61 mlrd kVt soatdan 72 mlrd kVt soatga yoki 1,2 barobarga



Download 24,56 Kb.
bet2/2
Sana20.06.2022
Hajmi24,56 Kb.
#678740
1   2
Bog'liq
mikro keys

Misol uchun. Bugungi kunda ayrim hududlarda transformatorlarning yuklanganlik darajasi belgilangan 80 foizli texnik me’yordan yuqori.
Respublikaning 101 ta shahar va tumanlarida transformatorlarning yuklanganlik darajasi belgilangan texnik me’yordan yuqoriligi aholini va yangi investitsiya loyihalarini elektr energiyasi bilan to‘liq ta’minlab berolmaslik hamda hududlarda elektr ta’minotida avariyalar soni oshishi xavfini keltirib chiqarmoqda.
Xususan, Toshkent viloyatida transformatorlarning yuklanganlik darajasi 95 foiz, Andijon viloyatida 92 foiz, Toshkent shahrida 90 foiz, Namangan viloyatida 84 foizni tashkil etadi.
3. Narxlarning bozor mexanizmlari asosida shakllanmaganligi va asosiy fondlarning eskirganligi soha korxonalari moliyaviy ahvolining yomonlashuviga olib kelmoqda.
Xususan, 2021-yilni O‘ztransgaz – 2,5 trln so‘m, O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari – 2,1 trln so‘m zarar bilan yakunlagan.
Ta’kidlash lozimki, ushbu davlat korxonalarining zararlari va ularning moliyaviy majburiyatlari pirovardida davlat budjeti xarajatlarining bevosita va bilvosita oshishiga olib kelmoqda.
Elektr energiyasi narxi arzonligi bo‘yicha O‘zbekiston Liviya, Angola, Sudan, Qirg‘iziston, Zimbabve va Tojikistondan so‘ng dunyoda 7-o‘rinni egallaydi (Qirg‘iziston va Tojikistonda elektr energiyasining asosiy qismi gidroelektr stansiyalarida ishlab chiqariladi, shu sababli uning narxi arzonroq).
Bundan tashqari, elektr energiyasining 1 kVt soatining tannarxini 800 so‘m deb olsak, bir oyda o‘rtacha 200 kVt soat elektr energiyasi ishlatadigan xonadon oyiga 101 ming so‘m400 kVt soat elektr ishlatadigan xonadon esa 202 ming so‘m miqdorida shartli subsidiya olmoqda.
Boshqacha qilib aytganda, amaldagi tariflar, asosan, daromadi nisbatan yuqori va mos ravishda ko‘proq energiya resurslari iste’mol qiladigan abonentlarga katta miqdordagi shartli subsidiya berilishiga olib kelmoqda.
Misol uchun, bir paytning o‘zida 2-3 ta konditsioner, bittadan ortiq muzlatkich, kompyuter va boshqa elektr jihozlaridan foydalanuvchi, ya’ni to‘lov qobiliyati yuqori xonadonlar mos ravishda ko‘proq elektr energiyasini sarf qiladilar. Natijada ushbu xonadonlar ko‘proq shartli subsidiya olmoqdalar.
Respublikada tabiiy gaz iste’mol qiluvchi jami 4 mln abonent mavjud. Ushbu xonadonlarning 85 foizi yoki 3,4 mln ta abonent oyiga o‘rtacha 500 kub metrgacha tabiiy gaz iste’mol qiladi. Lekin, ularning hissasiga aholi jami iste’molining bor-yo‘g‘i 35 foizi (4,5 mlrd kub m) to‘g‘ri keladi.
Shuningdek, elektr energiyasi iste’mol qiluvchi jami 7,3 mln abonent mavjud. Ularning 80 foizi oyiga o‘rtacha 200 kVt soatgacha elektr energiyasini iste’mol qiladi. Lekin, mazkur xonadonlarning hissasiga aholi iste’mol qiladigan jami elektr energiyasining bor-yo‘g‘i 31 foizi (5,7 mlrd kVt s) to‘g‘ri keladi.
Misol uchun, bugungi kunda 1000 kub metr tabiiy gazning tannarxini 1,4 mln so‘m deb olsak, o‘rtacha bir oyda 500 kub m gaz ishlatadigan xonadon oyiga 500 ming so‘m, lekin 1000 kub metr gaz ishlatadigan xonadon 2 barobar ko‘p yoki 1 mln so‘m shartli subsidiya olmoqda.
4. Aholi sonining oshib borishi va iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi natijasida yuzaga keladigan talabni ta’minlash uchun energiya resurslari ishlab chiqarishning qo‘shimcha quvvatlarini barpo etish lozim.
Misol uchun, 2030-yilga borib respublika iste’molchilarining tabiiy gazga bo‘lgan yillik talabi hozirgi 54,2 mlrd kub metrdan 65 mlrd kub metrgacha oshishi hisob-kitob qilingan.
Elektr energiyasida esa bu ko‘rsatkich joriy 74 mlrd kVt soatdan 110 mlrd kVt soatgacha oshishi kutilmoqda. Yiliga 110 mlrd kVt soat elektr energiyasi yetkazib berish uchun qo‘shimcha ravishda 19 GVt quvvatli yangi elektr stansiyalari qurilishi talab etiladi.
Yuqorida keltirib o‘tilgan energoresurslar bo‘yicha qo‘shimcha quvvatlarni yaratish uchun kamida 25 mlrd dollar mablag‘lar zarur.
Vaholanki, “O‘zbekneftgaz” AJ va “Issiqlik elektr stansiyalari” AJning amaldagi moliyaviy holati bu qiymatdagi loyihalarni amalga oshirishga imkon bermaydi.
Shu bilan birga, mazkur korxonalar tomonidan kredit mablag‘larining jalb etilishi, o‘z navbatida, respublikaning tashqi qarzi hajmining oshishiga olib keladi.
Shundan kelib chiqib, sohaga xususiy investitsiyalarni, shu jumladan, davlat-xususiy sherikchilik tamoyili asosida keng jalb etish kelajakda yangi quvvatlarni yaratishning birdan-bir yo‘li bo‘lib hisoblanadi.
Bunda, energetika sohasiga xususiy investitsiyalarni jalb qilishning eng zaruriy sharti – bu ular ishtirokida ishlab chiqariladigan elektr energiyasini rentabelli, ya’ni foyda keltiradigan narxlarda sotish bo‘lib hisoblanadi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, respublikaning yildan yilga oshib borayotgan energo resurslar talabini barqaror va to‘liq ta’minlab borish hamda sohaga xususiy investitsiyalarning kirib kelishini ta’minlash uchun respublika energiya resurslari bozorini bosqichma-bosqich isloh qilish zarur.
Albatta islohotlarning ushbu o‘tish davrida aholining kam ta’minlangan va past daromadli qatlami manfaatlaridan kelib chiqib, ijtimoiy himoya choralari ishlab chiqilmoqda.
Bundan tashqari, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari, jumladan, pensiya va bolalari uchun nafaqa oluvchilarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha alohida qo‘shimcha chora-tadbirlar amalga oshiriladi.
Ta’kidlash joizki, davlat tomonidan energiya resurslari narxlarini “shartli subsidiyalash” amaliyoti saqlab qolinadi. Biroq, “shartli subsidiyalar”ni taqsimlashda ijtimoiy himoya samaradorligini oshirish maqsadida “ijtimoiy norma” tizimi butun respublika bo‘yicha amalga kiritiladi.
Ma’lumot uchun. Energiya iste’mol qilishning ijtimoiy normasi sifatida aholi tomonidan imtiyozli tarif bo‘yicha to‘lanadigan ma’lum miqdordagi energiya tushuniladi. Ya’ni, muayyan belgilangan miqdorgacha nisbatan pastroq (imtiyozli) narxda sotiladi va bu miqdordan oshig‘i erkin bozor narxida sotiladi.
Energetika sohasidagi islohotlar tabiiy gaz va elektr energiya tariflarini ijtimoiy adolat tamoyillari asosida belgilash hamda aholi va tadbirkorlarimiz uchun energiya ta’minotining uzluksizligi va ko‘lamini kengaytirish uchun zamin yaratadi.
Download 24,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish