1. 60% li eritmada tuzning massasi 2 marta, suvning massasi esa 5 marta oshirildi. Hosil bo’lgan eritmaning foiz konsentratsiyasini aniqlang?
A) 37,5 B) 25 C) 43,5 D) 55
2. 25 mol/kg li NaOH eritmasiga suv qo’shib 6,25 mol/kg li 500 g eritma tayyorlandi. Bunda ishlatilgan suvning massasini toping?
A) 300 B) 200 C) 500 D) 400
3. Neopentilformiat molekulasidagi atomlar sonini aniqlang.
A) 20 ta B) 17 ta C) 14 ta D) 23 ta
4. Quyidagi qaysi fikrlar togri?
1) pH>pOH bolsa,
eritma kislotalidir;
2) pOH=4 bolgan eritmada [H+]=10
-10
3) pH>7 bolgan eritma, metilzarg’aldogi eritmasi ta’sirida rangi ozgarmaydi;
4) kuchli kislota eritmasi suv bilan suyultirilganda
pOH qiymati kamayadi;
A) 1, 4 B) 1, 3 C) 2, 3 D) 2, 4
5. 100 g 30% li eritmadan x g chiqarilib yuborildi va yana eritmaga x g suv qo’shildi. Shunda eritmaning foizi 24% ga teng bo’lsa, x ni toping?
A) 10 B) 20 C) 30 D) 40
6. Ekvimolyar nisbatda olingan KMnO4 va HCl tutgan 500 ml (ρ= 1,25) eritmadan 8,96 l (n.sh) Cl2 ajralib chiqdi. Agar reaksiya mahsulotining unumi 80% ni tashkil etsa, dastlabki eritmadagi HCl ning konsentratsiyasini (mol/l) aniqlang?
A) 3,2 B) 2,56 C) 4,0 D) 1,25
7. 2A(g) = 3B(g) reaksiya 3minut davomida A modda konsentratsiyasi 3,2mol/l dan 2,6mol/l gacha kamaysa, B modda bo’yicha reaskiya tezligini (mol/l*min) toping?
A) 0.2 B) 0.3 C) 0.25 D) 0.15
8. Tuz namunasi termik parchalanganda 34 g ammiak, 18 g suv va 44 g CO2 hosil bo’ldi. Tuzning molyar massasi 96 g/mol bo’lsa, 1 dona tuz molekulasidagi atomlar sonini toping.
A) 14 B) 12 C) 7 D) 9
9. Oq fosfor yondirilganda 1:2 mol nisbatda 54,3 gr V va III oksidlar aralashmasi olindi. Reaksiyada sarflangan kislorodni hajmini (l, n.sh) aniqlang?
A) 13,44 B) 17,92 C) 18,48 D) 15,68
10. Gibrid orbitallari soni atomlari sonidan 8 taga ko’p bo’lgan moddani aniqlang?
A) sulfat kislota B) xlorat kislota
C) pentanol D)
sulfat angidrid
11. Molekulasida sp2-gibridlangan uglerod atomi bo‘lgan moddani aniqlang.
A) metilsiklopropan B) akril kislota
C) metanol D) etin
12. Gomogen aralashmalarni tarkibiy qismga ajratish uchun qaysi usuldan foydalaniladi?
A) tindirish B) bug`latish
C) filtrlash D)
dekantatsiya
13. Geksanga ekvimolyar nisbatda benzol gomologi qo`shilganda atomlar soni 2,2 marta ortgan bo`lsa, benzol gomologining molyar massasini (g/mol) aniqlang.
A) 92 B) 106 C) 120 D) 134
14. 0,2 mol alken kaliy permanganat(H2O) eritmasiga yuttirilganda eritma massasi 2,4 g ga ortgan bo`lsa, alkenni aniqlang.
A) C
2H
4 B) C
3H
6 C) C
4H
8 D) C
5H
10
15. X modda suyuqlanmasi 1,5A tok bilan elektroliz qilinganda katodda 0.15 mol Cu ajralgan bo’lsa, elektroliz qancha (sek) davom etgan. ( X modda Cu+2 tuzi)
A) 19300 B) 28950 C) 14475 D) 9650
16. 100sm3 X modda suyuq holatdan qattiq holatga o`tganda hajm qanday o`zgaradi?
d(suyuq) = 1,0 g/ sm
3 ; d(qattiq) = 0,80 g/ sm
3
A) 25 sm
3 ga ortadi B) 25 sm
3ga kamayadi
C) 20 sm
3 ga ortadi D) 20 sm
3 ga kamayadi
17. 2 mol ishqoriy metal gidridi 108 g suvda eritilganda 40% li eritma hosil bo`ladi. Agar 4,0 g metall gidrid 37 g suvda eritilganda necha foizli eritma hosil bo`ladi?
A) 10 B) 20 C) 30 D) 40
18. Quyidagi jadvaldan foydalanib kationni aniqlang
Kuchli elektrolit
|
n(X+2)
|
Dissotsilanish darajasi(%)
|
66g X2SO4
|
0,4
|
40
|
A) kaliy B) natriy C) litiy D)
ammoniy
19. Quyidagi jadvaldan foydalanib, x ni toping.
Massasi
|
Alkandagi C massasi
|
Alkandagi C-H
|
29
|
24
|
X
|
A) 6 B) 8 C) 10 D) 12
20. 0,2 mol glutamin kislota (2-aminopentandikarbonkislota) saqlagan eritmaga dastlab 0,5 mol vodorod xlorid keyin 1,1 mol natriy gidroksid qo`shildi. Jarayon oxirida moddadan qancha miqdorda ortib qolishini aniqlang.
A) n(HCl) = 0,3 mol B) n(NaOH) = 0,4 mol
C) n(HCl) = 0,2 mol D) n(NaOH) = 0,2 mol
21. 500 g 30% li eritmadan suv bug`lanishi natijasida eritma massasi 100 g ga kamaygan bo`lsa, bug`langan suv massasini (g) hisoblang. (T=const)
A) 90 B) 80 C) 70 D) 60
22. Umumiy formulasi CnH2n-12 bo`lgan uglevodorod molekulasidagi umumiy bog`lar sonini topish formulasini ko`rsating.
A) 3n-7 B) 3n-6 C) 3n-5 D) 3n-4
23. Dixloralkan→ A → monobromalkan→ B→ oddiy efir ushbu sxema bo`yicha oddiy efir molekulasida 21 ta atom bo`lsa, A va B moddaning molyar massalari yig`indisini hisoblang.
A) 74 B) 102 C) 130 D) 158
24. 100 g 6,0% li nitrat kislota eritmasiga sulfat kislota eritmasi qo`shildi. Hosil bo`lgan eritmadagi nitrat kislota va sulfat kislotaning massa ulushlari mos ravishda 5,0 % va 7,5 % bo`lsa, qo`shilgan sulfat kislota eritmasining foiz konsentratsiyalarini hisoblang.
A) 15% B) 30 % C) 45% D) 60%
25. Konsentrlangan nitrat kislota eritmasida ma`lum miqdordagi mis eritilganda eritma massasi 14 g ga kamaygan bo`lsa, ajralgan gaz miqdorini(mol) hisoblang.
A) 0,5 B) 1 C) 2 D) 4
26. Titri 300mg/sm3 bo`lgan temir(III) sulfat eritmasining normal konsentratsiyasini hisoblang.
A) 1,5 B) 3,0 C) 4,5 D) 6,0
27. Turli qo`shimchalar bilan ifloslanmagan malaxitni termik parchalanishida 24 g mis (II) oksidi hosil bo`ldi. Reaksiya unumi 75% bo`lganligi ma`lum. Parchalangan malaxit massasini (g) hisoblang.
A) 44,4 B) 22,2 C) 33,3 D) 88,8
28. 77,5 g amin molekulasi tarkibida 17,5 mol atom bo’lsa, noma’lum aminni toping.
A) metilamin B) etilamin
C) propilamin D) butilamin
29. 57,5 g natriy 15·NA dona atom tutgan suvda to`liq eritildi. Olingan eritma massasini (g) hisoblang
A) 147,5 B) 145 C) 327,5 D) 325
30. 30,4 g ikki valentli metall sulfat tuzi suvda eritilib 250 ml eritma olindi. Olingan eritmada Me
2+ va SO
2-4 ionlarining konsetratsiyalari yig`indisi 1,6 mol/l ni tashkil etsa, metallni aniqlang. (Gidroliz
hisobga olinmasin,α=1)
A) Fe B) Cu C) Cr D) Zn