7 mavzu: (2 soat) turistik yo’nalishlarning shakllanishi reja: Turistik yo’nalishlar haqida tushuncha 2


Agroturistik mahsulot konsepsiyasi



Download 286,2 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/7
Sana11.06.2022
Hajmi286,2 Kb.
#655589
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
7 Мавзу Туризм ва рекреация географияси

Agroturistik mahsulot konsepsiyasi 
Diqqatga sazovor, jozibador 
joylar 
Turli xil tadbirlar 
Xizmatlar 
1. Maxsus qishloq xo’jaligi 
ekinlari yetishtiriladigan 
maydonlar; 
2Qishloq xo’jaligi muzeylari; 
3. Turli manzarali ekzotik 
bog’lar; 
4.Hunarmandchilik 
mahsulotlari bozorlari. 
1. Qishloq xo’jaligi 
yarmarkalari, 
ko’rgazmalarini tashkil 
qilinishi; 
2. Turli mavzudagi mahalliy 
va milliy festivallarni tashkil 
etilishi; 
3.Maxsus tadbirlar. 
1. Fermer xo’jaliklarida 
tashkil qilingan turlar; 
2. Qishloq mehmonxonalari; 
3. Muqobil tibbiy davolanish 
xizmatlari; 
4. Agrobiznes faoliyatini 
turoperatorlar bilan birga 
tashkil qilinishi; 
Jadvalga ko’ra agroturistik mahsulotning asosiy tarkibiy qismlari qishloq 
joylaridagi diqqatga sazovor joylar, turli xil tadbirlar hamda xizmatlardan iborat. 
Rivojlangan 
Yevropa 
davlatlari 
qishloq 
turizmida 
ko’rsatiladigan 
xizmatlarni, 
joylashtirish 
vositalarini 
standartlashtirish 
va 
tasniflashga 
mo’ljallangan maxsus tavsiyalar, xalqaro darajada tan olingan me’yorlar nafaqat 
davlat yoki milliy institutlar kesimida, balki Yevropa Ittifoqining xalqaro dasturlar 
doirasida, ya’ni agroturistik faoliyat sub’ektlari assotsiatsiyasini faol ishtiroki bilan 
amalga oshiriladi. 


Go’zal geografik va o’ziga xos tabiiy sharoitga ega mamlakatimiz 
hududlarida qishloq turizmini rivojlantirish uchun barcha shart-sharotilar hamda 
imkoniyatlar mavjud. “O’zbekistonda ekoturizmni rivojlantirish konsepsiyasi”da 
agroturizmga ekologik turizmning asosiy tarmoqlaridan biri sifatida qaralib, 
“agroturizm – qishloq halqini turmushi, urf-odati bilan yaqindan tanishish” deb 
ta’rif berilgan. 
2013 yil 17 aprelda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “2013-2016 
yillarda qishloq joylarda xizmat ko’rsatish va servis sohasini jadal rivojlantirish 
yuzasidan qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi qarori qabul qilingan edi. 
Mazkur qarorga ko’ra, mamlakatimizda ekologik, tibbiy-sog’lomlashtirish, sport 
turizmi, shuningdek, yakka tartibdagi qishloq mehmonxona uylari negizida 
agroturizmni o’z ichiga olgan zamonaviy turistik xizmatlar turlarini ustuvor 
rivojlantirish zonalari alohida belgilab olingan. So’nggi yillarda mamlakatimizning 
ko’pchilik mintaqalarida turizm sohasini rivojlantirish uchun maqsadli dasturlar 
qabul qilinmoqda. Ushbu dasturlarda har bir mintaqaning o’ziga xos bo’lgan tabiiy 
sharoiti, iqlimiy xususiyatlari, boy milliy-madaniy merosi hamda qishloq ahlining 
urf-odatlari va an’analarini hisobga olgan holda, qishloq turizmini rivojlantirishga 
alohida e’tibor qaratilgan. 
Mamlakatimizda qishloq turizmi ekologik turizm bilan birgalikda faol 
rivojlanmoqda. Toshkent viloyatining Bo’stonliq tumani, Jizzax viloyatining 
Zomin tumani, Namangan viloyatining Pop tumani, Samarqand viloyatining Urgut 
tumanining dam olish zonalari agroturizmni rivojlantirish uchun juda katta 
imkoniyatlarga ega. 
Bugungi kunga kelib mamlakatimizning qishloq joylarida oilaviy 
tadbirkorlik va kichik biznesni samarali rivojlantirishda agroturizm muhim o’rin 
egallaydi. Hozirda mamlakatimizda agrar sohani rivojlantirishda fermer 
xo’jaliklarining ulushi tobora ortib, kengayib bormoqda. Ular tomonidan yirik 
tabiiy hududlar, jumladan: o’rmon hududlari, baliqchilik, chorvachilik xo’jaliklari, 
meva va uzumchilik bog’lari, sabzavot va poliz mahsulotlari yetishtiradigan 
hududlar tashkil etilib, ushbu hududlarda fermerlar tomonidan dala shiyponlari, 


xizmat ko’rsatish komplekslari barpo etilmoqda. Bu esa qishloq joylarda 
agroturizm sohasini yo’lga qo’yish va rivojlantirishda muhim omil bo’lib 
hisoblanadi. 
Turizm sohasida amalga oshirilayotgan keng ko’lamli tadbirlarga 
qaramasdan, mamlakatimizda agroturizm faoliyatini samarali tashkil qilishda ba’zi 
muammolar mavjud ekanligini qayd qilib o’tish lozim: 
– mavjud me’yoriy-huquqiy hujjatlarda “agroturizm”, “qishloq turizmi”, “yashil 
turizm”, “eko-agroturizm”, “fermerlik turizmi” tushunchalarining mohiyati to’liq 
ochib berilmagan; 
– qishloq turizmini tartibga soluvchi maxsus qonunchilik mexanizmi 
shakllanmagan; 
– qishloq joylarida agroturizm faoliyatini rivojlantirish imkoniyatlari to’g’risidagi 
axborotlar bilan qishloq aholisi yetarli darajada ta’minlanmagan; 
– qishloq joylarida agroturizmni samarali tashkil qilish uchun malakali kadrlar 
yetishmaydi. 
Bizning fikrimizcha, yuqoridagi muammolarni bartaraf qilish uchun, jahon 
tajribasidan kelib chiqib, O’zbekistonning barcha mintaqalaridagi mavjud 
imkoniyatlarni va o’ziga xos shart-sharoitlarni hisobga olgan holda, yaqin 
istiqbolda qishloq turizmini (agroturizm) quyidagi yo’nalishlarda tashkil qilish 
maqsadga muvofiqdir: 
1. Mamlakatimizda qishloq turizmini tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini 
tartibga soluvchi qonunchilik bazasini shakllantirish. 
2. Qishloqlardagi mavjud turistik resurslar asosida, oilaviy biznesni 
rivojlantirish orqali kichik mehmonxonalar va agroturizmni samarali faoliyatini 
ta’minlaydigan turli xil infratuzilma ob’ektlar, asosan xususiy agroturistik 
xo’jaliklarni tashkil qilish. 
3. Qishloq joylarida turizmni samarali rivojlantirish maqsadida ijtimoiy-
madaniy muhitni shakllantirish (“tarixiy qishloq”, “milliy qishloq” va h.k). 


4. Turistlarni qabul qilishga mo’ljallangan, ularni mazmunli dam olishini 
to’liq ta’minlaydigan kichik madaniy-tarixiy, turli xil etnografik markazlarni 
tashkil qilish. 
5. Qishloq joylaridagi joylashtirish vositalari va infratuzilmalarga xos 
bo’lgan, ko’p tarmoqli, ya’ni turistik, ko’rgazmali, reklama namoyishli, madaniy-
targ’ibotli, ilmiy-tadqiqot va ishlab chiqarishga xos bo’lgan, davlat hamda xususiy 
qishloq xo’jaligi parklarini tashkil qilish maqsadga muvofiqdir. 
Yuqorida qayd qilib o’tilgan yo’nalishlarning har birini amalga oshirish 
uchun mamlakatimizda barcha imkoniyatlar mavjud. Yurtimizning yirik 
sarmoyadorlarini agroturizmning boshqa shakllariga, eng avvalo yirik xususiy 
agroturistik ob’ektlarga mablag’ qo’yishga jalb qilish maqsadga muvofiq 
hisoblanadi. Bunday ob’ektlar sirasiga madaniy-tarixiy parklar, etnomadaniy 
majmualar, ilmiy-tadqiqot markazlari va boshqalar kiradi. Ushbu loyihalarni 
amalga oshirilishi, nafaqat iqtisodiy jihatdan samarali, balki, ijtimoiy jihatdan 
muhim ahamiyat kasb etadi, xususan, bugungi yoshlarni o’z vatanini, tarixini, 
madaniyatini yaxshi bilishda, milliy qadriyatlarni anglashda, umuman, bir so’z 
bilan 
aytganda 
o’z 
vatanini 
sevish 
hamda 
vatanparvarlik 
tuyg’usini 
shakllantirishda muhim rol o’ynaydi. Mamlakatimizda qishloq turizmining 
rivojlanishi iqtisodiy-ijtimoiy jihatdan muhim ahamiyat kasb etadi va ijobiy samara 
beradi. 
Xususan, davlatimiz uchun:

soliq tushumlari oshadi; 

milliy urf-odatlar va an’analarni o’rganishga qiziqish ortadi; 

qishloq ahlining o’ziga xos hayot tarzi va an’anaviy qadriyatlar keng targ’ib 
qilinadi; 

xalq hunarmandchiligi yanada rivojlanadi; 

hududlarning madaniy va tarixiy merosi asrab-avaylanadi; 

qishloq joylarida ishlab chiqarish sohasi yanada rivoj topadi. 

Qishloq aholisi uchun:

yoshlar uchun 
“kichik Vatan”
ning tarixiy-madaniy ahamiyatini anglatadi
uning mamlakat hamda jahonda mashhurligidan faxr hissini oshiradi; 



yangi ish o’rinlari yaratilib, mahalliy aholining bandlik muammosi hal 
qilinadi; 

qishloq aholisining daromadi oshadi; 

qishloq joylarida uy-joy fondi tuzilmasi yanada rivoj topadi; 

qishloq xo’jaligi mahsulotlarining sotuv hajmi ortadi. 
Turistlar uchun:

mahalliy aholining o’ziga xos tarixi, an’analari, urf-odatlari, gastronomiyasi, 
madaniy-ma’naviy jihatdan rivojlanishi bilan yaqindan tanishish imkoniyati 
yuzaga keladi; 

go’zal tabiat qo’ynida dam olib, sog’liqni qayta tiklash imkoniyati paydo 
bo’ladi. 
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda aytish mumkinki, mamlakatimizda 
qishloq turizmini barqaror rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlar mavjud. Ushbu 
imkoniyatlardan samarali foydalanilsa, mamlakatimiz qishloqlari yanada obod 
bo’ladi, aksariyat yoshlar yangi ish o’rinlari bilan ta’minlanadi, qishloq xalqining 
turmush faravonligi yanada oshadi. 

Download 286,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish