61 mlrd kVt soatdan 72 mlrd kVt soatga yoki 1,2 barobarga



Download 24,56 Kb.
bet1/2
Sana20.06.2022
Hajmi24,56 Kb.
#678740
  1   2
Bog'liq
mikro keys


So‘nggi 5 yilda O‘zbekistonda elektr energiyasini ishlab chiqarish hajmi 61 mlrd kVt soatdan 72 mlrd kVt soatga yoki 1,2 barobarga oshdi. Bunda aholi iste’moli uchun yetkazib berilgan elektr energiyasi 11 mlrd kVt soatdan 16 mlrd kVt soatgacha yoki 1,5 barobarga o‘sdi.
Shunga qaramasdan, yetkazib berish infratuzilmasi bilan bog‘liq muammolarning mavjudligi hisobiga 2021-yilda respublika bo‘yicha elektr energiyasiga qondirilmagan talab hisob-kitoblarga ko‘ra, 2-3 mlrd kVt soatni tashkil etadi.
Bundan tashqari, quyidagi omillar hisobiga energo resurslari bozori va energo ta’minot tizimini isloh qilishning zaruriyati yuzaga kelmoqda:
1. Issiqlik elektr stansiyalaridagi (IES) energobloklarning aksariyati 25 yildan ortiq muddatda foydalanib kelinmoqda, ularning foydali ish koeffitsiyenti past (25-35%) va zamonaviy bug‘-gaz uskunalariga (foydali ish koeffitsiyenti – 55-60%) qaraganda 2 baravar ko‘p yoqilg‘i sarflaydi.
Jumladan, so‘nggi uch yilda IESlarga elektr energiyasi ishlab chiqarish uchun yetkazib berilgan tabiiy gaz hajmi 15 mlrd kub metrdan 17 mlrd kub metrga yetdi.
Shuningdek, ushbu davrda aholiga yetkazib berilgan tabiiy gaz hajmi ham 10 mlrd kub metrdan 13 mlrd kub metrga ko‘paydi.
Shuni ta’kidlash lozimki, tabiiy gazga ichki bozorning talabini qondirish uchun eksport hajmlari keskin kamaydi.
Misol uchun, 2019-yilda tabiiy gaz eksporti 12,2 mlrd kub metrni tashkil etgan bo‘lsa, joriy yilda 3,3 mlrd kub metrni tashkil etishi rejalashtirilgan. Bundan tashqari, ushbu davrda tabiiy gazning import hajmi 0,2 mlrd kub metrdan 4 mlrd kub metrgacha oshdi.
Ya’ni, respublika iste’molchilarining yildan yilga oshib borayotgan talabi bozorga erkin narxlarda sotib olinadigan tabiiy gaz hajmi oshirilishi hisobiga qoplanmoqda.
Buning natijasida davlat budjeti hisobidan amaldagi subsidiyalangan (yoki haqiqiy tannarxidan arzonroq) tabiiy gaz tariflari darajasini saqlab turish uchun bevosita va bilvosita xarajatlar hajmi ham oshib bormoqda.
2. Mavjud elektr uzatish tarmoqlari va transformatorlarning asosiy qismining quvvat o‘tkazish qobiliyati pastligi iste’molchilarga elektr energiyasini yetarli hajmda yetkazib berish imkoniyatini bermaydi.
Shuningdek, elektr ta’minotidagi ko‘p sonli uzilishlarga va elektr energiyasining sifat ko‘rsatkichlari yomonlashishiga olib keluvchi taqsimlovchi tarmoqlar va transformatorlarning yuqori darajada eskirganligi sabab bo‘lmoqda.

Download 24,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish