7-mavzu. Xavfsizlik , millatlararo totuvlik va diniy bagrikenglikni ta`minlash
Reja:
7.1.Ozbekitson Respublikasining Konstitutsiyaviy tuzumi suvereneti , xududiy yaxlitligini muxofaza qilish
7.2 .Axborot xavfsizligini ta`minlash
7.3. Davlatning mudofaa qobilyatini mustahkamlash
7.4. Ozbekiston Respublikasining tashqi siyosati
Tayanch sozlar: Kostitutsiyaviy tuzum , suverenetet , axborot xavfsizligi, delimitatsiya, demorkatsiya, tashqi siyosat
Mustaqillik yillarida Birinchi Prezidentimizning oqilona siyosati bois mamlakatimiz xavfsizligi va barqarorligini, sarhadlarimiz dahlsizligini ishonchli himoya qilishga qodir, ixcham, tezkor, zamonaviy qurol yarog va harbiy texnika bilan ta`minlangan milliy armiyamiz shakllandi. Qurolli kuchlarni boshqarishning yangi tizimi yaratildi, qoshinlarning tuzilishi va jangovar tarkibi, tashkiliy shtat qurilishi tubdan ozgardi. Ofitser va serjant kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning zamonaviy. talablarga javob beradigan tizimi vujudga keldi. Shuningdek, oliy harbiy ta`lim muassasalarida kursantlarni tayyorlash tizimi tubdan ozgardi.
Yuzaki qaraganda, harbiy sohadagi islohotlatlar va milliy armiyamizga asos solinishi mustaqillik e`lon qilinishi bilan tabiiy va oson ishdek tuyulishi mumkin. Aslida Mustaqqil Ozbekistonning Qurolli kuchlarini tashkil etish osha davrda katta jasorat va matonatni talab etgan.
Ozbekiston mustaqilligi e`lon qilingan bolsa-da, hali SSSR Mudofaa vazirligi va uning qurolli kuchlari saqlanib turgan bir paytda, bunday kuchga qarshi tik borish, yotgan ilonning boshini qozgash ogir oqibatlarga olib kelishini yaxshi tushungan birinchi Prezidentimiz harbiy sohada ishni bosqichma bosqich hal etish yolidan bordi. 1991 yil 6 sentyabrg kuni e`lon qilingan Ozbekiston Respublikasining Mudofaa ishlari vazirligini tozish togrisida Prezident Farmoni bu yoldagi birinchi qadam boldi. Bu yangilikni hazm qila olmagan Kremlg Ozbekiston Prezidentiga tazyiq otkazishga harakat qildi. SSSR Mudofaa vaziri Ye.SHaposhnikov gayriodatiy tuyulgan bu holdan xavotirga tushib, Prezidentimizga telefon qilgan paytda Ozbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari vaziri etib tayinlangan Rustam Axmedov Prezidentimiz huzurida bolgan ekan. Uning xotirlashicha, SSSR Mudofaa vaziri Islom Karimovga gazab bilan: Islom Abduganievich, biz bilan maslahatlashmay Mudofaa ishlari vazirligi joriy qilibsiz, vazir tayinlabsiz. Ozingizni mustaqil deb e`lon qilgan bolsangiz-da hali SSSR degan qudratli davlat mavjud. Buni ozingiz ham yaxshi bilasiz. HattoUkraina ham general Morozovni respublika Mudofaa vaziri etib tayinlayotganida bizdan ruhsat olgan edi , deb popisa qiladi. Umuman, Sizga armiyaning nima hojati bor, harbiy komissariyat nimaga kerak? Axir SSSR Mudofaa vazirligining qudratli Turkiston harbiy okrugi Ozbekistonda bolsa!, deb kosa tagida nimkosa qabilida bu harbiy salohiyat bilan chuchitmoqchi boladi. Ularning yordamisiz Ozbekiston oz xavfsizligini ta`minlay olmasligini pisanda qilingan, kuni kecha mustaqillikka erishgan mamlakat mustaqil Prezidentining javobi shunday boldi: Birinchidan, respublika Mudofaa ishlari vazirligi joriy qilinishi va vazirning tayinlanishi huquqiy jihatdan ham, siyosiy jihatdan ham hal qilingan masala. Ikkinchidan, bu masalada Siz bilan kelishishni asossiz deb hisoblayman, Qat`iy javob olgan Ittifoq vaziri ancha hovuridan tushib, Respublika Mudofaa ishlari vaziri bilan keyingi hamkorlik uchun tanishmoqchi ekanini bildiradi. Prezident: Madomiki, siz Ozbekiston Respublikasining Mudofaa Ishlari vaziri bilan hamkorlik qilish maqsadida tanishishni istasangiz, men uni Moskvaga yuboraman, tanishib olasizlar , deb javob beradi.
SSSR Mudofaa vaziri bilan suhbatni tugatgach, Prezident Ahmedovga qarata: Sen mustaqil respublika Mudofaa ishlari vaziri sifatida Moskvaga borasan. Lekin u yerga fuqarocha kiyinib borgin. Negaki, sen polkovniksan, u esa marshal. Harbiy kiyimdagi pogonlaring Ittifoq Mudofaa vaziri bilan mustaqil davlatning Mudofaa ishlari vaziri sifatida tengma teng gaplashishingga yol qoymaydi , deydi.
Osha vaqtlarda SSSR Mudofaa vazirligi va unga buysunuvchi Turkiston harbiy okrugi har qanday qulay vaziyatda Respublika Mudofaa ishlari vazirligini tan olmaslikni korsatishga harakat qildi. Bu paytda Turkiston harbiy okrugi qumondonlik tarkibining faqat ikki-uch foizigina Ozbekistonlik bolib, qolganlari chetdan kelgan edi. Shuning uchun ham yangi tashkil topgan na qoshini, na qurolli kuchlari, na harbiy texnikasi va qurol-aslahasiga ega bolgan respublika Mudofaa vazirligi Turkiston harbiy okrugi bilan oz munosabatlarini ehtiyotkorlik bilan olib borishi lozim edi. Chunki har qanday nizo bizga ziyon yetkazishi mumkin edi.
Mustaqil mamlakatimiz daxlsizligini ta`minlash uchun birinchi galda harbiy komissariyatlarni respublika ixtiyoriga otkazib, sobiq Ittifoq armiyasiga askar yuborishni toxtatish; Ittifoqda xizmat qilayotgan Ozbekistonlik askar va zobitlarni respublikaga qaytarib olib kelish; Ozbekiston hududida joylashgan barcha harbiy garnizon va harbiy qismlarni respublika tasarrufiga otkazish; milliy armiyani shakllantirishning huquqiy poydevorini yaratish kabi ota muhim masalalani hal etish lozim edi. Bu masalalar bosqichma-bosqich, vazminlik bilan hal etildi.
Utgan yillar davomida harbiy islohotlar bilan bogliq strategik maqsadlarga erishishning huquqiy poydevori yaratildi. Konstitutsiyamizning 52-moddasida: «Ozbekistan Respublikasini himoya qilish Ozbekiston Respublikasi har bir fuqarosining burchidir», 125- moddasida: «Ozbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Ozbekiston Respublikasining davlat suverenitetini va xududiy yaxlitligini, aholining tinch hayoti va xavfsizligini himoya qilish uchun tuziladi», degan qoidalar mustahkamlab qoyildi.
Ushbu normalarning mantiqiy davomi sifatida «Ozbekiston Respublikasining davlat chegarasi togrisida»gi, «Fuqaro muxofazasi togrisida»gi, «Terrorizmga qarshi kurash togrisida»gi, «Mudofaa togrisida»gi, «Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat togrisida»gi, «Ozbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezervidagi xizmat togrisida»gi qonunlar hamda Ozbekiston mudofaa doktrinasi ishlab chiqilib, amaliyotga tatbiq etildi.
Bundan tashqari, 1991 yil 31 avgustda qabul qilingan «Ozbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari togrisida»gi Qonun respublikamizga harbiy siyosatini amalga oshirish huquqini bergan bolsa, Prezidentnining 1991 yil 6 sentyabrdagi farmoni bilan Mudofaa ishlari vazirligi tashkil etildi. Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan 1992 yil 14 yanvardan mamlakatimiz xududidagi barcha harbiy tuzilmalar Ozbekiston yurisdiktsiyasiga otkazildi. Usha kundan ehtiboran milliy armiyamizga asos solindi. 1993 yil 23 dekabrdagi qonun bilan 14 yanvar Vatan himoyachilari kuni etib belgilandi.
Bir soz bilan aytganda, nomlari sanab otilgan normativ-huquqiy xujjatlar Qurolli Kuchlarimizni shakllantirish, harbiy ta`limni rivojlantirish, muddatli harbiy xizmatga chaqiruvni uyushtirishda muhim ahamiyat kasb etdi. Eng muhimi, mamlakat xavfsizligi va barqarorligi, sarxadlari daxlsizligini ta`minlash boyicha taktik va strategik vazifalarni samarali hal etishga qodir bolgan, zamonaviy, harakatchan, har tomonlama yaxshi qurollangan armiya tashkil etildi.
Asosiy qonunimizda mamlakatimiz Qurolli Kuchlari Ozbekistonning suvereniteti va xududiy yaxlitligi, xalqimizning tinch hayoti va xavfsizligini himoya qilish uchun tuzilishi belgilab qoyilganini yuqorida tahkidlab otdik. Demak, Qurolli Kuchlarimiz faoliyati faqat mudofaa, urushlar va Qurolli mojarolarni bartaraf etish hamda ularning oldini olish, Ozbekistonning milliy manfaatlari, konstitutsiyaviy tuzumi, suvereniteti, xududiy yaxlitligi va chegaralarimiz daxlsizligini himoya qilishga qaratilgan. Bu esa armiyamiz bopqa davlatlarga tajovuz qilish uchun emas, xalqimizning tinchligi va osoyishtaligini ta`minlash uchun xizmat qiladi deganidir.
2012 yil 11 sentyabrda qabul kilingan Ozbekistonning tashqi siyosiy faoliyati kontseptsiyasida ham davlatimizning xalqaro munosabatlardagi siyosiy-huquqiy pozitsiyasi mufassal bayon etilgan bolib, unga kora: «Ozbekiston tinchliksevar siyosat yuritadi va xarbiy-siyosiy bloklarda ishtirok etmaydi, har kanday davlatlararo tuzilmalar harbiy-siyosiy blokka aylangan taqdirda ulardan chiqish huquqini saqlab qoladi. Ozbekiston Respublikasi qoshni davlatlardagi qurolli mojarolarga va keskinlik uchoqlariga tortilishining oldini olish yuzasidan siyosiy, iqtisodiy va boshqa chora-tadbirlarni koradi, shuningdek, oz xududida xorijiy davlatlarning harbiy bazalari va obhektlari joylashtirilishiga yol qoymaydi».
Qurolli Kuchlarimizning faoliyatiga oid muhim xujjatlardan yana biri Prezidentimizning 2006 yil 14 yanvardagi qarori bilan tasdiqlangan «Ozbekiston Resiublikasi fuqarolari tomonidan harbiy xizmatni otash tartibi togrisida»gi nizomdir. Ushbu nizom bilan fuqarolarimizni muddatli va shartnoma asosida harbiy xizmatga chaqirish, qabul qilish, tanlab olish, rezervga boshatish, harbiy xizmatda yuzaga keladigan ijtimoiy munosabatlar tartibga solindi.
Shu orinda Prezidentning 2008 yil 20 noyabrdagi «Fuqarolarning Ozbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida muddatli harbiy xizmatni otash shart-sharoitlarini takomillashtirish chora-tadbirlari togrisida»gi Farmonining ahamiyati haqida ham toxtalib otish joiz. Ushbu xujjatga muvofiq milliy armiyamizning tayyorgarligi har tomonlama takomillashtirilib, 2009 yildan boshlab fuqarolarni muddatli harbiy xizmatga yiliga bir marta fevralg-mart oylarida chaqirish va belgilangan muddatli harbiy xizmatni otab bolgan fuqarolarni Qurolli Kuchlar rezerviga mart-aprelg oylarida boshatish tartibi joriy qilindi. Pirovardida, armiyadagi ahloqiy-ruhiy, ma`naviy muhit butunlay soglomlashdi, jamiyatimizda armiya va harbiy xizmatga nisbatan yondashuv tamomila ozgardi.
yil 31 mayda davlatimiz raxbarining Qurolli Kuchlar safida muddatli harbiy xizmatni otab bolgan fuqarolarga beriladigan imtiyozlarni takomillashtirishga oid qoshimcha chora-tadbirlar bilan bogliq yana bir muhim qarori qabul qilindi. Unda Qurolli Kuchlar safida muddatli harbiy xizmatni otab bolgan, harbiy qismlar qomondonligining tavsiyanomasiga ega fuqarolarga barcha yonalishlar va mutaxassisliklar boyicha oliy ta`lim muassasalarining bakalavriat bosqichiga kirishda toplash mumkin bolgan maksimal ballning 27 foizi miqdorida qoshimcha ball shaklidagi imtiyozni berish tartibi belgilandi. Buni harbiy xizmatni otagan yoshlarimizga korsatilayotgan gamxorlikning yorqin namunasi deya ehtirof etish mumkin.
Yurtimizda «Mustaqillik», «Amir Temur», «Jaloliddin Manguberdi» ordenlari, «Jasorat», «Sodiq xizmatlari uchun» kabi medallar tahsis etilgan bolib, ular davlatimizning mudofaa qudratini yanada yuksaltirishga katta hissa qoshayotgan harbiylarimiz mehnatini qadrlash, el-yurt taqdiriga dahldorlik hissi bilan yashaydigan, fidoyi va vatanparvar yoshlarni tarbiyalashda oziga xos ragbat vazifasini otamoqda. 2012 yilning 11 sentyabrida Prezidentimiz tashabbusi bilan «Mardlik» ordenining tahsis etilgani bu boradagi ishlarning mantiqiy davomi boldi.
Yurtboshimizning 2012 yil 24 oktyabrdagi qarori bilan Mudofaa vazirligi huzurida jamoatchilik kengashi tashkil etildi. Bugun ushbu tuzilma demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish, Qurolli Kuchlar va Mudofaa vazirligi faoliyatining oshkoraligini, fuqarolarning mudofaa sohasida amalga oshirilayotgan davlat siyosatidagi ishtirokini ta`minlash, harbiy xizmatning nufuzini oshirish, armiyada xizmat qilayotgan va harbiy xizmatga chaqiriluvchi yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida tahsinga loyiq ishlarni olib bormokda.
Bugungi kunda hech bir soha yoqki, u axborot kommunikatsiya texnologiyalari, ayniqsa, Internet tarmogidan foydalanmagan holda faoliyat korsatayotgan bolsa. Bunday zamonaviy, tezkor, qulay imkoniyatning yaxshi jihati bilan birga uning xavfsizlikdan xoli emasligi bilan bogliq ikkinchi tomoni ham borki, bu oziga xos choralarni korishni talab qiladi.
Shu bois ham sohaning huquqiy asoslaridan biri Axborotlashtirish togrisidagi qonun alohida moddalari bevosita shu masalaga bagishlangan. CHunonchi, qonunning 19-moddasida axborot resurslari va axborot tizimlarini muhofaza qilish shaxs, jamiyat va davlatning axborot xavfsizligini ta`minlash, axborot resurslarining tarqalib ketishi, ogirlanishi, yoqotilishi, buzib talqin etilishi, tosib qoyilishi, qalbakilashtirilishi va ulardan boshqacha tarzda ruxsatsiz erkin foydalanilishining oldini olish, axborotni yoq qilish, tosib qoyish, undan nusxa olish, uni buzib talqin etishga doir ruxsatsiz harakatlarning hamda axborot resurslari va axborot tizimlariga boshqa shakldagi aralashishlarning oldini olish, axborot resurslaridagi mavjud davlat sirlari va maxfiy axborotni saqlash maqsadlarida amalga oshiriladi. 20-moddada korsatilishicha, axborot resurslari va axborot tizimlari, agar ular bilan gayriqonuniy munosabatda bolish natijasida axborot resurslarining yoki axborot tizimlarining mulkdorlariga, egalariga yoxud boshqa yuridik hamda jismoniy shaxslarga zarar yetkazilishi mumkin bolsa, muhofaza qilinishi kerak. Davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar davlat sirlari hamda maxfiy sirlar togrisidagi axborotni oz ichiga olgan axborot resurslari va axborot tizimlarining muhofaza qilinishini ta`minlashi shart deb yozilgan.
Sohada korilayotgan choralar samarasida bir qator me`yoriy-huquqiy hujjatlarning, shuningdek, Aloqa axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qomitasi huzurida tashkil etilgan Axborot xavfsizligini ta`minlash markazi faoliyatining oziga xos orni bor. Zero, markaz kompgyuter hodisalari boyicha axborotni yigish va tahlil qilish, axborot xavfsizligini ta`minlashga texnik va konsulgtativ yordam berish boyicha yagona davlat muassasasi hisoblanadi. Uning asosiy maqsadi iqtisodiyotning barcha tarmoqlari va sohalarida axborotni muhofaza qilishning zamonaviy vositalari va metodlarini yanada rivojlantirish va keng joriy qilishni ta`minlash, milliy Internet foydalanuvchilarini hamda davlat va xojalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarini axborot xavfsizligiga tahdidlar togrisida ogohlantirishdan iborat. Bunda markaz tomonidan davlat va mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlari uchun otkazilayotgan tadbirlar muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Davlat raqobat qomitasida video-konferentsiya shaklida bolib otgan seminarni ayni shu mavzuga qaratilgan tadbirlardan biri deyish mumkin. Unda qomita markaziy apparati, idoraviy mansub tuzilmalari, hududiy organlari rahbarlari va mutaxassislari ishtirok etishdi.
Seminarda markaz mutaxassislari tomonidan tahkidlanganidek, butun jamiyatda va iqtisodiyotda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish darajasi jadal sur`atda rivojlanib ketayotgan bugungi davr axborot xavfsizligini ta`minlash boyicha olib borilishi lozim bolgan masalalar dolzarbligini yanada oshirmoqda. Shundan kelib chiqib, bu sohadagi asosiy tushunchalarga toxtalib qayd etilganidek, axborot xavfsizligi bu mahlumotlarni yoqotish va ozgartirishga yonaltirilgan tabiiy yoki sunhiy xossali tasodifiy va qasddan tahsirlardan xar qanday tashuvchilarda axborotning himoyalanganligidir. Kompgyuter tizimlarining keng qolamda ishlatilishi doimo osib boruvchi axborot hajmini ishlash jarayonlarini avtomatlashtirishga imkon bersada, bu jarayonlarni agressiv tahsirlarga nisbatan ojiz qilib qoyadi va axborot texnologiyalardan foydalanuvchilar oldida yangi axborot xavfsizligi muammosi kondalang boladi.
Xosh, axborot xavfsizligini takomillashtirishni tashkil etish boyicha olib borilishi lozim va zarur bolgan masalalar nimalardan iborat? Mutaxassislarning tahkidlashlaricha, bunda axborot xavfsizligi siyosatini amalga kiritish va korsatilgan talablar asosida ishlarni olib borish, axborot xavfsizligiga javobgar bolimlar tashkil qilish yoki tegishli mutaxassilarni tayinlash, me`yorlarini belgilash, axborot xavfsizligi boyicha me`yoriy xujjatlarni ishlab chiqish va tadbiq etishga ehtibor qaratish kerak. Bundan tashqari, ish jarayonida himoya vositalari (antivirus, tarmoqlararo ekranlar, kriptografik qurilmalar)dan, litsenziyalangan dasturiy vositalardan, elektron hujjat almashinuvida elektron raqamli imzodan foydalanish, veb-saytlarda axborot xavfsizligini kuchaytirish, bu borada tushuntirish ishlarini olib borish va jadallashtirish lozim.
Ehtirof etilganidek, axborot bilan ishlaydigan xodimlar, bu tizimning bir bogini hisoblanib, ularga axborot xavfsizligi samaradorligini ta`minlovchi sifatida qaraladi. Shu bois bunday xodimlarga axborotni himoya qilishning nazariy, amaliy va uslubiy asoslarini, kompgyuter tarmoqlari va tizimlarida axborot xavfsizligini ta`minlashning zamonaviy usullari va vositalarini qollashni orgatish, turli xil dasturiy mahsulotlardan erkin foydalana olish imkonini beradigan bilimlar bilan ta`minlash muhim. Shundagina korxona va tashkilotlarda axborot xavfsizligi talab darajasida ta`minlanadi.
Ma`ruzachilar korxona va tashkilotlarda axborot xavfsizligi ta`minlanganlik darajasi pastligining asosiy sabablariga ham toxtalib otishdi. Mahlum bolishicha, bularga axborot xavfsizligi boyicha me`yoriy hujjatlar va axborot xavfsizligi siyosatining mavjud emasligi, axborot xavfsizligi siyosati mavjud bolsada u bilan korxona xodimlarining tanishtirilmaganligi, ish jarayonida litsenziyaga ega bolmagan dasturiy maxsulotlar qollanilishi, xodimlar ortasida axborot xavfsizligi boyicha oquv kurslar (seminar, treninglar) otkazilmasligi, tashkilotlarda ichki va tashqi Internet resurslaridan oqilona va togri yonalishda foydalanilishining nazoratsiz qoldirilgani kabilar kirar ekan.
Bu singari xavf-xatarlarning oldini olish maqsadida axborot xavfsizligini ta`minlashni tadbiq etish yuzasidan bir qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingan, standartlar ishlab chiqilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |