saqlab turishdan asosiy maqsad parrandani so’yish va qayta ishlash
jarayonida sanitariya-iiena
sharoitini yaxshilashdan iboratdir.
Parrandalarni so’yishdan oldin ularni veterinariya-sanitariya ko’rigidan o’tkaziladi.
Yuqumli kasalliklar bilan kasallangan va kasalliklariga chalinganlikda umon qilingan parrandalar
solomlaridan ajratilib, alohida so’yiladi, keyin esa ichak-chovoi to’liq olinib ichki origanlari obdon
tekshiriladi.
So’yish paytida parranda harakatlanmaydigan bo’lishi kerak. Bu esa ishlovchining ishini
enillashtiradi va ishlab chiqarish jarayonining sanitariya holatining yaxshilanishini ta’minlaydi.
Buning uchun hoziri zamon korxonalarida so’yiladigan parranda har xil kuchlanish chastotadagi
elektr toki yordamida xushsizlantiriladi. Xushsizlantirish
uchun har xil apparatlardan
foydalaniladi. Xushsizlantirilgandan keyini jarayonlar parrandaning oyogidan boshini pastga qilib
osilgan holatda konveyer liniyalarida olib boriladi.
So’yganda tananing butunlay qonsizlanishiga erishish kerak. Solom parrandalar kasallariga
qaraganda yaxshi qonsizlanadi. Tanani butunlay qonsizlantirish go’shtning
saqlanishiga ijobiy
ta’sir ko’rsatadi. Tananing yaxshi qonsizlantirilmaganligi go’shtning sifatiga salbiy ta’sir
ko’rsatadi. Yaxshi qonsizlanmagan tanada go’sht o’ta namli bo’lib, tishni qamashtiruvchi ta’m
paydo qiladi. Go’shtning kesilgan joyidan bakteriyalar qonda tez rivojlanib, qon orqali tananing
hamma qismlariga tarqaladi. Natijada bunday go’shtlarda bir necha soat davomida chirish
jarayonlari boshlanishi mumkin.
Parrandani qonsizlantirishning ichki va tashqi usullari mavjud. Ichki
usulida parrandaning
oiz bo’shligi orqali vena qon tomirlari kesiladi. Tashqi usulda esa bo’ynidagi arteriya qon
tomiri kesiladi.
Parranda tanasiga ishlov berishning so’ni jarayonlari esa tanadan patini ajratish tarzida ro’y
beradi. Bunda tana terisining jarohatlanmasligiga erishish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Terisi
jarohatlanmagan tananing tovarlik ko’rinishi yuqori va bunday go’shtlar uzoqroq muddat
saqlanadi, tanasida jarohatlari mavjud bo’lgan parranda go’shtlari past kateoriyaga o’tkaziladi.
Parranda tanasini patidan tozalash quruq va ho’l usullar yordamida olib boriladi. Dastlab
qanoti va dumidagi katta patlari qo’l kuchi yoki maxsus mashinalar yordamida tozalanadi. So’ngra
jo’ja, tovuq, indyuk tanalari 53-55
0
S, o’rdak va oz tanalari esa 68-70
0
S haroratdagi issiq suva 30
soniya davomida botirib qo’yiladi. Tanaa bunday ishlov berish
patining tanadan yaxshiroq
ajralishini ta’minlaydi.
So’ngra esa tana qolgan patlardan mashinada, keyin esa qo’l kuchi yordamida tozalanib,
mayda patlaridan ham tozalash uchun azli pechkalarda ishlov berishga jo’natiladi. Ayniqsa bunday
ishlov berilgan parrandalar tanasi ichak-chovoqlardan tozalanib veterinariya ekspertizasidan
o’tkaziladi va yuvilib tozalanadi. Keyin esa hamma parranda tanasining oiz bo’shligiga qooz
tiqinlar tiqilib, parrandaning boshi va bo’yin qismi qooz bilan o’raladi. Shuningdek,
qorin
bo’shligiga ham qooz tiqini qo’yiladi. So’ngra tananing yaxshi o’rab joylashishini ta’minlash
uchun unga shakl beriladi. Ichak chovogidan to’liq tozalanganda iste’mola yaroqli ichki origanlari
polimer materiallardan tayyorlangan maxsus paketga joylanadi. Parranda tanasi esa massasi,
semizligi, sifati va texnologik ishlov berilganlik darajasi bo’yicha guruhlariga saralanadi.
4.
Uy parrandasi go’shtining guruhlanishi va sifatiga talablar.
Do'stlaringiz bilan baham: