Dastlabki mahsulot gidrotsiklonning tsilindrik qismiga bosim ostida konussimon uchlik
orqali beriladi. Gidrotsiklonga mahsulotning bunday berilishi butananing
aylanishini vujudga
keltiriladi. Yirikroq zarrachalar markazdan qochuvchi kuch ta’sirida gidrotsiklon devoriga sikiladi
va tashqi oqim bilan konusning pastki teshigi orqali chiqariladi. Mayda zarrachalar ichki
aylanuvchi oqim bilan yuqori kopqoqdagi teshik orqali chiqariladi.
Gidrotsiklon
1 – manometr, 2 – qopqoq,3 – quyuluvchi truba,4 –tsilindrik qismi, 5 –trua,6 – qoplama,7 –
konusli qismi, 8 – konussimon nasadka.
Gidrotsiklonlarda zarrachalarning ajralishi og’irlik kuchi ta’sirida emas, balki markazdan
qochuvchi kuch ta’sirida sodir bo’lishi tufayli ularda nisbatan mayda
zarrachalarni ham katta
mehnat unumdorligi bilan cho’ktirish mumkin. Gidrotsiklonlarda o’lchami 15 mkm gacha bo’lgan
quyulma olish mumkin, shu tufayli ularni butanani shlamsizlantirish uchun ishlatish mumkin.
Mahsulot yirikligini gidrotsiklonga tushayotgan butananing bosimini hamda pastki bo’shatish
teshigining o’lchamini o’zgartirish orqali boshqarish mumkin. Gidrotsiklonlar xuddi mexanik
klassifikatorlar quyulmalari kabi yiriklikdagi quyulma olishga imkon beradi.
Biroq
gidrotsiklonlarning quyi mahsuloti 50-65% qattiq zarrachalarni saqlaydi, ya’ni mexanik
klassifikatordagiga nisbatan suyuqroq qum olinadi va shuning uchun ko’proq
suvda mualloq
joylashgan mayda sinfni saqlaydi. Shu sababga ko’ra gidrotsiklonlarda klassifikatsiyalash
samaradorligi mexanik klassifikatorlarnikidan past.
Gidrotsiklonlar rudalarni yanchish sxemalarida keng qo’llaniladi. Ular sharli tegirmonlar
bilan yopiq tsiklda ishlovchi mexanik klassifikatorlarning o’rnini bosadi.
Gidrotsiklonlar katta sanoat maydanini ishg’ol etmaydi va
mexanik klassifikatorlarga
nisbatan ancha arzon.
Ishlatishda gidrotsiklonlar klassifikatorlarga nisbatan qulayroq, chunki ularning tuzilishi
sodda va xarakatlanuvchi qismlari yo’q. Gidrotsiklonga kelib tushadigan
mahsulotning xajmi
mexanik klassifikatorlardagidan kam. Bu ham tegirmon-gidrotsiklondan tashkil topgan agregatni
ishga tushirish va to’xtatish engillashtiradi, shunigdek rudani enchish tsiklida bo’lish vaqtining
qisqaligi tufayli rudaning oksidlanishini kamaytiradi.
Gidrotsiklonlarning asosiy kamchiligi gidrotsiklonning o’zini va unga bo’tanani beruvchi
nasosning tez ishdan chiqishi, va nasosning ishi bilan bog’lik elektr energiya sarfining balandligi.
Ularning ishlash muddatini uzaytirish uchun zamonaviy gidrotsiklonlar
ichki tomonidan rezina
qoplanadi va alohida detallarini almashtirish mumkin bo’lishi uchun yig’iladigan qilib
tayyorlanadi. Metalning maxsus navlaridan tayyorlangan nasoslarni ishlatish tavsiya qilinadi.
Gidrotsiklonlar 50 dan 1000 mm gacha diametrda tayyorlanadi. Konuslik burchagi odatda
20-22
0
q
abul qilinadi.
Butananing gidrotsiklonga kirishdagi bosimi 0,3 dan 3 ata. Pastroq bosimda ishlash afzalroq,
chunki bunda gidrotsiklonning ishdan chiqishi va elektrenergiya sarfi kamayadi.
Yuqori ishlab
chiqarish unumdorligiga erishish uchun gidrotsiklonlarning bir nechtasini o’rnatish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: