16-rasm. Dengiz tipratikanining otalangan tuxumi (I.V.Almazov va L.S.Sutiulov bo‘yicha, 1978)
Biroq ularning hammasi tuxum yo’liga tusholmaydi, ko’pi yo’lda nobud bo’ladi va parchalanib ketadi. Tuxum yo’liga o’tib borgan spermatozoidlar tuxum hujayrasining tashqi qobiqga yopishib oladi. Ular ajratib chiqaradigan moddalar ta‘sirida tuxum atrofidagi yaltiroq qobiq erib ketadi. Bu jarayon tez o’tadigan joyda spermatozoidlar tuxum yuzasiga yondashadi va qatlamida boshqa spermatozoidlarning kirishi uchun to’sqinlik qiluvchi o’zgarishlar boshlanadi.
Preparatlar:
Tuxum hujayraning otalanishi. Askarida tuxum hujayrasining otalanishi.
Preparat askarida tuxumdonidan tayyorlangan. Bu preparatda spermatozoidning tuxum hujayra sitoplazmasiga o’tayotgan vaqti tasvirlangan. Mikroskopning kichik obektivi orqali, preparatda, askaridaning guruh-guruh bo’lib joylashgan tuxum hujayralarini ko’rish mumkin. Bularning ichida ikki yadrolik hujayrani topib, katta obektiv orqali qarash kerak. Otalangan tuxum hujayralar ikki yadroli bo’lib, bittasi tuxum hujayraning o’ziniki, ikkinchisi urug’ hujayraning
yadrosidir. Gaploid xromosomali bu ikkala yadro pronukleuslar deyiladi. Pronukleuslar bir-biriga qo’shilib, diploid yadroli hujayraga aylanadi. Bu hujayra endi zigota deyiladi. Mikroskopning katta obektivi orqali preparatdagi ikkita pronukleus usuli hujayralarning 2-3 tasini topib mashg’ulot daftaringizga chizib oling.
Preparat. Sinkarion. Askaridanining otalangan tuxum hujayrasiga ega bachadoni.
Preparatda otalangan askarida tuxum hujayrasining ikki yadrolik davri tasvirlangan. Bu preparat askarida tuxumdonining ko’ndalang kesimidan iborat. Tuxumdonning ichida joylashgan tuxum hujayralarini ko’rish mumkin. Mikroskopning katta obektivi orqali tuxum hujayralari qalin qobiq bilan o’rab olinganligi yaxshi ko’rinadi. Bu hujayralarning ko’pchiligi hali otalanmagan, ammo ayrimlari esa otalangan bo’ladi. Otalangan tuxum hujayralarda gaploid holdagi yadolarning bir-biriga qo’shilish oldidaligini ko’rish mumkin. YAdrolar bir-biriga qo’shilgan bosqichni sinkarion deyiladi. Sinkarion, davri qisqa vaqt davom etadi. Sinkarion bosichidan keyin otalangan tuxum hujayra oddiy mitoz yo’li bilan bo’linishga tayyorgarlik ko’radi. Mikroskopning katta obektivi orqali otalangan hujayradan topib 2-3 tasining rasmini chizing.
Sinov uchun savollar:
Otalanish va urug’lanish jarayonlariga tavsif bering. Ular nimasi bilan bir biridan farqqiladi?
Otalanish jarayonining biologik ahamiyati qanday? 3.Otalanish jarayonidagi morfologik o’zgarishlar.
4.Tashqi va ichki urug’lanishning farqi va mohiyatini tushuntiring.
Do'stlaringiz bilan baham: |