7-mavzu. (4 soat) avtomobil yo`llari va shahar ko`chalarida harakatini tashkil etishning uslubiy asoslari va amaliy tadbirlari reja



Download 0,59 Mb.
bet9/10
Sana12.07.2022
Hajmi0,59 Mb.
#783429
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
8. (davomi) mavzu

VTR = VYu + v1 + v2; m (8.1)
bu yerda, VYu – piyodalarning trotuarda yuradigan qismi, m; v1 – binogacha bo`lgan zahira tasmaning eni, m; v2 – yo`l qatnov qismining chetigacha bo`lgan zahira tasmaning eni, m; hisoblarda v1 + v2 = 0,5 - 1,2 m ga teng deb olinadi. VYu quyidagi formula bilan aniqlanadi:
VYu = p  vYu
bu yerda, p – tasmalar soni; vYu – piyodalar yuradigan bitta tasmaning eni vYu= 0,75 m.
p = NP/RP (8.2)
Tasmaning sonini hisobiy davrda kutilayotgan piyodalar harakat miqdoriga NP (piyoda/soat) va bitta yuradigan trotuar tasmasining RP (piyoda/soat) o`tkazish qobiliyatiga qarab aniqlanadi.
Aholi yashash joylaridagi avtomobil yo`llarida velosipedchilarning harakatini tashkil qilish uchun alohida tasma belgilanadi, agarda transport vositalarining harakat miqdori 1000 avt/sut oshsa va velosipedchilarning soni sutkada 100 ko`p bo`lsa, velosiped yo`lagi 8.4-jadvaldagi shartlar bo`yicha qurilishi ko`zda tutiladi.
8.4-jadval

Avtomobillarning o`rtacha yillik
harakat miqdori, avt/sut

Velosipedchilarning o`rtacha yillik harakat miqdori, vel/sut

1500 km

300 ko`p

1500 - 2250

225

2250 - 3000

170

3000 - 4350

120

4250 - 7000

65

Velosiped yo`lagi ko`tarma poyi yonida yoki uning yon qiyaligidan tashqarida o`rnatiladi. Velosiped yo`lagi bilan avtomobil yo`li orasidagi ajratuvchi tasmaning eni kamida 1,5 m bo`lishi kerak. Velosiped yo`lagini loyihalash uchun 8.5-jadvaldagi me`yorlardan foydalaniladi.


Hozirgi kunda barcha davlatlardagi kabi O`zbekistonda ham piyodalarning harakatini tashkil etishda asosiy vosita bo`lib yo`l belgilari va yo`l belgi chiziqlaridan foydalaniladi. Aholi yashaydigan joylarda o`tkazilgan tadqiqotlar asosan, yo`l sharoitlarining murakkablashuvi va yo`l-transport hodisalarining ko`plab sodir etilishi natijasida o`rnatiladigan yo`l belgilarining soni boshqa joylarga nisbatan 3–4, bahzan 5 marotaba ko`p bo`lishi aniqladi.
8.5-jadval



Ko`rsatkichlar

O`lchov birligi

Tavsiya etilgan

Eng kichik

1.

Tezlik

km/soat

25

15

2.

Bir tasmali qatnov qismining eni

m

1,0

0,75

3.

Bir tomonga ikki tasmali qatnov qismining eni

m

1,75

1,5

4.

Ikki tomonga ikki tasmali qatnov qismining eni

m

2,50

2,50

5.

Yo`lak yoqasining eni

m

0,25-0,30

0,25-0,30

6.

Rejadagi egrilik radiusi

m

75

50

7.

Qabariq egrilik radiusi

m

500

400

8.

Botiq egrilik radiusi

m

150

100

9.

Maksimal bo`ylama nishablik

%

60

70

10.

Ko`ndalang nishablik

%

15-20

15-20

Piyodalar harakatining ko`payishi va yo`l sharoitlarining murakkablashuvi haydovchilar tomonidan qator o`rnatilgan yo`l belgilarini qabul qilishni qiyinlashtirib, ularning samarasi ancha past bo`lishi kuzatiladi.



8.5-rasm. Aholi punktidan o`tgan yo`llarda «Piyodalar o`tish joyi»
va «Bolalar» yo`l belgi chizig`ini joylashtirish sxemasi.
Aholi punktlarida harakatni tashkil qilishda va xavfsizlikni ta`minlash maqsadida, shuningdek, bolalar ishtirokidagi yo`l-transport hodisalarining oldini olish maqsadida muallif ilmiy rahbarligida [20] gorizontal yo`l belgi chizig`ini tushirishni tavsiya qiladi (8.5-rasm). «Bolalar» yo`l belgi chizig`ini yo`l qatnov qismiga tushirishda uni 1.21 yo`l belgisi «Bolalar» bilan bir xil masofada, «Piyodalar o`tish joyi» yo`l belgi chizig`ini esa shunday yo`l belgi chizig`iga (1.4.1, 1.4.2, 1.4.3) 50 metr yetmasdan tushirish tavsiya etiladi.
Avtomobil yo`llari bo`ylab bolalar muassasalari (bog`chalar, maktablar) ham joylashtirilishi anhana tusiga kirib qolgan. Hatto kichkina aholi punktidan o`tuvchi avtomobil yo`li yoqasida hech bo`lmaganda bitta yoki ikkita shunday muassasa uchraydi.
Yo`l-transport hodisalarining tahlili shuni ko`rsatadiki, bolalar bilan bog`liq ko`pchilik YTH bolalar muassasalari yaqinidagi 250–300 m masofali mintaqada qayd etiladi. Bolalarni bosib ketish hodisalarining 50–60% maktablar yaqinidagi mintaqalarda sodir bo`ladi.
Muallif rahbarligida ko`p yillik YTH tahlil qilinib, bolalar bilan bog`liq hodisalarning asosiy sabablari va ularning ko`lami aniqlandi: 25% yo`l qatnov qismidan yaqinlashib kelayotgan transport vositasi oldidan o`tish, 21,1% transport vositasining, binoning yoki daraxtning orqasidan to`satdan chiqish, 17,6% qatnov qismining belgilanmagan qismidan o`tish.
Har yili respublikada bolalar bilan sodir etilgan YTH 60% ga yaqini haydovchilar aybi bilan bo`lishi qayd etiladi. Bunday bo`lishiga asosiy sabab haydovchilar harakatni boshqaruv signallariga rioya qilmasliklari, belgilangan xavfsiz tezlikni chegarasidan oshirish va qarama-qarshi tasmaga chiqib harakat-lanishdir. Bolalar muassasalari mintaqasidagi transport oqimi-ning harakatlanish tartibi boshqa avtomobil yo`l bo`laklaridagi harakatlanishni tavsiflovchi ko`rsatkichlaridan farq qiladi.
Bolalar muassasalari mintaqasida harakatni tashkil etishda hozirda ishlatiladigan texnik vositalar quyidagilardan iborat: yo`l belgilar, yo`l belgi chiziqlari, transport svetoforlari, piyoda svetoforlari, yo`l to`siqlari. Bunday anhanaviy usulda harakatni tashkil etilishida bir qancha obhektiv va subhektiv kamchiliklar mavjud. Birinchidan, ko`pchilik hollarda yo`l yoqasida daraxtlar mavjudligi sababli o`rnatilgan yo`l belgilari haydovchilariga belgilangan masofada ko`rinmaydi. Ikkinchidan, aholi punktidan o`tuvchi avtomobil yo`llarida turli yo`l belgilarining ko`plab qo`yilishi natijasida haydovchiga tushadigan axborotlar miqdori keskin oshishi oqibatida, ular yo`l mintaqasidagi o`zgaruvchi axborotlarning faqat bir qismini qabul qila olish imkoniyatlariga egalar. Uchinchidan, piyodalar yo`lning qatnov qismiga chiqishini bartaraf etuvchi yo`l to`siqlari o`rnatilmaganligi, shuningdek, trotuarlarda kuz va bahor oylarida oqova suvlarning turib qolishi natijasida piyodalarning harakatlanishi amalda yo`l yoqasida bo`lishi kuzatiladi. To`rtinchidan, haydovchilar bunday qiyin yo`l sharoitini hisobga olmagan ravishda, tezlikni pasaytirmasdan harakatni davom ettiradilar.
Harakat xavfsizligini oshirishda targ`ibot ishlari va yo`l harakati qoidalarini buzganlik bo`yicha piyodalarning javobgarligi. Yo`llarda harakatlanish qoidalarini targ`ib qilish va YTHlarining oldini olish bo`yicha tushuntirish ishlarini olib borish, shu maqsadda ommaviy axborot vositalari (matbuot, radio, televidenie), nashriyot, kino, teatr sanhati imkoniyatlaridan foydalanish, ko`rik, tanlov va musobaqalar o`tkazish harakat xavfsizligini oshirishda sezilarli omil bo`lib xizmat qiladi.
Xalq tahlimi vazirligi, boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda bolalar o`rtasida YTHlarining oldini olish choralarini ko`rish, maktab va maktabgacha tarbiya muassasalarida yo`llarda harakatlanish qoidalarini o`rgatish birinchi navbatda bolalar ishtirokidagi YTH kamayishiga sababchi muhim shartlardan biridir. Hozirgi vaqtda maktablarning 1–8 sinflarida yo`l harakati qoidalarini o`rgatish va ularga rioya qilish yuzasidan xalq tahlim vazirligi tomonidan tasdiqlangan 17 soatlik reja (yiliga har bir sinfda) asosida mashg`ulotlar olib boriladi.
Bu mashg`ulotlar boshlang`ich sinflarda tasviriy sanhat, mehnat tahlimi, o`qish va nutq o`stirish, atrof-muhit bilan tanishtirish, tabiatshunoslik fanlaridan ko`cha va yo`llarda yurish qoidalariga mos mavzularni o`tayotgan vaqtda va tarbiyaviy soatlarda o`tkaziladi.
Yuqori sinflarda esa bu mashg`ulot mazmuni [20] maktab ixtiyoriga ajratilgan soatlar hisobiga olib boriladi. Mashg`ulotlar mazmuni sinflar yuqorilashgan sari murakkablashib boradi. Mashg`ulotlar mazmuni va ularga ajratilgan soatlar 2000 yili A.Avloniy nomidagi xalq tahlim xodimlari malakasini oshirish markaziy instituti tomonidan tuzilib, O`zR IIV Yo`l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi bilan kelishilgan.



Download 0,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish