7-ma’ruza mavzusi: Faza modulyasiyasi. Faza modulyasiyasi (FM).Fazasi bo‘yicha modulyasiyalangan signallarni xosil qilish va
detektorlash.
Reja:
Fazasi modulyatsiyalangan signallarni hosil qilish.
Fazasi modulyatsiyalangan signallarni detektorlash
Faza modulyatsiyasi natijasida yuqori chastotali tashuvchi fazasi modulyatsiyalovchi kuchlanish 𝑢Ω(𝑡) ga proporsional o‘zgaradi, ya’ni
𝜑(𝑡) = 𝜑0 + 𝑘𝑢Ω(𝑡) = 𝜑0 + ∆𝜑(𝑡), (7.1) bunda 𝑘 – modulyatsiyalovchi kuchlanish 𝑢Ω(𝑡) ni faza o‘zgarishi ∆𝜑(𝑡) bilan bog‘lovchi koeffitsient. Modulyatsiya natijasida boshlang‘ich faza 𝜑0 ∆𝜑 ga o‘zgaradi.
Faza va chastota modulyatorlari bir-biriga bog‘liqligiga qaramasdan, ular turlicha shakllantiriladilar. Agar ChM da modulyatsiyalovchi kuchlanish 𝑢Ω(𝑡) ta’sirida uning chastotasi o‘zgarsa, FM da esa uning fazasi 𝑢Ω(𝑡) ga proporsional o‘zgarishi kerak. Shuning uchun FM modulyatorning birinchi qismi generator emas, rezonans kuchaytirgich bo‘lishi kerak. Rezonans kuchaytirgichning yuklamasi – parallel LC kontur FM da asosiy o‘rinni egallaydi. 7.1a-rasmda FM soddalashgan sxemasi va 7.1b-rasmda parallel kontur faza-chastota xarakteristikalari 𝜑(𝜔) keltirilgan. 7.1a-rasmda 𝑋𝑏(𝑡) – boshqaruvchi reaktiv element. Reaktiv element sifatida varikapdan foydalanish mumkin. U holda 7.1a- rasmdagi sxemaning punktir chiziqdan o‘ng tomon qismi 7.2b-rasm o‘ng tomoni bilan almashtirish mumkin. 𝑋𝑏(𝑡) – umumiy holda bu parametrik element ekvivalent sig‘imi yoki induktivligi modulyatsiyalovchi kuchlanish 𝑢Ω(𝑡) ga mos o‘zgaradi deb hisoblash mumkin.
FM modulyator ishlash jarayonini faza-chastota xarakteristikalari yordamida ko‘rib chiqamiz. Agar kontur tashuvchi signal chastotasi 𝜔0 ga sozlangan bo‘lsa, uning qarshiligi aktiv bo‘ladi va u orqali o‘tayotgan tok birinchi garmonikasi I1 unda 𝑈𝑘 kuchlanish, chiqish kuchlanishi 𝑈𝑐ℎ ni keltirib chiqaradi. I1 tok fazasi 𝑈𝑘 kuchlanish fazasiga mos keladi. Shuning uchun 𝜑(𝜔) xarakteristika 𝜔0 nuqtadan o‘tadi (7.1b-rasm). Agar 𝑢Ω(𝑡) ta’sirida 𝑋𝑏(𝑡) o‘zgarib LC kontur rezonans chastotasi 𝜔𝑟 kamaysa, bu kontur tashuvchi chastotasi 𝜔0 ga teng bo‘lmaydi. Natijada 𝜑(𝜔) xarakteristika chapga suriladi va chastotal o‘qini 𝜔𝑟1 chastotada
kesib o‘tadi. Bu tok I1 fazasi konturdagi kuchlanish 𝑈𝑘 fazasidan
1
ga kech
qolishiga olib keladi. Parallel kontur rezonans chastotasi 𝜔𝑟 ko‘paysa 𝑈𝑘
kuchlanish tok I1 dan
2
fazaga kech qoladi. Kontur xarakteristikasi o‘ng
tomonga suriladi, 𝜔 𝑟2 > 𝜔 0 bo‘ladi. Shunday qilib, 𝑢 Ω(𝑡 ) ta’sirida Xb( t) – reaktiv qarshiligi o‘zgaradi, kontur rezonans chastotasi 𝜔 𝑟 tashuvchi chastotasi 𝜔 0 ga nisbatan o‘zgarib turadi, natijada chiqish kuchlanishi 𝑈 𝑘 fazasi I1 tok fazasiga nisbatan ±∆𝜑 ga o‘zgarib turadi.
uk(t)
a)
b)
7.1-rasm. a) – faza modulyatori soddalashgan elektr sxemasi; b) – FM signalni olishga oid chizma.
Kuchaytirgich chiqishidagi tok birinchi garmonikasi I1 uning kirishidagi chastotasi 𝜔0 bo‘lgan kirish kuchlanishi 𝑈𝑘 fazasiga mos keladi. Tashuvchi kirish kuchlanishi 𝑢𝜔(𝑡) alohida generatorda shakllantirilib kuchaytirish qurilmasiga beriladi. Chiqish kuchlanishi 𝑢𝑐ℎ(𝑡) fazasi kirish signali 𝑢𝜔(𝑡) fazasiga nisbatan modulyatsiyalovchi kuchlanish 𝑢Ω(𝑡) ga mos ravishda o‘zgarib boradi.
Signalning fazasi va chastotasi o‘zaro bog‘liqligi uchun FM signalni chastota modulyatori yordamida va ChM signalni faza modulyatori yordamida olish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |