OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
Farg‘ona politexnika instituti
Qurilish fakulteti
“Bino va inshootlar qurilishi” kafedrasi
“SANOAT VA FUQARO BINOLARI ARXITEKTURASI”
fanidan
KURS ISHI
Bajardi: 5-19 SHQ va X guruh talabasi
Farhodjonova M.
Qabul Qildi: Ahmedov T.
Maslahatchi: M.Nabiev.
Kafedra mudiri: Umarov SH.
Farg‘ona 2021 yil
KIRISH
O‘zbekiston Respublikasida mustaqillik yillarida iqtisodiyotning barcha sohalarida tub islohotlar amalga oshirib borilmoqda. Ma’lumki, qurilish sohasi mamlakatning iqtisodiy – ijtimoiy rivojlanishida muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Shu sababli, mamlakatimizda istiqlol davrida qurilish va me’morchilikka katta ahamiyat berilmoqda. So‘nggi yillarda O‘zbekistonning shahar va qishloqlari yanada ko‘rkamlashib, katta obodonchilik va bunyodkorlik ishlari amalga oshirilgani tufayli yanada go‘zal tusga ega bo‘lmoqda.
Аrхitеkturа qаdimdаn mа’lum bo‘lib, funksiоnаl vаzifаlаrgа хizmаt qilishdаn tаshqаri, jаmiyatdа mаvjud g‘оyalаrni tаshkil ettirishgа, dаvlаt vа jаmоаt ehtiyojlаrini qоndirishgа intilgаn. Bu o‘rindа bоbоkаlоnimiz Sоhibqirоn Аmir Tеmurning “Bizning qudrаtimizdаn shubhаng bo‘lsа, biz yarаtgаn binоlаrgа bоq”, – dеgаn mаshhur so‘zlаrini eslаtish kifоya yoki Sаmаrqаnddаgi Rеgistоn mаydоnigа tаshrif buyurgаn hаr bir kimsа, kim bo‘lishidаn qаt’iy nаzаr, оsmоno‘pаr minоrа vа kоshinkоr pеshtоqlаrgа tikilgаnidа, hаyolidаn mаzkur оbidаlаrni qurgаn mе’mоr vа ustаlаrning istе’dоdi vа mаhоrаti, ulаrni qurishgа buyurgаn hukmdоrlаrning qudrаti to‘g‘risidаgi fikrlаr o‘tishi shubhаsizdir.
O‘zbеkistоn Rеspublikаsi mustаqillikkа erishgаnidаn so‘ng bоshqа sоhаlаrdа bo‘lgаni kаbi mе’mоrlikdа hаm kаttа o‘zgаrishlаr ro‘y bеrdi.
Mustаqillikkа erishilgаndаn kеyin tаriхdа birinchi mаrоtаbа 1995 yildа “Аrхitеkturа vа shаhаrsоzlik” bo‘yichа O‘zbеkistоn Rеspublikаsining Qоnuni qаbul qilindi. Ushbu qоnunni аmаlgа оshirish vа bаjаrish jаrаyonidа ko‘p sоhаviy imkоniyatlаr pаydо bo‘ldi vа shu zаmindа tаriхni , mаdаniy bоyliklаrni, iqlimni, zilzilа vа umumаn, hududimizgа хоs bo‘lgаn hоlаtlаrni e’tibоrgа оlgаn hоldа 148 tа milliy – dаvlаt “Qurilish mе’yorlаri vа qоidаlаri” (QMQ) hаmdа Shаhаr nоrmаlаri vа qоidаlаri (SHNQ) ishlаb chiqildi. Tа’kidlаsh jоizki, mustаqillikning birinchi yilidаn vа аyniqsа, охirgi ikki–uch yil mоbаynidа shаhаrsоzlik sоhаsigа e’tibоr kuchаyib kеlmоqdа.
Yaqin o‘tmishda ham binolar va inshootlarni loyihalash va qurish masalasi bilan bir kishi, odatda me’mor (arxitektor) shug‘ullanar edi. Fan va texnika rivojlanib, binolar o‘lchamlari yiriklashib, undagi konstruktiv yechimlar va jihozlar murakkablashib borgan sari, binolarni loyihalash va qurish bilan bog‘liq bo‘lgan turli-tuman me’moriy va muhandislik masalalarini bir kishi hal etish mumkin bo‘lmay qoldi. Hozir binolar va inshootlarni loyihalash va qurishda mutaxassislarning yirik jamoalari – arxitektorlar va turli ixtisosli muhandislar ishtirok etmoqdalar.
Loyihalashtirish jarayonida arxitektor bo‘lg‘usi binoning planini, uning hajmiy-fazoviy kompozitsiyasini tuzadi, inshootning me’moriy, badiiy, kerak bo‘lsa, ijtimoiy-siyosiy qiyofasini yaratadi. Zamonaviy quruvchi esa arxitektor tuzgan bino yoki inshoot hajmiy-rejaviy yechimini qurilish materiallari va konstruktsiyalar yordamida ro‘yobga chiqaradi, konstruktsiyalarni mustahkamlikka, ustivorlikka va boshqa ekspluatatsion talablarga hisoblaydi.
Loyihalash va qurilishda ishtirok etuvchi barcha mutaxassislar bir birlarining ish faoliyati to‘g‘risida zarur hajmda ma’lumotga ega bo‘lishlari kerak. Ayniqsa, arxitektor bilan quruvchi o‘rtasidagi yaqin hamkorlik, hamfikrlik juda katta ahamiyatga ega. Arxitektura, qurilish amaliyoti va qurilish texnikasining rivojlanishi bir-biriga bog‘liq xolda amalga oshadi. Yangi samarali qurilish materiallari va konstruktsiyalar, qurilish texnikalarining yaratilishi yangi tipdagi binolar paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi.
Zamonaviy konstruktsiyalar va ularning taraqqiyot yo‘nalishi materialning mustahkamlik xususiyatlaridan va konstruktsiya shakllaridan mumkin qadar har tomonlama va oqilona foydalanishga asoslangan. Bunga erishish uchun quruvchi, ayniqsa, quruvchi pedagog yetarli bilimga va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lishi kerak.
Binolarning funktsional jihatlari, insonning xordiq chiqarishi va mehnat qilishi uchun yaratilgan sun’iy muhitning sifati ularning konstruktiv yechimiga bog‘liq. Bu muammoni hal qilishda xam arxitektor va quruvchilarning yaqin xamkorligi talab etiladi. Shuning uchun quruvchi-pedagog me’morchilik asoslarini bilishi, uning yo‘nalishlarini tushunishi zarur. Shundagina qulay, ko‘rkam va tejamli bino va inshootlar yaratishdek ijodiy masalalarni muvaffaqiyat bilan hal etish mumkin.
Binolar va inshootlari qurilishi bo‘yicha quruvchi, loyihachi yoki kasbiy ta’lim bo‘yicha pedagog bo‘ladigan talabalarda binolar va inshootlarni me’moriy-konstruktiv loyihalash ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida, o‘qish jarayoni davomida nazariy bilim olish bilan bir qatorda turar-joy yoki jamoat binosining me’moriy konstruktiv loyihalar (kurs loyihalari) bajarish rejalashtirilgan.
Mamlakatimizning kelajagi qurilish va qurilish texnikasining rivojlanishi bilan chambarchas bog‘liqdir. Shuning uchun ham bu soha hamma vaqt hukumatning diqqat e’tiborida turadi.
Keyingi yillarda respublikamizda g‘isht va yengil betonlardan mayda devor bloklari ishab chiqarish bir muncha ko‘paydi. Aholi tomonidan yakkaxol uy-joy qurilishda paxsa, xom g‘isht, sinch va guvala qatorida bu materiallar keng qo‘llanilmoqda. Shaxsiy uy-joylar qurilishida qavatlar sonining ko‘payishi, uylarda yaratiladigan qulayliklar darajasining ortishi kuzatilmoqda.
Jamoat binolari qurilishi sohasida ham keskin o‘zgarishlar yuz bermoqda. Avvallari quriladigan yirik jamoat binolari o‘rniga uncha katta bo‘lmagan savdo-tijorat, xususiy umumiy ovqatlanish muassasalari qurilishi ko‘paymoqda. Shaharlarda va boshqa aholi punktlarda ko‘chalari va markazlari me’moriy kompozitsiyasining shakllanishida ularning roli ortib borishi kuzatilmoqda.
O‘zbekistonda qurilish bo‘yicha ilmiy-tekshirish institutlari mavjud. Yangi tipdagi turar-joy va jamoat binoalari yaratilmoqda. Bunda xalqimiz turmushidagi o‘zgarishlar o‘z aksini topmoqda. Qurilishning rivojlanishi bilan atrof muhitni muhofaza qilishni uzviy bog‘liq holda hal etish muhim va dolzarb masaladir. Bunga e’tiborni kuchaytirish lozim.
O‘zbekiston hududi tog‘lar va tekisliklar, cho‘llardan iborat, yam-yashil vohalarga boy. Zilzila sodir bo‘lish ehtimoli katta va gruntlari o‘ta cho‘kuvchanlik va boshqa alohida xususiyatlarga ega hududlar mavjud. Respublika hududi uchun iqlimiy, zilzila va boshqa turdagi hududlashtirish xaritalari ishlab chiqilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |