7-amaliy mashg‘ulot
Mavzu: Til va yozuv. Yozuvning paydo bo‘lishi. Alfavit. Hozirgi o’zbek alfaviti va lotin yozuvi asosidagi o’zbek alifbosi. Matndan turli prinsiplar asosida yozilgan so’zlarni aniqlash.
1. Yozuv nima? – Yozuv deb tilning matn orqali ifodalanishiga aytiladi. Bunda matn yozuv tizimi deb nomlanuvchi tayinli belgi va ramzlardan iborat bo’ladi. Yozuv — muayyan bir tilda qabul etilgan va kishilar o’rtasidagi muloqatga xizmat qiladigan yozma belgilar yoki tasvirlar tizimi. Yozuv— kishilik jamiyati madaniy taraqqiyotining tom maʼnodagi ibtidosi, bashariyatning uzoq va murakkab tadrijiy takomili jarayonidagi omillarning eng asosiylaridan biri.
2. Fanda qanday yozuv turlari bor? - Fanda piktografik, logografik, ieroglifik, fonografik kabi yozuv turlari bor.
3. Piktografik yozuv nima? – Voqea – hodisalar haqidagi tafakkur ma’lumotlari jonli va jonsiz vositalar orqali ifodalangan yozuv piktografik yozuv hisoblanadi. Bu atama “chizilgan” va “yozaman” degan ma’nolardagi so’zlardan tuzilgan. Yozuvning bu turi ma’lumotlarning dastlabki qaydlarini yetkaza oladi va mavhum tushunchalarni ifodalash imkoniyatiga ega emas.
4. Fonetik yozuvlarga qaysi yozuvlar kiradi? – Xalqlar fonetik yozuvning turli – lotin, arman, gruzin, slavyan, arab yozuvlarini yaratgan.
5. Ideografik yozuvning qanday o’ziga xos xususiyatlari bor? – Piktogrammalar o‘zlarining axborot berish vazifasini to’la bajarmay, ba’zi g’oyalarni ifodalasa, ular ideogrammalar deyiladi (yunoncha idea – g’oya) va ularni biriktirish vositasida biror axborot berish mumkin bo’ladi. Xitoy yozuvidagi bir necha yuzta ideogrammalar aslida narsalarni ifodalovchi rasmlardan kelib chiqqan. Bunday ideografik yozuvga shumer (keyinchalik akkad) yozuvi (eramizdan avvalgi IV—I asrlar), elam yozuvi (eramizdan avvalgi XXIII—IV asrlar), misr yozuvi (eramizdan avvalgi XXX—V asrlar), xet yozuvi (asrimizdan avval XV-XII asr), maya yozuvi (IV-XVI asrlar) va atstek yozuvi (XVI asrgacha) ham kiradi.
6. Alifbo nima? – biror tilning yozuviga qabul qilingan va maʼlum anʼanaviy tartib berilgan yozuv belgilari yoki bo’g’in belgilar majmui.
7. Piktografik yozuv hamda ideografik yozuvning bir – biridan farqi nimada? – Piktografik yozuvda hodisani ifodalash uchun chizmalardan foydalaniladi. Bu yozuv faqat boshlang’ich tushunchalari ifoda etishga yordam beradi. Ideografik yozuv turida esa piktogrammalar orqali ifodalab bo’lmaydigan yozuv turidir.
8. Yozma nutq qanday vazifalarni bajaradi? – Yozma nutq og’azki nutqni yozma shaklda ifolashning shaklidir. Yozma nutq, avvalo, u manba. Hozirgi paytda uni qayta o’qish, tuzatish, boshqa so’z va so’z birikmalari bilan almashtirish mumkin. Yozma nutq namunasidagi maqsadni to’la anglash uchun imlo hamda tinish bеlgilarining xususiyatlarini o’quvchi ham yaxshi o’zlashtirgan bo’lishi lozim. Aks holda, matn zavq-u shavqidan bеbahra qolinadi.
1 – topshiriq: Piktografik, logografik, iyeroglifik, fonografik kabi yozuv turlari haqidagi ma’lumotlaringizni ushbu jadvalga joylang.
Piktografik
|
Logografik
|
Iyeroglifik
|
Fonografik
|
Voqea – hodisalar haqidagi tafakkur ma’lumotlari jonli va jonsiz vositalar orqali ifodalangan yozuv. Bu atama “chizilgan” va “yozaman” degan ma’nolardagi so’zlardan tuzilgan. Yozuvning bu turi ma’lumotlarning dastlabki qaydlarini yetkaza oladi va mavhum tushunchalarni ifodalash imkoniyatiga ega emas.
|
Piktografik yozuvning takomillashib borishi natijasida ideografik (yunoncha “idea – tushuncha”,”grafo – yozaman”) yozuv paydo bo’ldi. Yozuvning bu turi logografik yozuv deb ham yuritiladi. (“logos – so’z”, “grafo - yozaman”). Yozuvdagi ramzlar narsa – buyumlarni aks ettirib qolmay, tildagi so’zlarni ham ifodalaydi.
|
Logografik yozuvning bir oz mukammallashgan shakli ieroglifik yozuvdir. Ieroglif yunoncha “ierogliv” so’zidan olingan bo’lib, “muqaddas yozuv “ degan tushunchani anglatadi.
|
Yozuvning yangi bosqichi –fonografik (yunoncha “phane” – tovush, “graphe” – yozaman) yozuvga – avvalo, ayrim bo’g’inlarni, keyinroq ayrim tovushlarni biror belgi bilan ifodalash usuliga o’tildi. Fonetik yozuvning kelib chiqishi qadimgi Finikiya yozuvi bilan bog’liq.
|
2 – topshiriq: Lоtin yozuvigа аsоslаngаn yangi o’zbеk аlifbоsini yozib chiqing.
Aa Bb Dd Ee Ff Gg Hh Ii Jj Kk Ll Mm Nn Oo Pp Qq Rr Ss Tt Uu Vv Xx Yy Zz O’o’ G’g’ Shsh Chch Ngng ’(tutuq belgisi)
3 – topshiriq: Kirill alifbosini yozib chiqing.
Аа Бб Вв Гг Дд Ее Ёё Жж Зз Ии Йй Кк Лл Мм Нн Оо Пп Рр Сс Тт Уу Фф Хх Цц Чч Шш Ъъ Ьь Ээ Юю Яя У’у’ К,к, FF Х,х,
4 – topshiriq: Fonetik yozuv haqidagi fikrlaringizni Klaster usulida ifodalang.
Fonetik yozuv. Yozuvning bu turi bir necha ko’rinishlarga ega. Shulardan biri bo’g’in yozuvidir. Bu yozuvda iyerogliflar bo’g’inlarni ifodalaydi. Yozuv tarixida bo’g’inli yozuv muhim ahamiyat kasb etadi. Bo’g’inli yozuvda bir bo’g’inni, bir so’zni, bir tovushni ifodalaydigan belgilar qo’llangan. Ossuriya va Vavilon mix (qoziq) yozuvi ana shunday yozuvlardan hisoblangan. Bu yozuvda ayrim belgilar bir tovushni,butun bir bo’g’inni, ba’zi belgilar esa butun bir so’zni ifodalagan. Eronliklar Vavilonni bosib olganlaridan keyin Ossuriya va Vavilon mix yozuvidan foydalanib, fonetik (tovushli) yozuvni, ya’ni har qaysi belgi bir tovushni ifodalaydigan yozuvni ixtiro etganlar. Dunyodagi aksar tillarning fonetik yozuvini ifodalovchi alifbe, ya’ni fonetik yozuvlar finikiyaliklar yozuvi asosida shakllangan.
Yozuv og’zaki tildan bir qancha belgilarga ko’ra farq qiladi.
Birinchidan, yozuv tizimlari tillardan farqli o’laroq, turlicha qo’llanadi. Turli yozuv tizimlari tovush tizimlariga turlicha bog’langan.
Ikkinchidan, Amerika strukturalistlari yozuvni tilning subtuzimi (subsistema) sifatida talqin qilishga urinsalarda, yozuv tizimlari til tizimi kabi ishlamaydi: masalan, grafema fonemani aks ettiradi, deb qaralsa-da, aksariyat alfvitlar bosh harf va kichik harfdan foydalanadi. Mohiyatan olganda “A” grafemasi va “a” bitta fonemani aks ettiradigan allograf hisoblanadi.
Uchinchidan, til doimo o’zgarib turadi, yozuv esa an’analarga rioya qiladi.
To’rtinchidan, yozuv tizimlari rahbarlar tomonidan o’zgartirilishi mumkin. Kamol Otaturk Turkiyaning ozchilikni tashkil etuvchi aholisiga o’z tillarida gapirishni to’xtatib, faqat turk tilida so’zlashishni buyura olmasdi. Ammo u 1928 yilning 3 noyabridan boshlab turk tili arab emas, roman alfavitida yozilishini belgilab berdi. Nux Vebstr amerikaliklarga infinitvlarni qo’shmasdan so’zlashni ayta olmadi, ammo u “colour” kabi so’zlarda “u”ni tushirib qoldirishni tavsiya qildi.
Yozuv tizimlari ularning o’z xususiyatlaridan kelib chiqib tahlil qilinishi lozim. Asrlar osha ularda ro’y bergan o’zgarish juda ko’plab tadqiqotchilarni jalb etgan va ular bo’yicha tarixiy hujjatlar mavjud. Ayni o’rinda yozuvning kelib chiqishi va grafik shakllarning fonologik shakllar bilan aloqasiga e’tibor qaratiladi.
Odatda, yozuv tizimlarining uch xil ko’rinishi farqlanadi: logografik, bo’g’inli (sillabari), alfavit. Bu ketma-ketlik yozuv tizimlarining rivojlanish tarixini ham aks ettiradi. Barcha yozuv tizimlari oxiri alfavit bosqichida tugaydi, chunki alfavit yozuvi “eng yaxshi” hisoblanadi.
Ammo Finikiya tili va boshqa shioliy-g’arbiy semit tillari bo’g’inni aks ettiradi, degan qarash bo’lsa-da, finikiya tili aynan bo’g’inni ifodalamaydi. Bo’g’inlarni ifodalovchi Hindu va Efiopik yozuvlari esa aslida alfavit yozuvidan “o’sib chiqqan”. Shimoliy-G’arbiy Semit yozuvlarini bo’g’inli yozuvlar deyishning o’zi noto’g’ri va bitta yozuvning rivojlanishiga qarab tarixiy prinsip haqida gapirish o’rinsizdir.
Buning yechimi shundaki, uch tarkibli tipologiyani olti tarkibli tipologiya bilan almashitirish kerak. Abigudani (abiguda undosh va unli ketma-ketligi bitta birlik sifatida ifodalanadigan yozuv) sillabarilardan (bo’g’inli yozuvdan) alohida tip sifatida tan olinsa, 6 ta bosqichni ajratish mumkin bo’ladi va alfabitli yozuvni boshqalaridan afzal deb qarashga barham berish kerak.
Yozuv nutqni ma’lum shakllar orqali ifodalash vositasidir. Yozuv ijtimoiy ehtiyoj asosida kishilik tarixining muayyan davrida paydo bo’lgan va jamiyat taraqqiyoti bilan bog’liq ravishda mukammallasha borgan. Yozuv tildan keyin jamiyat tomonidan qo’lga kiritilgan eng katta madaniy yutuqlardan biri hisoblanadi. Yozuvning kelib chiqishi va taraqqityoti jamiyat taraqqiyoti bilan, madaniyat darajasi, siyosiy-huquqiy, estetik tuyg’ularni qayd qilish hamda keyingi davrga qoldirish ehtiyoji bilan belgilanadi. Yozuvning asosiy vazifasi nutqni uzoq masofaga yetkazish, keyingi avlodlarga qoldirishga xizmat qilishdan iborat.
Yozma nutq kommunikativ, emotsional-ekspressiv, akkumulyativ funksiya bajaradi. Yozuv orqali kishilar o’z fikrlarini bir-birlariga bildiradilar, avlodlarga qoldiradilar, minglab yillar oldin o’tgan voqea-hodisalar, shaxslar, urf-odat va dunyoqarash to’g’risida ma’lumotga ega bo’ladilar. Yozuv orqali tarixiy ma’lumotlarni, ijtimoiy voqelik tasvirini, madaniy yodgorliklar hamda ma’naviy merosni keyingi avlodga yetkazish imkoniyati kengaydi. Grafik belgilar yozuvning asosiy ifoda shaklidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |