1-takt. So'rish. 1 klapan ochiladi. 2 klapan yopiq. Pastga tomon harakatlanuvchi porshen silindr ichiga yonuvchi aralashmani so'rib oladi.
2-takt. Siqish. Har ikkala klapan yopiq. Yuqoriga tomon harakatlangan porshen yonuvchi aralashmani siqadi. Aralashma siqilganda qiziydi.
3-takt. Ishchi yo'li. Har ikkala klapan yopiq. Porshen yuqori holatda bo'lganda aralashma elektr uchquni 4 vositasida yoqiladi. Natijada bosimi 3–6 MPa, temperaturasi 1600–2200°C bo'lgan qizigan gaz hosil bo'ladi. Gaz bosimi porshenni pastga siljitadi. Porshen harakati tirsakli valni aylantiradi.
4-takt. Chiqarish. 2 klapan ochiladi. 1 klapan yopiq. Porshen yuqoriga harakatlanadi. Yonish mahsulotlari ochiq klapandan atmosferaga chiqib ketadi.
Bir silindrli dvigatelda foydali ish faqat III taktda bajariladi. To'rt silindrli dvigatelda esa porshenlar shunday joylashtiriladiki, har bir taktda bittadan porshen ish yo'lini o'tadi. Natijada tirsakli val 4 marta tez foydali energiya oladi.
1897-yilda nemis injeneri R. Dizel ichki yonuv dvigatelining yangi turini ixtiro qildi. Bunda yonuvchi aralashma siqilmasdan, balki quruq havoning o'zi siqiladi. Siqilish jarayonida havo temperaturasi shunchalik ko'tariladiki, unga berilgan yonilg'i o'z-o'zidan alangalanib ketadi. Shunga ko'ra unga elektr uchquni hosil qiluvchi qurilma ham, yonilg'i aralashmasini tayyorlaydigan karbyurator ham kerak bo'l maydi. Yangi dvigatelning nomini dizeldeb ataldi. Dizel dvigatellarining F.I.K. 31–44% ni tashkil etadi. Karbyuratorli dvigatellarda F.I.K. odatda 25–30% bo'ladi.
Bug' turbinasi. Bug' turbinasida katta bosimga va yuqori temperaturaga ega bo'lgan bug' maxsus trubalar orqali kuraklarga beriladi. Kuraklar esa katta tezlikka ega bo'lgan bug' ta'sirida g'ildirakni aylantiradi (3-rasm).
3-rasm
Turbina ichida bug' kengayib soviydi. Kirish trubasi ingichka bo'lib, chiqish trubasi keng bo'ladi. Turbina faqat bir yo'nalishda aylana oladi. Tezligini ham keng miqyosda o'zgartirib bo'lmaydi. Shunga ko'ra uni transportda qo'llanilmaydi. Uni asosan elektr toki ishlab chiqadigan generatorlarni aylantirishda foydalaniladi. Unda bug'ning energiyasi elektr energiyasiga aylanadi. Dunyoda eng kichik bug' mashinani Gelzenkirxen shahrilik (GFR) 33 yoshli ixtirochi Detli Abraham yasagan. Misdan ishlangan bu mitti mashinaning uzunligi atigi 14 millimetr, bo'yi 12 millimetrni tashkil etadi.