7-8--mavzu (4 soat).
Pardevorlar uchun zamonaviy materiallar.
Reja:
Ko‘p qatlamli, yog‘och devorlar.
Monolit devorlar.
Binolarni barpo etishda yechib olinmaydigan opalubkadan foydalanish
Tayanch iboralar: Devorbop materiallar, mustahkamlik, issiqlik o‘tkazuvchanlik, texnologiya, g‘isht, beton blok, ko‘pikbeton, gazbeton, veloks, panellar.
Zichligi bo‘yicha (kg/m3) tosh materiallari quyidagilarga bo‘linadi:
O‘ta yengil (600 gacha);
yengil (600...1300);
yengillashtirilgan (1300... 1600);
Og‘ir (1600...2200).
Issiqlik o‘tkazuvchanligi bo‘yicha tosh materiallari quyidagilarga bo‘linadi:
Issiqlik o‘tkazuvchanligi past;
Issiqlik o‘tkazuvchanligi o‘rtacha;
Issiqlik o‘tkazuvchanligi yuqori.
Devorbop sopol buyumlar qurilishda ishlatiladigan devorbop buyumlarning 50%ini tashkil etadi. Zichligiga ko‘ra devorbop sopol buyumlar (g‘isht, sopol tosh) 3 qismga bo‘linadi:
Effektiv – zichligi 1400-1450 kg/m3 dan ko‘p emas, issiqni yaxshi ushlab tura oladigan;
Shartli effektiv – 1450 - 1600 kg/m3;
Oddiy – 1600 kg/m3 dan katta.
Oddiy pishiq g‘ishtning o‘lchamlari 250x120x65 mm bo‘lib, qirralari to‘g‘ri, aniq, yuzasi silliq va tekis bo‘lishi kerak. Tomonlari 3 mm gacha farq qilishi mumkin.
Modulli g‘ishtlar o‘lchamlari 250x120x88 mm va dumaloq yoki to‘rtburchak kovakli bo‘ladi. Mustahkamligiga qarab g‘isht quyidagi markalarga bo‘linadi: 75; 100; 125; 150; 200; 250; 300.
yengil betonlar o‘rtacha zichligiga qarab Germaniyada quyidagi turlarga bo‘linadi:
2100-2000 kg/m³ - oddiy yengil beton;
2000-1300 kg/m³ - yengil konstruktiv beton, siqishga mustahkamligi 5 MPa dan yuqori;
1300-800 kg/m³ - yengil issiqlikdan izolyasiyalangan konstruktiv beton, siqishga mustahkamligi 3,5 MPa dan yuqori va issiqlik o‘tkazuvchanligi 0,75 Vt/mK dan past;
800-250 kg/m³ - juda yengil beton, siqishga mustahkamligi 0,5 MPa va issiqlik o‘tkazuvchanligi 0,30 Vt/mK dan past.
Oddiy to‘ldirgichlar bilan tayyorlangan yengil betonning issiq o‘tkazuvchanligi (Germaniya misolida)
Zichlik, kg/m³
|
Issiqlik o‘tkazuvchanlikning hisobiy qiymatlari, Vt/mK
|
Kvars qumisiz yengil to‘ldirgich
|
Faqat pemza
|
Faqat keramzit
|
500
|
-
|
0,15
|
0,18
|
600
|
0,22
|
0,18
|
0,20
|
700
|
0,26
|
0,20
|
0,23
|
800
|
0,28
|
0,24
|
0,26
|
900
|
-
|
0,27
|
0,30
|
1000
|
0,26
|
0,32
|
0,35
|
1200
|
0,46
|
0,44
|
0,46
|
1400
|
0,57
|
-
|
-
|
1600
|
0,75
|
-
|
-
|
1800
|
0,92
|
-
|
-
|
2000
|
1,2
|
-
|
-
|
Qo‘llaniladigan ta'lim texnologiyalari: kompyuter texnologiyalari (grafiklardan, testlardan foydalanish), klaster, besh minutlik esse, ko‘rgazmali ta'lim metodlari ( namoyish, illyustratsiya, videousul, slaydlar);
Darsni o‘tishda qo‘llaniladigan pedagogik metod turlari:
- Aqliy hujum, klaster, besh minutlik esse, blits-so‘rov.
Darsni o‘tishda qo‘llaniladigan texnik vosita turi:
Ko‘rgazmali qurol
Proyektor
Slayd
Tarqatma material
Do'stlaringiz bilan baham: |