7-mavzu: Arab yozuvidagi manbalar (turkiy tilida) Reja


Abulg‘oziy Bahodirxon va uning tarixiy asarlari



Download 50,49 Kb.
bet5/7
Sana13.07.2022
Hajmi50,49 Kb.
#788480
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
7-mavzu - 2022-04-19T214152.097

Abulg‘oziy Bahodirxon va uning tarixiy asarlari. Abulg‘ozixon qariyb 20 yil (1644—1664) Xorazmni idora qilgan hukmdor. Lekin akademik Bo‘riboy Ahmedovning xulosasi bilan aytganda u “tarixda oliy hukmdor sifatida emas (tarixda jahonni titratgan ne-ne podsholar o‘tmadi, lekin allaqachonlar ulardan nom-nishon qolmagan), balki yirik olim sifatida qoldi. Ilimning xosiyatidan shunday bo‘ldi u. Darhaqiqat, Abulg‘ozixon keng va chuqur ma’lumotli kishi edi”. «Bu faqirga, - deb yozgan edi uning o‘zi, - xudoy taolo inoyat qilib ko‘p nimarsa bergan turur. Xususan uch hunar bergan turur. Avval, sipohigarlikning qonuni va yo‘sunikim nechuk otlanmoq va yurumak va yovg‘a yosoq yasamoq, ko‘p birlan yurganda nechuk qilmoq, oz birlan yuruganda nechuk qilmoq, do‘stg‘a dushmang‘a nechuk so‘zlashmaq. Ikkinchi, masnaviyyot va qasoid va g‘azaliyot va muqatta’ot va ruboiyot va barcha ash’orni fahmlamaklik, arabiy va forsiy va turkiy lug‘atlarning ma’nosini bilmaklik. Uchinchi, Odam ahdindin to bu damg‘acha Arabistonda, Eron va Turonda va Mug‘ulistonda o‘tgan podshohlarning otlari va umrlarining va saltanatlarining kam yoki ziyodin bilmaklik». Abulg‘ozixon hijriy 15 rabi I 1012/23 avgust 1603 yil Urganchda olamga kelgan. Vafoti hijriy ramazon oyi 1074/mart 1664 yili. U Xiva xoni Arab Muhammad-xon (hukmronligi 1602-1621 yy.) ning to‘rtinchi o‘g‘li edi. Lekin uning hayoti xonzodalarnikiday tinch-totuvlik, osudalik, yemak-ichmakdan mo‘l-ko‘l bo‘lib kechmadi. Abulg‘ozi olti yoshida yetim qoldi, 13 yoshida toju taxt uchun boshlangan o‘zaro kurashlar girdobiga tushdi. 1616 yili og‘alari Habash sulton bilan Elbars sulton nayman va uyg‘ur qabilalarining boshliqlariga tayanib (ularning onalari nayman qabilasiga mansub edi), otasiga qarshi isyon kotardilar. O‘shanda Arab Muhammadxon, odatda ota-bola orasidagi muomalarni andisha qilib, isyonkor o‘g‘illariga Vazir shahrini ham qo‘shib berdi. Oradan besh yil o‘tar-o‘tmas oralari yana buzilib, nizo urushga aylaidi. 1621 yilda Toshli yormish qudug‘i yonida ikki orada - bir tarafda Arab Muhammadxon to‘ng‘ich o‘g‘li Isfandiyor sulton va Abulg‘ozi sulton bilan, ikkinchi tomonda uning boshqa o‘g‘illari Habash sulton bilan Elbars sulton orasida urush bo‘ladi. Oqibatda Arab Muhammadxon, Isfandiyor sulton maglubiyatga uchradilar. Asir olingan xonning (Arab Muhammadxonning) ko‘zlariga mil tortildi va Xivaga olib keltirilib qamab qo‘yildi. Ko‘p otmay u shu yerda qatl etildi. Urushdan keyin Abulg‘ozixon avval Kotga, so‘ngra Buxoroga, ashtarxoniylardan Imomqulixon (1611 —1642) huzuriga qochib bordi. Arab Muhammadxonning boshqa ogillari: Isfandiyor sulton, Sharif Muhammad sulton va Xorazmshoh sulton Hazoraspga bordilar va uning mustahkam qal’asi ichiga kirib yashirindilar. Habash bilan Elbars qirk kunlik qamaldan keyin og'asi lsfandiyor, inilari Sharif Muhammad va Xorazmshoh sultonlar bilan yarashib, Isfandiyorga Makka ziyoratiga ketishga ijozat berdi, Sharif Muhammad sultonga Kotni in’om qildi, o‘n ikki yoshli Xorazmshoh sulton bilan o‘n yoshli Afg‘on sultonni Xivaga jo‘natdi. Lekin Isfandiyorxon Makkaga bormadi, u to‘ppa-tug‘ri Isfahonga, shoh Abbos I (1587-1629) huzuriga bordi va uning yordami bilan 1623 yili Xiva taxtini egalladi. Abulg‘ozixon bundan xabar topib, o‘sha yiliyoq Xorazmga qaytib bordi. Isfandiyorxon unga Urganchni in’om qildi. Lekin oradan to‘rt yil o‘tib, 1627 yili xon bilan oralari buzilib Turkistonga, Eshimxon (1929 yili vafot etgan) huzuriga qochib bordi. Ko‘p otmay uni Tursunxon Toshkentga olib ketadi. U Toshkentda ikki yil istiqomat qildi va Tursunxonning olimidan keyin, 1630 yili yana Buxoroga, Imomqulixon huzuriga bordi. Lekin bu gal u Buxoroda ko‘pga qolmadi. Usha yili xondan norozi bolgan xivalik turkmanlarning chaqirig‘i bilan yana Xorazmga qaytib bordi. Isfandiyorxon (u usha vaqtda Hazoraspda turardi) ikki oy davom etgan bordi-keldidan keyin unga Xivani topshirishga majbur bo‘ldi. Oradan olti oy o‘tgach, Isfandiyor uni o‘sha vaqtlarda Eron podshosi tasarrufiga tushib qolgan Niso bilan Darunga (Ashxobod bilan Qizil arvot o‘rtasida joylashgan manzilgoh) bosqin qilishda ayblab hibsga oldi va Eronga, shoh Safi I (1629-1642) huzuriga garov sifatida jo‘natib yubordi. Abulg‘ozi Eronda qariyb 10 yil (16301639) maxsus nazoratchilar qo‘1 ostida Isfahonga yaqin joylashganTaborak qal’asida yashadi. 1639 yili yoz kunlaridan birida u tutqunlikdan qochib qutilishga muvaffaq boladi. Ko‘p mashaqqatlar chekib, ikki yarim yil deganda, 1642 yili Orol o‘zbeklari orasiga kelib tushadi. Orollik o‘zbeklar 1643 yili Abulg‘ozini xon qilib kotardilar. Oradan bir yil o‘tgach, 1644 yili u ko‘pchilik raqiblarini yengib, Xorazm taxtini egallashga muvaffaq bo‘ldi. Abulg‘ozixon hammasi bolib yigirma yil atrofida xonlik taxtida otirdi. Lekin umri ko‘proq, urush-talashlarda o‘tdi: 1646 - 1653 yillari u Tajan, Bomi baurma (Qizil arvotning janubi-sharqiy tarafida joylashgan manzilgoh), Atrok va Jurjon turkmanlari bilan urush olib bordi, 1655 - 1662 yillari olkaga vaqti-vaqti bilan bosqin qilib turgan yoyiq (Ural) lik o‘ris qazoqlari, qalmiqlar va qozoq ko‘chmanchilari bilan kurash olib bordi, 1663 - 1664 yillari bir necha marta Buxoro ustiga yurish qiladi. 1664 yili Abulg‘ozixon og‘ir dardga chalinib yotib toju taxtni esa o‘gli Anushaxon (1'664 - 1674) ga topshirdi. Oradan ko‘p vaqt otmay, 1664 yilning aprel oyida u dunyodan o‘tdi.
Abulg‘ozi hammasi bo‘lib 60 yilu yetti oy umr ko‘rgan. Abulg‘ozixondan ikki tarixiy asar qolgan. Bittasi «Shajarayi tarokima» (1658 - 1661 yillar orasida yozilgan deb taxmin qilinadi) atalib, turkiy qabilalaming, xususan turkman qabilalarining kelib chiqishi haqida qimmatli ma’lumot beradi. Asarda barcha turklarning afsonaviy podshosi O‘g‘uz-xon va uning avlodi tarixi, shuningdek turkman urug‘lari (solur, bayondur, taka, yovmut, tevachi, Xizr eli, sariq, Ali eli, yozir, ersori va boshqalar) ning kelib chiqishi qisqa tarzda bayon etilgan. «Shajarayi tarokima», Abulg‘ozixonning o‘z so‘zlariga qaraganda, turkman mullatlari, shayxlari va beklarining iltimosi bilan yozilgan. Ushbu asarning tanqidiy matni, ruscha tarjimasi, katta ilmiy tadqiqot bilan birga 1958 yili akademik A. N. Kononov (1906 - 1986) tarafidan Sankt-Peterburgda chop etilgan. Asarning tilini S.N. Ivanov o‘rgangan. Mazkur asardan dunyo xazinalarida bizga ma’lum yettita nusxasi ma’lum. Ulardan ikkitasi Rossiyada va qolgan beshta nusxasi Toshkentdagi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida saqlanadi. Ular turli vaqtlarda ko‘chirilgan bo‘lib, faqat ikkitasida kotiblarning nomi yozilgan. Bulardan biri Mirzo Amon ibn Eson Xuzoriy bo‘lib, nusxani rajab oyi 1341 yili/ 17 fevral-19 mart 1923 Buxoroda ko‘chirgan (nusxa raqami 1223). Ikkinchi kotib Muhammadsharif xo‘ja Muhammad o‘g‘li Mullo Bekjon Rahmon o‘g‘li iltimosi bilan rabi al-avval 1344/19 sentabr-19 oktyabr 1925 yili ko‘chirgani ma’lum bo‘ladi (№ 1807).
Abulg‘ozixonning ikkinchi asari «Shajarayi turk» nomi bilan mashhur. Mazkur asarning asosiy qismi 1663-1664 yillarda yozilgan. Unda Xorazmning XVI - XVII asrning birinchi yarmidagi ijtimoiy-siyosiy tarixi bayon etiladi. «Shajarayi turk»ning yozilish sabablari haqida muallifning o‘zi bunday deydi: «Ammo bizning ota-og‘alarimizning beparvolig‘i va Xorazm xalqining bevuqufliqi, bu ikki sababdin, bizning jamoatimizning Abdullohxonning (shayboniy Abdullaxon II; 1583 - 1598 yillari Buxoro xoni) otalari (Iskandar 1528-1568 yillar) birlan bizning otalarimizning (shayboniy Yodgorxon; XV asr) ayrilgan yeridin to bizga kelguncha tarixlarini bitmay erdilar. Bu tarixni bir kishiga taklif qilali deb fikr qilduq, hech munosib kishi topmaduq, zarur bo‘ldi [va] ul sababdin o‘zimiz aytduq». Asar qisqa muqaddima va to‘qiz bobdan iborat: 1) Odam Atodan to turklarning qadimgi xonlaridan Mo‘g‘ulxongacha kechgan hodisalar zikri; 2) Mug‘ulxondan Chingizxongacha bo‘lgan tarix; 3) Chingizxonning tug‘ilganidan to vafotigacha bo‘lgan tarixi; 4) Chingizxonning uchinchi o‘g‘li Ugadoy qoon va avlodi; shuningdek Chingizxonning boshqa o‘g‘illari naslidin bo‘lgan va Mug‘ulistonda podsholik qilganlar zikri; 5) Chingizxonning ikkinchi o‘g‘li Chig‘atoyxon avlodidan Movarounnahr va Koshg‘arda podsholik qilgan xonlarning zikri; 6) Chingizxonning kenja o‘g‘li Tuluyxon avlodidan Eronda podsholik qilganlar (ular tarixda elxoniylar deb ataladi; 1256-1336 yillari hukmronlik qilganlar) zikri; 7) Chingizxonning ulug‘ o‘g‘li Jujixon avlodidan Dashti Qipchoqda podshoh bo‘lganlar zikri; 8) Jo‘jixonning beshinchi o‘g‘li Shaybon (XIII asr) avlodidan Movarounnahr, Qrim, Qozok, va Turonda xonlik qilganlar, shuningdek Jujixonning o‘n uchinchi o‘g‘li Tuqa Temurxon naslidan Qrim, Qozoq va Movarounnahrda podsholik qilganlar zikri; 9) Shaybon avlodidan Xorazm mamlakatida podsholik qilganlar zikri.
Abulg‘ozixon asarning 7, 8 va 9-bobining bir qismini (1644 yilgacha kechgan voqealar tarixini) yozib ulgurgan xolos. 1-6-boblar va 9-bobning davomi (1644-1664 yil voqealari) Anushaxonning topshirig‘i bilan Mahmud ibn mulla Muhammad Urganjiy degan olim tarafidan yozilgan. Bu haqda asarda mana bunday qayd bor: «Ma’lurn bo‘lsinkim, Abulg‘ozixoni jannat makon bu kitobni tasnif qilib yarmiga yetkanda xasta bo‘ldilar, o‘g‘illariga vasiyat qilib tururlarkim, bu kitobni no-tamom qo‘ymang, itmomiga sa’iy qiling. Ul sababdin Abulmuzaffar va-l-mansur Anushaxon ibn Abulg‘ozixon marhum va mag‘furiy, bu bandayi bebizoat va kaminayi beistitoat Mahmudiy ibn mulla Muhammad Zamoni Urganjiy bo‘lg‘ayman, «bu kitobni itmomig‘a yetkur», deb hukm qildilar». Endi bu hukm qachon bajarilganini aniqlasak. Bunda bizga asarning xotimasiga ilova qilgan Mahmud ibn Muhammad Zamonning izohlari yordam beradi. Birinchisi shuki, Mahmud Urganjiy asarni davom ettirishga kirishar ekan unda Anushaxon ibn Abulg‘oziyni “marhum va mag‘fur”, ya’ni olamdan o‘tgan shaxs sifatida tilga olgan. Bas, Mahmud Urganjiy buyruq bergan xonning vafotidan so‘ng asarni davom ettirishga kirishgan. Ikkinchi izoh esa asarning yozib tugatilishi sanasini aniqlaydi. To‘qqizinchi bobdagi “Avaneshxonning podshohliqining zikri” bobchasidan keyin keluvchi qismcha matnida aks topgan. Uni Mahmud Urganjiy hijriy 1116/1704-05 yili Xorazmda bosh xon bo‘lib turgan “oliysha’n Mo‘so Muhammadxon” buyrug‘i bilan kitobga kiritgan. Mo‘so Muhammadxon esa Shohg‘oziy ibn Avazg‘oziy ibn Sultong‘oziy ibn Elbarsxonning o‘g‘li bo‘lgan. Uning nasabiga kelsak Abulg‘oziy quyidagi ma’lumotlarni beradi. Dashti qipchoqlik Elbarsxon 1512-1513 yillari Xorazmdan safaviylarning noiblari va qo‘shinlarini haydab, xon ko‘tariladi va qarindoshlaridan amakilarini ham da’vat etib, ularga mamlakat tumanlarini idora etish uchun beradi. Oradan ancha vaqt o‘tgach 1532 yili arzimagan narsa uchun Elbarsxon avlodlari bilan uning amakivachchasi Avanesh sulton va avlod-urug‘lari o‘rtasida qirg‘in-barot urushlar bo‘ladi. Oqibatda Elbarsning farzandlari mag‘lub bo‘lib, barchalari Buxoro, Samarqand va Toshkentga qarindosh shayboniylar huzuriga ketishga majbur bo‘ladilar. Ulardan sulton G‘oziy ibn Elbars Buxoro xoni Ubaydullohxon ko‘magida Xorazmni qisqa vaqtga qaytarib olishidan ham natija chiqmaydi. Bular haqida Abulg‘oziy mufassal ma’lumot beradi. Shunday ekan “Shajarayi turk” hijriy 1116/1704-05 yili Mo‘so Muhammadxon hukmronligi davrida uning buyrug‘i bilan ham o‘z nihoyasiga yetgan ekan. Asar Abulg‘ozixondan avval yozilgan birmuncha tarixiy kitoblar (umumiy soni 18) ga asoslangan. Bundan tashqari, asarning original qismini (8, 9-boblari) yozishda muallif o‘zi bilgan va so‘rab-surishtirib to‘plagan ma’lumotlaridan ham keng foydalangan. «Shajarayi turk» tarixning turli masalalariga (ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, etnik vah.) oid e’tiborga molik, ma’lumotlarga boy asardir. Biz misol tariqasida ulardan ayrimlarinn qayd etib o‘tamiz. Tarixiy ma’lumotlar ichida Shaybon ulusi va uning sarhadlari, uning XV asrning so‘nggi choragi XVI asr boshlaridagi umumiy ahvoli, Sibir xonligi, Xorazmning XVI - XVII asrning birinichi yarmidagi ijtimoiy-siyosiy ahvoli, uning Rusiya, Qozoq hamda Buxoro xonliklari bilan bo‘lgan o‘zaro munosabatlari haqidagi ma‘lumotlar diqqatga sazovordir.

Download 50,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish