Bеrilgan munosabatni bir nеcha marta oddiy va kichik munosabatlarga ajratish.
Tayanch so‘zlar: funksional bog‘lanish, tranzitiv bog‘lanish, normal forma, normallashtirish, 1 NF, 2 NF, 3 NF.
Ma’lumotlar bazasida axborotlarni ko‘payishi hisobiga dinamik ravishda o‘zgarib turadi. Unda yangi ma’lumot elementlari qo‘shiladi. Ular orasida yangi aloqalar yoki bog‘lanishlar o‘rnatiladi va ularni qayta ishlashni yangi usullari qo‘llaniladi. Bu jarayonda imkoni boricha foydalanuvchi yaratgan MB bilan ishlash uchun yaratilgan dastur ilovasini kam o‘zgartirishga harakat qiladi. Bu muammoni hal qilish uchun ma’lumot elementlarini asosli ravishda guruhlarga birlashtirish va ular uchun kalitlarni aniqlash yo‘li bilan hal qilinishi mumkin. Hozirgi kunda axborot tizimlari ishlab chiqaruvchilar ma’lumotlarni uchinchi normal formada tasvirlab ishlatishni taklif etadilar.
Funksional bog‘lanish tushunchasi. Relyasion MBda ma’lumotlarni tuzilmasidan tashqari ularni sxematik axborotiga ham etibor beriladi. MBni tuzilmasi haqidagi axborot munosabat sxemasi yordamida beriladi. Sxematik axborotlar esa atributlar orasidagi funksional bog‘lanishlar orqali ifodalanadi. MB munosabatlarida atributlarni tarkibini quyidagi talablarga javob beradigan qilib guruhlash kerak:
Atributlar orasidagi zaruriy bo‘lmagan takrorlanishlar bo‘lmasligi kerak.
Atributlarni guruhlaganda ma’lumotlar takrorlanishi minimal darajada qilib ta’minlanishi kerak. Bu bevosita ma’lumotlarni tez qayta ishlash imkonini beradi. Bunga normallashtirish jarayoni yordamida erishiladi.
Normallashtirish deganda berilgan munosabatni bir necha marta oddiy va kichik munosabatlarga ajratish tushuniladi. Bu jarayonda mumkin bo‘lgan barcha funksional bog‘lanishlar aniqlanadi.
Masalan A va B atributlar berilgan bo‘lsin. Agar ixtiyoriy vaqtda A atributni bittadan ortiq bo‘lmagan qiymati mos kelsa, unda B atributda funksional bog‘langan deyiladi va quyidagicha belgilanadi: