Tuxum hujayrasining qobiqlari,ularning shakllanishi (birlamchi, ikkilamchi, uchlamchi). Qobiqlarning funksional ahamiyati



Download 59,72 Kb.
Sana09.07.2022
Hajmi59,72 Kb.
#764713
Bog'liq
Hasanova Shaxnoza

Tuxum hujayrasining qobiqlari,ularning shakllanishi (birlamchi, ikkilamchi, uchlamchi). Qobiqlarning funksional ahamiyati.

Reja: 1.Urug’ va tuxum hujayralarning xilma- xilligi. 2. Tuxum hujayraning klassifikatsiyasi. 3. Tuxum hujayraning qobiqlari va ularning shakllanishi. 4. Qobiqlarning funksional ahamiyati.

Somatik hujayra-( soma- tana) tana hunayrasi. Gonoblast- embrionning birlamchi jinsiy hujayralarini hosil qiluvchi blastomer. Ektosoma- gonositlarning sitoplazmasida topilgan xarakterli ultra strukturasi. Mezoderma- embrionning o’rta qavati. 1880- yilda Nussbaum birinchi marta jinsiy va somatik hujayralar farqini va jinsiy hujayralarning ontogenezning embrion davrida hosil bo’lishini aytgandilar.

Umurtqali hayvonlarda birlamchi gonositlar umurtqasiz hayvonlarga nisbatan kechroq paydo bo’ladi. Ammo dumsiz amfibiyalarda jinsiy plazma,tuxum urug’lanishidan paydo bo’ladi. Dumli amfibiyalarda esa jinsiy determinant urug’lanmagan tuxumdon topilmagan, ularda gonosit tuxumdan lichinka chiqishi oldidan paydo bo’ladi. Chunki ular gonosit mezodermadan hosil bo’ladi.

Tuxumlar spermatozoidga qarama- qarshi o’laroq bir xil shaklga egadir. Ko’pchilik hayvonlarda ular yumaloq, kamdan- kam ovolsimon yoki cho’zinchoq(ko’pgina hasharotlarda). Yadro odatda tuxum hujayrasi shaklida va yaqqol ifodalangan strukturali bo’ladi. Tuxumda ko’p miqdorda sitoplazma bo’lib, bu barcha hujayralarda umumiy bo’lgan organoidlardan tashqari maxsus oqsilli kiritma sariqlik saqlaydi.

Tuxum hujayralarni sariqlik moddasining miqdoriga qarab va sariqlik moddasining joylashishiga qarab klassifikatsiyasi qilish mumkin. Sariqlik moddasining miqdoriga qarab quyidagilar farqlanadi. 1.Sariqlik moddasini kam saqlovchi oligoletsital(oligos-kam, lekythos- sariqlik) tuxum hujayralari. 2. Sariqlik moddasi o'rtacha miqdordagi tuxum hujayralar- mezoletsital (meros-o’rtacha) hujayralar. 3. Sariqlik moddasi ko’p- poliletsital (poly-ko’p) tuxum hujayralarga bo’linadi.

Sariqlik moddasining tarqalishi va joylashishiga qarab: 1. Izoletsital(izos-bir xil) ya’ni sariqlik moddasi kam va taxminan bir xil tarqalgan tuxum hujayralar. 2.O’rta teloletsital(telos- chet, oxiri) ya’ni sariqlik moddasi miqdori o’rtacha, boshqa qismlarida ham bor, lekin ko’proq tuxum hujayraning vegetativ qutbida joylashgan va boshqalar. 3. Keskin teloletsital- sariqlik moddasi ko’p va asosan vegetativ qutbida joylashgan tuxum hujayralar tafovut qilinadi.

Aletsital- sariqlik bo’lmagan tuxumlar. •Gomoletsital- sariqligi kam va bu sariqlik protoplazmada bir tekisda tarqalgan tuxumlar • Sentroletsital- sariqligi juda ko’p miqdorda bo’lgan va markazda joylashgan tuxumlar. Tuxum hujayrasida sariqlikning ko’p miqdorda bo’lishi uning qutbli bo’lishiga sabab bo’ladi.

Tuxum qobiqlari tuxumni qurib qolishdan saqlaydi. Bu esa uning quruqlikda ham rivojlanishida tashqi muhitning mexanik va boshqa ko’pgina ta’sirlardan saqlanishida ahamiyatga ega. Birlamchi qobiqlar. Bu qobiq ovosit ishlab chiqargan sekretlardan hosil bo’ladi va sariqlik qobig’i yoki urug’lanish qobig’i deb ataladi. Bu qobiq yupqa, tiniq, mustahkam bo’lib, tuxumga zich yopishib turadi. Sariqlik qobig’i ovositning katta o’sishi davrida hosil bo’ladi. Bu davrda ovositga oziq moddalar ko’plab to’planadi.

Ikkilamchi qobiq xorion deb ataladi. Bu qobiq tuxumdondagi follikulyar epiteliyli hunayralardan yoki ularning ishlab chiqargan sekretsiyasidan ovulyasiya davrida hosil bo’ladi. Hasharotlarda xorion xitinsimon mustahkam va qalin bo’ladi. Uchlamchi qobiq po’choq, po’choqosti qobiqlardan iborat bo’lib tuzilishi, kimyoviy tarkibi va ahamiyatiga ko’ra turlicha bo’ladi.

Urug’langan tuxum qobig’i embrion va tashqi muhit o’rtasidagi to’siq bo’lib, katta ahamiyatga ega. Birinchi navbatda tuxum qobig’i embrionning steril sharoitda o’sishini ta’minlaydi. Jinsiy hunayralarning rivojlanishi gametogenez deyiladi. Spermatozoidlarning rivojlanishi spermatogenez deb ataladi. Tuxum hujayraning rivojlanishi ovogenez deb ataladi.

Spermatogenez 4 ta davrga bo'linadi: 1. Ko'payish 2.O’sish 3.Yetilish 4. Shakllanish yoki soermiogenez Ovogenez jarayoni 3 ta davrga bo’linadi. 1. Ko’payish 2.O’sish 3. Yetilish

Keys Tuxum hujayrasi sariqligi bir tekis tarqalgan oz miqdorda. Bunday tuxum hujayra qaysi quyi hayvonga tegishli? Tuxum hunayra tipi maydalanish tipi, bo’lajak homila blastula turini aniqlang. Javob: lansetnik tuxum hujayra birlamchi oligoletsital, maydalanish to’liq goloblasrik, simmetrik, soloblastula

Tuxum hujayrasida sariqlik ko’p vegetativ qutbga surilgan. Bunday tuxum hujayra qanday nomlanadi va qaysi hayvon sinfiga mansub. Javob: Poliletsital keskin teloletsital (Qushlar va sudralib yuruvchilar sinfiga).

E’tiboringiz uchun rahmat!


Download 59,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish