinchi marta Qozonda, 1857 yili Buxoro qo‘lyozmasi va 2 marta Angliyada 1905-1970 yillari Haydarobod qo‘lyozmasi asosida chop qilingan edi. So‘nggi yillari Yapon boburshunosi professor Manu asar tanqidiy matni va unga ko‘rsatkichlar ilovasini 2 jildda chop etdi. Kirill-rus alifbosida 1960 yili S.Mirzaev va P.Shamsiev "Vaqoyi’" matnini Buxoro va Haydarobod nusxasi asosida chop etdilar va bu kitob bir necha marta qayta nashr etildi. Ammo hamon asarning xalqimiz, ushbu jahonga mashhur obidani in’om etgan haqiqiy merosxo‘rlari uchun, asl nusxada ilmiy akademik nashr amalga oshmaganligi, bu asar to‘grisidagi ilmiy tadqiqotlar, saviyasini pasayishiga olib keladi. Garchi asl nusxa matni ilmiy asosda tiklanmagan bulsa-da, "Vaqoyi’”ni o‘rganish, tarjima qilish, hali asar tugamasdan, boshlangan. Ilk marta uni Boburning safdoshi va sadri Shayx Zayn Hindistonga oid qismini fors tiliga tarjima qildi. Asar hali tugamasdan, unga Movarounnahrdan bir nusxasini jo‘natishlarini iltimos qilishgan. Kitob bilan tasodifan tanishgan shahzoda Salim Otaligi uni forsiy tiliga tarjima qilishlari uchun 2 tarjimonni yollagan. Bobur nabirasi Akbar shoir Bayramxon o‘gli Abdurahimdan bobosi asarini forsiyga taijima qildirib, uning ko‘plab nusxalarini mohir xattotlarga ko‘chirtiradi, yuzdan ortiq, rassomga buyurib, ko‘plab mu’jaz rasmlar ishlatgan.
Forsiy taijimalar XVI asrda, hozir mavjud asl nusxalaridan avval yaratilgani sababli, asar ilmiy-tanqidiy matnini tiklashdagi ahamiyati kattadir. "Vaqoyi’" g‘arb olimlari ichida mashhur va juda katta obru-e’tiborga molik. Asar ingliz tiliga uch marta 1826, 1921 va 1990 yillari tarjima kilingan bo‘lsa, uning tula va ixcham, qisqartirilgan nashrlari 15 dan ziyoddir. Forsiy toshbosma nashri ham mavjud. Kitobning ingliz, fors tilidan tashqari 2 marta fransuz tili, nemis tili, turk, yapon, hind, urdu tillaridagi tarjimalari ma’lum. Umuman, sharq tarixiga oid asarlar ichida Bobur kitobi yuksak mavqega ega. Shunday tarixiy obida to‘g‘risida rus tilida tarixiy manba sifatida akademik S.A.Azimjonova tomonidan uch kitob chop kilingan bulsa-da, o‘zbek tilidagi tadqiqotlarida ko‘proq uni filologik nuqtai nazardan o‘rganish ustunlik qiladi. "Vaqoyi’" birinchi galda tarixchi uchun va so‘ngra boshqa mutaxassislar uchun ham bebaho va muhim manbadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |