7- mavzu: amir temur va temuriylar davrida ijtimoiy- iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayot asosiy tushuncha va iboralar



Download 79,34 Kb.
bet1/15
Sana31.12.2021
Hajmi79,34 Kb.
#257696
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
стртқи 3 мавзу


7- MAVZU: AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR DAVRIDA IJTIMOIY- IQTISODIY, SIYOSIY VA MADANIY HAYOT
Asosiy tushuncha va iboralar: sarbadorlar harakati; markazlashgan davlat; “Temur tuzuklari”; devonxona; shayx ul-islam; suyurgʻol; aloqa vositalari; ma’lumot uzatish.
7.1. XIVning ikkinchi tarmida Movarounnahrdagi siyosiy vaziyat. Amir Temurning saltanatining tashkil etishi

Amir Temur 1336- yilning aprel oyida Kesh shahri yaqinidagi Xoʻja Ilgʻor qishlogʻida (hozirgi Yakkabogʻ tumani hududida) barlos qabilasi ulugʻlaridan Taragʻay Bahodir xonadonida dunyoga keldi. Temurbekning otasi Muhammad Taragʻoy va amakisi Hoji Barlos barlos qabilasining yirik mulkdorlaridan boʻlgan. Amir Temurning yoshligi ona yurti Keshda kechdi. Amir Tarag‘ay o‘g‘lini yoshligidan aslzodalarga yarasha o‘qitgan va har taraflama bilim bergan: katta-kichik bilan muomala ilmini, ov qilish va harbiy ilmlarni o‘rgatgan. Yosh Temurni yetti yoshidayoq madrasaga o‘qishga beradilar. U madrasaga kelganda alifbodan mukammal xabardor bo‘lgan. O‘n ikki yoshidan boshlab bolalarga xos bo‘lgan ermak o‘yinlardan voz kechib, keyinchalik o‘z tengqurlari bilan sipohiylikka oid o‘yinlar bilan shug‘ullanadi. Amir Temur yoshlik chog‘laridanoq chavandozlik va ovga ishqiboz bo‘lib, kamondan nishonga o‘q uzish, ot choptirib turli mashq va harbiy o‘yinlar bilan mashg‘ul bo‘lishni yoqtirar edi.

Amir Temur o‘z zamonisining o‘qimishli va uquvli hukmdorlaridan bo‘lib yetishadi. Tibbiyot, matematika, falakiyot, me’morchilik va tarix ilmidan ham yaxshigina xabardor bo‘lgan. Amir Temur bilan yuzma-yuz o‘tirib suhbatlashishga muyassar bo‘lgan buyuk arab faylasufi Ibn Xaldunning ta’kidlashicha, Amir Temur turk, arab, fors xalqlari tarixini chuqur o‘rgangan, diniy, dunyoviy va falsafiy bilimlarning eng murakkab jihatlarigacha yaxshi o‘zlashtira olgan zot ekan. O‘zining ilk harbiy faoliyatini Amir Temur qo‘l ostidagi navkarlari bilan ayrim viloyat amirlariga xizmat qilishdan boshlagan. Ularning o‘zaro kurashlarida qatnashib, jasorat ko‘rsatgan va janglarda chiniqqan. Harbiy mahorat va oliyhimmatlilik Amir Temurning shuhratini oshirib, uning dong‘i butun Qashqadaryo vohasi, xususan Kesh viloyatiga yoyilgan.

XIV asrning 60-yillarida Amir Temur siyosat maydoniga kirib kelganda O‘rta Osiyoda hali mo‘g‘ullar hukmronligi davom etayotgan edi. 1346-yili Chig‘atoy ulusi xoni Qozonxon amir Qazag‘an tomonidan oidiriladi, 1358-yilda amir Qozog‘on ham oidiriladi, natijada ulus 10 ga yaqin bekliklarga bolinib ketadi. Xorazmda so‘fiylar, Qashqadaryoda barloslar, Ohangaron vodiysida jaloyirlar, Buxoroda sadrlar, Termiz atrofida sayyidlar hukmronligi boshlanadi. XIV asrning 50-60- yillarida Movarounnahrda siyosiy tarqoqlik gʻoyatda kuchayib, oʻzaro kurash yanada keskinlashdi. Davlat ishlari esa butunlay izdan chiqqan edi. Siyosiy parokandalik, oʻzaro urush va janjallar iqtisodiy tanglikka sabab boʻlib, oʻlka aholisini, ayniqsa dehqonchilik xoʻjaligini xonavayron qilgan edi.

Mana shunday vaziyatda, 1348- yilda Moʻgʻuliston xoni qilib koʻtarilgan Chigʻatoy naslidan boʻlgan Tugʻluq Temurxon Moʻgʻuliston amirlari ulusning gʻarbiy qismi – Movarounnahrni ham bosib olishga harakat qildi. Bir necha bor Movarounnahr ustiga yurish qilib, uni talab qaytdi. Natijada moʻgʻullar istibdodi va zulmiga qarshi xalq harakati boshlandi. Shunday siyosiy beqarorlik davrida Temurbek siyosat maydoniga dastlabki qadamlarni qoʻymoqda edi.

1360 va 1361- yillarda Tugʻluq Temur Movarounnahrdagi ogʻir siyosiy vaziyatdan foydalanib, uni butunlay oʻziga boʻysundirishga harakat qiladi. U hech qanday qarshiliksiz Qashqadaryo vohasiga bostirib kirdi. Oʻsha vaqtlarda Qashqardaryo viloyatining hokimi Hoji Barlos dushmanga qarshi kurashish oʻrniga Xurosonga qochdi va oʻsha yerda oʻldirildi.

Amir Temur amakisining viloyatini qoʻldan bermaslik maqsadida Tugʻluq Temurxon ishonchini qozonib uning xizmatiga oʻtdi va Kesh viloyatiga hokim etib tayinlandi. Tugʻluq Temurxon oʻgʻli Ilyosxojani Movarounnahrning hokimi etib yubordi. Ammo Temurbek unga xizmat qilishni istamadi va Balx hokimi amir Husayn ibn Musallab bilan ittifoq tuzdi. Temurbek Amir Husaynning singlisi Oʻljoy Turkon ogʻoga uylangach, ularning ittifoqi qarindoshlik aloqalari tufayli yanada mustahkamlandi. Amir Temurbek avval oʻzboshimcha amirlarga qarshi ichki, soʻngra esa moʻgʻullarga qarshi tashqi kurash olib bordi. Seyistondagi janglarda qoʻli va oyogʻidan ogʻir yaralandi.

1363- yil Tugʻluq Temurxon vafot etib, Moʻgʻulistonda xonlik taxtini Ilyosxoja egallaydi. Oʻsha- yili Amudaryoning chap sohilidagi Qunduz shahar yonida moʻgʻullar bilan boʻlgan 1-jangda Temurbek gʻalaba gʻozondi. Shundan soʻng moʻgʻullarni toʻxtovsiz ta’qib etish boshlandi. Moʻgʻullar ham Movarounnahrni osongina berib qoʻyishni istamas edilar. Ilyosxoja 1365- yilda katta qoʻshin bilan Sirdaryo tomon yoʻlga chiqdi. Husayn va Temurbek ham zudlik bilan jangga tayyorlandilar.

Ular oʻrtasidagi jang 1365- yilning 22- mayida Chinoz bilan Toshkent oʻrtasida boʻldi. Jang paytida qattiq jala yogʻib, hammayoq loy boʻlganligidan tarixda u "Loy jangi" nomi bilan mashhur boʻlib qolgan. Jangda Temurbek bilan Husayn kelishib harakat qilmaganliklari oqibatida ularning birlashgan qoʻshini magʻlubiyatga uchradi. Bu magʻlubiyat dushmanga Movarounnahrga, xususan, uning markaziy shahri Samarqandga tomon yoʻl ochib berdi. Moʻgʻullar Movarounnahrning markaziy viloyatlarida odatiy talon-torojni yana davom ettirdilar.

Bu davrda Samarqandda sarbadorlar harakatining faollari boʻlib, ular shahar aholisini moʻgʻullarga qarshi qoʻzgʻolonga undadi. Qoʻzgʻolonga madrasa talabasi Mavlonozoda, paxta tituvchilar mahallasining oqsoqoli Abu Bakr Quluyi Naddof va mergan Xurdak Buxoriylar boshchilik qiladilar. Sarbadorlar moʻgʻullarga Samarqand shahrida qaqshatqich zarba berdilar. Temurbek va Husaynlar sarbadorlarning dushman ustidan qozongan gʻalabalaridan mamnun boʻlganliklarini va ular bilan uchrashmoqchi ekanliklarini bildiradilar. Biroq sarbadorlarning boshliqlari Amir Husayn huzuriga kelganlarida ular qatl etiladi. Faqat Mavlonzodani Temurbek oʻz himoyasiga olib, qutqarib qoladi. Shu tariqa sarbadorlar harakati boshliqsiz qoldirilib, Movarounnahrda Amir Husaynning hukmronligi oʻrnatiladi. Ammo koʻp oʻtmay Husayn bilan Temurbek oʻrtasidagi munosabat yomonlashib, ochiqdan-ochiq nizoga aylanadi.

1370- yil mart oyida Temur yaxshi qurollangan qoʻshini bilan Keshdan chiqib, Balxni qamal qilib, shaharni egalladi. Movarounnahrning hukmdori Amir Husayn qatl etildi. Oʻsha- yili Balxda qoʻshin boshliqlarining qurultoyida Temur Amir deb e'lon qilindi va uning hukmronligi rasman qaror topadi. Amir Temur qadimgi odatga binoan oq kigiz ustiga oʻtqazilib, yuqori koʻtariladi. Amir Temurning piri Sayyid Baraka duoyi fotiha qilgach, u Movarounnahrning hukmdori deb e'lon qilinadi. Hokimiyat tepasiga kelgan Amir Temur oʻz oldiga markazlashgan, kuchli, qudratli davlat barpo etish vazifasini qoʻyadi.


Download 79,34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish