7-Дарс
1-топшириқ
Uzoq davom etgan pedagogik sinovlar natijasida shu narsa ma'lum bo’ldiki, o’z - o’zini baholash va o’z -
o’zini nazorat qilish usullari talabalarda alohida qiziqish uyg’otadi.
O’qituvchi rahbarligi ostida o’z - o’zini nazorat qilish tala-baning o’rganish motivasiyasini
rivojlantirish uchun muhim omil hisoblanadi.
O’z salomatligini muntazam kuzatayotgan inson unda ro’y berayotgan turli oqishlarni o’z vaqtida
sezadi va ularni bartaraf qilish uchun kerakli choralarni ko’radi.
Kundalik, pasport tutish o’z - o’zini nazorat qilishning samarali tashkiliy shakllaridir. O’zini his
qilish, uyqu, ishtaha, ish qobiliyati, mushaklarning og’rishi -bu sub'ektiv ko’rsatkichlar, bo’y, tana vazni,
vazn - bo’y ko’rsatkichlari, bo’yin, qorin aylanasi, hayotiy ko’rsatkich, jismoniy ahvolni baholash - bular
esa ob'ektiv ko’rsatkichlardir.
O’z - o’zini nazorat qilish muhim ta'lim va tarbiyaviy a?a-miyatga ega. U jismoniy sog’lomlashtirish
mashg’ulotlarini sama-rali o’tkazish uchun zarur va bu mashg’ulotlarga ongli munosabatda bo’lish va
ularga jalb etishning samarali usuli hisoblanadi.
O’z - o’zini nazorat qilayotgan talaba o’z organizmi bilan chu-qurroq tanishadi, u yoki bu organlar va
tizimlar ishini o’rganadi, u yoki bu yuklama organizmga qanday ta'sir ko’rsatayotganini o’rganadi.
Shunday qilib, o’z - o’zini nazorat qilish, o’z - o’zini baholashning vazifalariga quyidagilar kiradi:
talabani o’z organizmiga e'tiborliroq bo’lishga ishon-tirish;
jismoniy mashg’ulotlar paytida o’zini boshqarishning oddiy usullariga o’rgatish;
olingan ma'lumotlarni qayd etish, baholash, taqqoslash va umumlashtirishga o’rgatish;
pedagogik hamkorlik asosi bo’lgan "talaba - O’qituvchi" pedagogik tizimi bo’yicha Yaqin aloqa
o’rnatish;
tibbiy nazorat ma'lumotlarini to’ldirish, unga yanada aniqlik kiritish;
o’z - o’zini nazorat qilish ma'lumotlaridan jismoniy ahvol, jismoniy rivojlantirish
darajalari, gavda tuzilishi, qon aylanishi xususiyatlarini aniqlashda foydalanishni o’rgatish.
O’z - o’zini nazorat qilish va baholash talaba ta'lim jarayonining samaradorligini oshiradi.
Jismoniy mashg’ulotlarga motivasiyani faollashtirishga o’z-o’zini nazorat qilish usullari yordam
beradi. Uning eng muhim afzalligi shundaki, shug’ullanuvchilar o’z salomatliklarini mun-tazam
kuzatar ekanlar jismoniy mashg’ulotlarning o’z organizm-lariga ijobiy ta'sirini his qiladilar.
O’z - o’zini ob'ektiv nazorat qilish uchun turli sinov va testlardan foydalaniladi.
Yurak - qon tizimining funksional holati tayyorligini baholash uchun kverg testidan foydalaniladi.
Kverg testi bir-birini ketidan tanaffussiz keluvchi 4 ta mashqdan iborat: 30 sek ichida 30 ta o’tirib
turish, turgan joyda maksimal tezlikda 30 sek yugurish, turgan joyda minutiga 150 qadam chastota bilan
3 minut yugurish, 1 minut arqon bilan sakrash.
KI (Kverg indeksi) -
bu yerda, R1- mashqlar kompleksini bajargandan keyin 30 sekundlik yurak pulsi, R2- 2 minutdan so’ng 30
sekundlik yurak urishi, R3- 4 minutdan so’ng 30 sekundlik yurak urishi KI kattaligi 105 dan ko’p bo’lsa -
a'lo ko’rsatkich, 104 - 99 - yaxshi, 99 -93 qoniharli va 92dan kam bo’lsa qoniharsiz ko’rsatkich bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |