7- dars
Sana: 15 .10. 2015 yil
Sinf: 3b,
Fan: Musiqa madaniyati 1 Chorak 7-dars
Mavzu: Musiqaning ifoda vositalari.
Ovoz sozlash:
Notalarni kuylash
Jamoa bo’lib kuylash:“Diyor madhi” Nadim Norho’jaev musiqasi, Habib Rahmat she’ri.
Musiqa savodi: Pauza turlari.
Musiqa tinglash:“Feruza” xalq kuyi
Ritmik harakat:Raqs harakatlari,Uchburchakdajo’r bo’lish
Dars maqsadi:
Ta`limiy maqsad:Musiqaning ifoda vositalari haqida tushincha berish va musiqaning ichki nazariy bilimlarini ham bir yo’laberib borish.
Tarbiyaviy maqsad:O’quvchilarni ona vatanga bo’lgan mehr – muhabbatlarini shakllantirish, musiqa ohangi ostida o’quvchilarni tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarni musiqaga bo’lgan qiziqishlarini va qobiliyatlarini rivojlantirish.
Dars turi: yangi bilim beruvchi dars, aralash.
Dars jihozi: 3-sinf musiqa darsligi, yillik ish reja, reja konspekt, fortepiano musiqa cholg`u asbobi, texnik vosita(USB kalonka), rag`barlantiruvchi kartochkalar, tarqatma materiallar.
Dars metodi: guruhlarga bo’lib ishlash, inter faol usullar, fikrlovchi dars.
Tashkiliy qism: O’quvchilar bilan salomlashish, tozalik va davomatni aniqlash. Salomlashib, davomat aniqlanadi, o’quvchilarning darsga tayyorgarligi tekshiriladi.O’tilgan mavzularni takrorlab mustahkamlash uchun har bir qatordagi 10 tadan o’quvchiga savollar tarqatiladi va berilgan daqiqa ichida savollarga tug`ri javob berishgan o’quvchilar quvnoq notachalar bilan rag`barlantiriladi.
O’tilgan mavzuni mustahkamlash: O’quvchilardan avallgi darslarda o’tilgan mavzularni so’rab baholash va savol javob o’tkazish.
Yangi mavzu bayoni: Musiqa -san’atning bir turidir u turli cho’zim va balandliklar yordamida obraz yaratib beradi. Musiqaning asosi kuy bo’lib, o’lchov,usul,sur’at, va dinamik belgilar musiqaning ifoda vositalari hisoblanadi.
Musiqaning tovushlari bir-biri bilan o’zaro bog’lanishi kuy ohang deyiladi
Musiqiy tovushlarining kuchli , kuchsiz kelishiga usul deyiladi.
Musiqiy tovushlarning muayyan tartibda o’zaro bog’lanishi lad deyiladi.
Taktda kuchli va kuchsiz hissalarning bir maqomda almashib turishiga o’lchov deyiladi.
Kuy tezligi sur’at deyiladi.
Kuyni kuchli va kuchsiz jaranglashini ko’rsatuvchi belgilar dinamik belgilar deyiladi.
Mustahkamlash: Ma’lum bir qo’shiqda o’lchov,usul, lad, dinamik belgilarinini alohida ko’rsatib mustahkamlaymiz.
Dars yakuni:O’quvchilar bilimini tekshirib darsda faol ishtirok etgan o’quvchilar baholanadi.
“Diyor madhi”
Ona Vatan ertasi, Orzularim uch berar,
Kelajakning mevasi. Diyor mehri kuch berar.
Bilim, hunar egasi, Dilda yorug’ tuyg’ular,
Biz bo’lamiz albatta, Yorug’likka oshnamiz,
Niyatlar ulkan, katta. Ezgu ishga tashnamiz.
Dovrug’lidir Vatanim,
Obro’lidir Vatanim.
Dunyodagi chamanim,
Ko’z qoramdek saqlayman,
Ishonchingni oqlayman.
Baholash va rag’batlantirish:Eng yahshi qatnashgan qator “Bugungi dars qahramoni” deb e’lon qilinadi.
Uyga vazifa:O’qib gapirib berish.
Toshkent shahar Yashnobod tumani 255-maktab musiqa
fani o’qituvchisi Otabekova Lazzat Raximboyevnaning
3-sinflarda o’tkazgan
bir soatlik dars ishlanmasi
Do'stlaringiz bilan baham: |