7-laboratoriya ishi metamorfik tog‘ jinslarini tashqi alomatlariga qarab aniqlash va ta’riflash



Download 484,29 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana09.03.2022
Hajmi484,29 Kb.
#487033
  1   2   3   4   5   6



7-LABORATORIYA ISHI 
 
METAMORFIK TOG‘ JINSLARINI TASHQI ALOMATLARIGA 
QARAB ANIQLASH VA TA’RIFLASH 
1.
 
Laboratoriya ishining maqsadi 
 
Metamorfik tog‘ jinslarini tashqi alomatlariga qarab aniqlash va ta’riflash
2.
 
Laboratoriya ishida foydalanish uchun materiallar va uskunalar: 
-
Metamorfik jinslar kolleksiyasi (tarqatma material); 
-
bolg’a; 
-
lupa; 
-
qalamtarosh; 
-
shisha plastinka; 
-
laboratoriya ishlari uchun daftar. 
3. Umumiy ma`lumotlar 
 
7.1. Metamorfik jinslarning hosil bo‘lish sharoitlari 
 
Er po‘stida joylashgan tog‘ jinslari vaqt o‘tishi bilan o‘zining kimyoviy 
tarkibini o‘zgartirmasdan turib struktura va xossalarini keskin o‘zgartirishi 
mumkin. Bunday o‘zarishlarning sababi - yuqori bosim va harorat hamda 
minerallashgan suvlar ta’siridir. Metamorfizmga magmatik jinslar ham, 
cho‘kindi jinslar ham uchrashi mumkin. Metamorfizmning yaqqol misoli - 
yaxlit magmatik jinslarning peridotitga, o‘zining tarkibida ingichka tolali 
mineral – asbestga ega bo‘lgan qatlamli jinslarning esa serpentinitga 
aylanishini ko‘rsatish mumkin.
Metamorfizm 
deganda termodinamik sharoitlarning (birinchi navbatda 
harorat va bosim) kuchli o‘zgarishini keltirib chiqaruvchi turli endogen geologik 
jarayonlar ta’sirida tog‘ jinslarning o‘zgarishi va qayta o‘zgarishi tushuniladi. 
Metamorfizmga barcha genezisdagi - cho‘kindi, magmatik va metamorfik tog‘ 
jinslari uchrashi mumkin. Birlamchi tog‘ jinslarining o‘zgarish darajasi 
(metamorfizm darajasi) turlicha – jinslarning tarkibi va ko‘rinishi uncha sezilarli 
bo‘lmagan holdan to‘liq o‘zgarishigacha etadi. 
Metamorfik tog‘ jinslari er yuzasida ham, er po‘stining chuqurligida ham 
keng tarqalgan. Ular qadimiy tokembriy qalqonlari maydonlarida, o‘zgacha 
yoshdagi burmali viloyatlarda hamda platformali mintaqalar fundamentining 
tuzilishida ishtirok etuvchi magmatik hosilalar sifatida rivojlangan. 



Metamorfik jinslar tarkibi va strukturasi bo‘yicha juda ham turli-tuman 
bo‘lib, ularda bir qator qimmatli foydali qazilmalar: oltin, uran, molibden, 
volfram, temir, qimmatbaho va texnik toshlar, keramik xom ashyo uchraydi. Turli 
gneyslar, marmarlar, slanetslar ajoyib qurilish va bezak materiallari hisoblanadi. 
Metamorfik jinslarning xarakterli belgilari bo‘lib klivaj va budinaj 
hisoblanadi. 
Klivaj

 
bu bosim yo‘nalishiga perpendikulyar mo‘ljallangan tog‘ 
jinslarining darzlanishidir. Klivaj darzliklari tog‘ jinslarining qatlamlanishini 
nomuvofiq kesib o‘tadi. 
Budinaj 
- bu qatlamli tog‘ jinslari yoki tomirlarning 
qatlam yoki tomirlar yo‘nalishi bo‘yicha, ba’zan bir-biri bilan ingichka 
bo‘yinchalar bilan bog‘langan muayyan shishlar yoki linzalarga bo‘linib 
ketishidir. 

Download 484,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish