Ma’lumotlar bazasi va MBBT ni fizik tashkil etish. MBBT komponentalari va ularni amaliy dasturlar bilan o‘zaro bog‘liqligi ma’lumotlarni fizik tasvirlashda muhim o‘rin tutadi. MBBT murakkab til dastur kompleksidan iborat bo‘lib, MBni ishlash imkoniyatini ta’minlaydi. MBBT tarkibiga tizimli dasturlar kompleksi kiradi. Bu kompleksni markaziy komponentasi monitor yoki boshqaruvchi dasturlar hisoblanadi. Komponentalarning fizik tashkil etuvchilari 7.2-rasmda berilgan.
7.2-rasm. MBBTning fizik tashkil etuvchilari
7.2-rasmda amaliy dasturlar tarkibidagi ma’lumotlar bilan ishlash tili (YAMD)ni bitta operatorini bajarishiga tegishli bo‘lgan amallar ketma – ketligi ko‘rsatilgan.
Masalan, bu MBdan ma’lumotlarni o‘qish so‘rovi operatori bo‘lib xizmat qilsin. Unda yo‘nalishlar quyidagi ma’noga ega:
Amaliy dasturlar MBga (YAMD) operatori orqali murojaat qilsin. Uni monitor tomonidan tahlil qilinadi.
Talqin qilish jarayonida monitor oldindan translyatsiya qilib qo‘yilgan sxemani ishlatadi.
Bu so‘rovga tegishli ma’lumotlar aniqlanib bo‘lingandan keyin, monitor OTga tashqi xotiraga murojaat qilishni amalga oshirish talabi bilan murojaat qiladi.
OT MBga murojaatni bajaradi. Bu xuddi fayllarga murojaat qilish kabi oddiy bajariladi.
Talab qilingan ma’lumotlar tashqi xotiradan tizimni bufer sohasiga uzatiladi.
Ma’lumotlar amaliy dasturlarni ishchi sohasiga jo‘natiladi.
Monitor amaliy dasturga so‘rovni bajarish natijalari xabarini beradi.
Amaliy dastur MBdan olingan ma’lumotlar ustida kerakli amallarni bajaradi.
Manzillash usullari. Bitta mashina ko‘rsatmasi yordamida o‘qish mumkin bo‘lgan bitlar guruhi fizik yozuvlar deb ataladi. Fizik yozuvlar mashina xotirasining yacheykalarida saqlanadi va mashina adreslari yordamida identifikatsiyalanadi. Dasturlar mantiqiy yozuvlarni kalitlar yordamida aniqlaydi. Dastur uchun zarur bo‘lgan ma’lumotni mantiqiy yozuv kalitlari yordamida fizik yozuvlarni adreslarini aniqlaydi. Dastur uchun zarur bo‘lgan ma’lumotni mantiqiy yozuv kalitlari yordamida fizik yozuvlarni manzillarini aniqlanadi. Kalit qiymatlari juda ko‘p bo‘lganligi uchun mashina manzillar bilan munosiblikni aniqlash uchun xilma – xil manzilash usulidan foydalaniladi. Kalit sifatida har bir yozuvda joylashgan piksellangan uzunlikdagi maydonlardan foydalaniladi. Ba’zi hollarda kalit sifatida bir nechta maydon olinadi va bunda ulangan kalitlar hosil qilinadi. Fayllardagi yozuvlarni bir qiymatli aniqlash uchun albatta yagona kalit mavjud bo‘lishi kerak va bunday kalitlar birlamchi kalitlar deb ataladi.
Yozuvlarni manzillashning quyidagi usullari mavjud:
Fayllarni ketma – ket saqlash usuli. Har bir yozuv kaliti tekshiriladi. Bunday usul ko‘p vaqtni talab etadi.
Blokli qidirish. Agar yozuvlar kalit bo‘yicha tartiblangan bo‘lsa, fayllarni skanerlashda har bir yozuvni o‘qib chiqish talab etilmaydi. Bunday hollada kerakli yozuvdarni topish uchun blokli qidirish usulidan foydalaniladi. Bunda yozuvlar bloklarga guruhlanadi va har bir blok bir martadan tekshiriladi, kerakli yozuv qidirib topilguncha.
Binar qidirish. Bunda soha o‘rtasidagi yozuv topiladi va uning kaliti qidirish tartibi bilan solishtiriladi. So‘ngra qidirish sohasi ikkiga ajratiladi va har bir yarmi alohida qidiriladi. Binar qidirish to‘g‘ridan – to‘g‘ri murojaat qurilmalarida ishlatib bo‘lmaydi.
Nazorat savollari
Munosabotlar nima maqsadda normallashtiriladi?
Munosabotlar atributlariga qanday talablar qo‘yiladi?