7-ma’ruza. Ilmiy tadqiqot natijalari reja: Innovatsiya tushunchasi va uning tahlili


”Kashfiyot” va “ixtiro” tushunchalarining innovatsion xarakteri



Download 140,12 Kb.
bet7/7
Sana02.05.2020
Hajmi140,12 Kb.
#48698
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
7-Мaruza

”Kashfiyot” va “ixtiro” tushunchalarining innovatsion xarakteri

Ilmiy tadqiqot ishini bajarish jarayonida tadqiqotchi kashfiyot ochishi mumkin. Agar topilgan yangi g‘oya muallif tomonidan ilmiy asoslab berilsa, u kashfiyotga aylanadi. Kashfiyot ilmiy faoliyatning eng yuqori darajadagi namoyishidir. Kashfiyot ob’ektlari uch xil bo‘lishi mumkin: a). Qurilma bo‘yicha kashfiyot; b).Usul bo‘yicha kashfiyot; v). Ishlab chiqarishga qo‘llash bo‘yicha kashfiyot.



Qurilma bo‘yicha kashfiyotlarga ma’lum konstruktsiya vositalari, qurilmalarning uzel va detallari, ularning joylashishi va o‘lchamlariga tegishli yangiliklar kiradi. Usul bo‘yicha kashfiyotlar texnologik jarayonlar, vositalar, yechimlar va parametrlarga taalluqli bo‘ladi. Ishlab chiqarishga qo‘llash bo‘yicha kashfiyotlar ma’lum bir predmetni boshqa joyda boshqa maqsadda ishlatish bo‘yicha takliflarni o‘z ichiga oladi.

Ixtiro shunday ijodki, unda mavjud bilimlar, nazariyalar asosida tabiiy narsa va hodisalardagi modda, energiya va shaklni maqsadga muvofiq ravishda o‘zgartirish yo‘li bilan u yoki bu funktsiyani bajaradigan buyumlar, asbob uskunalar, moslamalar va texnologiyalar yaratiladi. Ixtiro bevosita bunyodkorlikka olib keladigan ijoddir. Insoniyat yaratgan sun’iy (madaniy) muhitdagi barcha narsalar o‘z vaqtida qilingan ixtirolarning natijasidir.

Ilmiy tadqiqot sohasida ixtiro yangi eksperimental uskunalar, izlanish vositalari va usullar, modellar va laboratoriyalarni yaratishda namoyon bo‘ladi. Sohalariga qarab yangilikni yaratish ijtimoiy, ilmiy, badiiy va boshqa turlarga bo‘linadi. Yangilik ochilsa,u birinchi marta kuzatish ob’ektiga aylansa-kashfiyot hosil bo‘ladi, agarda oldin mavjud bo‘lmagan tuzilma yaratilsa, unda ixtiro vujudga keladi.



Novatsiyalarning o‘ziga xos xususiyatlari

Hozirgi paytda jamiyatni boshqarish sohalarida yangi g‘oyalar va ilmiy bilimlardan foydalanish, axborot va maslahat xizmatlarini ko‘rsatish, innovatsion faoliyatni ta’minlash maqsadida kadrlarni o‘qitish, tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, yangi yoki takomillashtirilgan texnika, texnologiya namunalarini yaratish maqsadida marketing tadqiqotlarini o‘tkazish, innovatsiya faoliyati natijalarini reklama va targ‘ib qilish, innovatsion bilimlarni ommalashtirish kabi innovatsiyaning asosiy faoliyat turlari muhim ahamiyat kasb etmoqda.



Mustaqillikka erishgan O‘zbekiston o‘zining ulkan potentsialini ishga solib, eng yangi innovatsion va informatsion texnologiyalarga asoslangan ilg‘or ijtimoiy tuzulmalarni yaratish orqali huquqiy demokratik davlat, fuqarolar jamiyatini qurishga kirishdi, O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlab o‘tganidek “O‘zbekiston innovatsion rivojlanish turini hozirgi zamon modeliga o‘tish uchun hamma zarur sharoitlarga egadir”.

Innovatsiya va novatsiyalar masalasiga oid ilmiy-nazariy xulosalar

Mamlakatimiz uchun maqbul bo‘lgan innovatsion yuksalish modeli, uning kontseptual asoslari va hayotga tadbiq qilish strategiyasining bosh tamoyilini yangilanish sari buyuk sakrashlar, sohada inqilobiy to‘ntarishlar yo‘li bilan emas, balki sobitqadamlik va izchillik bilan bosqichma-bosqich harakat qilish g‘oyasi tashkil qiladi. Innovatsion taraqqiyot kontseptsiyasining tsiklik yondashuv g‘oyasini I.A.Karimov quyidagicha belgilab berdi: “Bir bosqichni tugatib, zarur shart-sharoitlar yaratib bo‘lgandan keyingina yangi bosqichga o‘tish kerak. Bunda har bir bosqichning o‘z ustuvoriklari shakllanadi. Har bir bosqichning qancha davom etishi hal qilinishi lozim bo‘lgan muammolar doirasiga, tashqi omillar qanchalik qulay bo‘lishiga, aholining mehnat faoliyatiga bog‘liq.”
Download 140,12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish