№7 amaliy mashg’ulot
IK va ATT elektr ta’minoti tokni o’zgartirish va to’g’rilash qurilmalarining ishlash tamoyillari
Nazariy ma’lumot
Respublikamizda elektr energiyasi 50 Gts chastotali o’zgaruvchan tokda tarqatiladi, bu bilan birga telekommunikatsiya apparaturalarining ko’p qismi turli nominallardagi o’zgarmas tok bilan ta’minlanishi sababli o’zgaruvchan tokni o’zgarmas tokka o’zgartirish zarurati tug’iladi. Buning uchun elektr mashinalarni ishlatish mumkin, lekin ularning aylanuvchan qismlari shovqin hosil qiladi, maxsus fundamentlarni talab qiladi va qator kamchiliklarga ega. Quvvatli kuchli ventillar yaratilgandan so’ng elektr mashinalardan statik to’g’rilash qurilmalariga, ya’ni to’g’rilagichlarga o’tildi.
To’g’rilagich deb o’zgaruvchan tokni o’zgarmas tokga aylantiruvchi qurilmaga aytiladi. Ishlatish jarayonida to’g’rilagichlar quyidagi qator texnik talablarga javob berishi kerak:
talab qilinadigan kuchlanish va quvvat;
to’g’rilangan kuchlanish pulsatsiyasining ruxsat etiladigan darajasi;
xavfsiz xizmat ko’rsatish;
qulaylik va boshqarish ishonchliligi;
yuqori FIK;
to’g’rilangan kuchlanishning stabilligi;
yuqori kuvvat koeffitsienti;
o’ta yuqori toklardan va ortiqcha kuchlanishlardan ishonchli va tezkor himoya;
texnik ishlatishning past narxi;
10) qurilmaning kichik gabaritlarga va og’irlikga ega bo’lishi.
Umumiy ko’rinishda to’g’rilagich 4 ta asosiy qismlardan iborat bo’ladi (8.1−rasm).
Transformator quyidagi vazifalarni bajaradi:
O’zgaruvchan tok tarmog’i kuchlanishini to’g’rilovchi element kirishida talab qilinadigan qiymatga o’zgartiradi.
To’g’rilagich ishchi zanjirlarini va yuklamani ta’minlash tarmog’idan va boshqa iste’molchilardan galvanik (elektr) ajratadi, ya’ni ularni mustaqil qiladi..
3. Ko’pincha telekommunikatsiya aparaturalari talab qiladigan to’g’rilagich bir qutbini erga ulash imkoniyatini beradi. Ba’zan to’g’rilagich transformatori fazalar sonini oshirish uchun ishlatiladi. Buning uchun ikkilamchi cho’lg’amlar soni birlamchi cho’lg’amlar soniga nisbatan ikki martaga oshiriladi. Bu to’g’rilangan kuchlanish pulsatsiyasi chastotasini oshirish va pulsatsiyani kamaytirish maqsadida qilinadi. Bundan tashqari transformatorning ikkilamchi tomonidagi yulduz sxemada ulangandagi faza cho’lg’amlarining umumiy nuqtasi ko’pincha to’g’rilagichning yuklama ulanadigan chiqish qutbi bo’lib xizmat qiladi.
7.1−rasm
Ventillar bir tamonlama o’tkazuvchanlikka ega va o’zgaruvchan tokni o’zgarmas tokka o’zgartirishni amalga oshiradi. To’g’rilagichda ularning soni to’g’rilash sxemasiga bog’liq bo’ladi. To’g’rilagichning har bir fazasi kamida bitta ventil zvenosiga ega bo’ladi. Lekin ko’p hollarda talab qilinadigan tok va kuchlanish qiymatini olish uchun har bir ventil zvenosida bir necha ventillar bo’lishi mumkin. Ventillar ketma-ket, parallel va murakkab guruhlarda ulanishi mumkin.
To’g’rilagichdan keyin kuchlanish yoki tok pulslanuvchan bo’ladi. Uni o’zgarmas va o’zgaruvchan tashkil etuvchilardan iborat deb tasavvur qilish mumkin. Telekommunikatsiya apparaturalari pulslanuvchan o’zgarmas tok bilan ta’minlanganda aloqa signallarini uzatishda jiddiy halaqitlar yuzaga kelishi mumkin. Bunga ruxsat etilmaydi va pulsatsiyani kamaytirish choralari ko’riladi. Buning uchun ventillar va ta’minlanadigan apparaturalar orasiga silliqlovchi filtr qo’yiladi. To’g’rilagichning chiqish kuchlanishi 10...15 foizga o’zgarishi mumkin bo’lgan ta’minot o’zgaruvchan kuchlanish qiymatiga bog’liq. Telekommunikatsiya apparaturalarida ko’pincha bunday sezilarli tebranishga ruxsat berilmaydi. Shuning uchun zamonaviy to’g’rilagichlarda filtrdan keyin tok va kuchlanish stabilizatorlari qo’yiladi. Bu zvenodan tashqari to’g’rilash qurilmasida kommutatsiyalash apparaturasi, himoyalash zanjiri va boshqalar bo’lishi mumkin.
Ko’priksimon to’g’rilash sxemasida bitta yarim davr mobaynida to’g’rilangan tok VD1 diod, Ryu yuklama, VD3 diod orqali transformatorning ikkilamchi cho’lg’amiga oqib o’tadi (8.2a-rasm, bir fazali ko’priksimon Grets sxemasi). Teskari qutbda tok VD2 diod, Ryuyuklama, VD4 diod orqali transformatorning ikkilamchi cho’lg’amiga oqib o’tadi (8.2b-rasm). Ya’ni, tok yuklama va transformator ikkilamchi cho’lg’ami orqali butun davr mobaynida oqib o’tadi. Ryu yuklamadan oqib o’tadigan Iyu yuklama tokining o’zgarmas tashkil etuvchisi (Im=UmRyu bo’lganida) qo’yidagicha teng bo’ladi:
,
ya’ni, bir fazali bir taktli sxemadagidan 2 marta katta bo’ladi. Transformatorning ikkilamchi cho’lg’amidan tok butun davr mobaynida oqib o’tadi, u holda uning ta’sir etuvchi qiymati quyidagicha aniqlanadi:
u holda, Io va I2 toklarni taqqoslab, quyidagini olamiz:
.
a) b)
7.2-rasm. Ko’priksimon to’g’rilash sxemasi va uning vaqt diagrammalari
Har bir yarim davrda ikkita diod ishlagani uchun har bir ketma−ket ulangan diodlardan oqib o’tadigan tokning ta’sir etuvchi qiymati Ivd=I22 bo’ladi.
Bu sxema uchun m=2, ft,k=2ft bo’ladi, diodlar ikkilamchi cho’lg’amga parallel ulangani uchun yopiq diodlardagi teskari kuchlanish esa Utes=Um= U2 bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |