DAVR XARAJATLARI
Davr xarajatlari tahlili, Davr xarajatlari deyilganda– bevosita ishlab chiqarish jarayoni bi-lan bog‘liq bo‘lmagan xarajatlar va sarflar tushuniladi. Davr xarajatlari tarkibiga mahsulot ishlab chiqarish tannarxiga kiritilmaydigan xo‘jalik sarflari kiritiladi. Ularni yuzaga chiqish shakli va o‘rniga qarab quyidagilarga ajratish mumkin. O'zgaruvchan ishlab chiqarish xarajatlari har doim ham mahsulot ishlab chiqarish sur'atlariga mutanosib ravishda oshib boravermaydi. Masalan, kompaniya ko'proq mahsulot ishlab chiqarishga qaror qildi va buning uchun tungi smenani taqdim etdi. Bunday vaqtda ish uchun to'lov ko'proq bo'ladi va natijada kompaniya katta qo'shimcha xarajatlarni o'z zimmasiga oladi. Qisqa muddatli davr - bu ishlab chiqarish omillarining bir guruhi doimiy, boshqasi o'zgaruvchan bo'lgan vaqt davri. Bunday holda, barqaror omillarga binoning maydoni, tuzilmalar hajmi, ishlatilgan mashina va uskunalar soni kiradi. O'zgaruvchan omillar xom ashyo, ishchilar soni. Uzoq muddatli davr - bu barcha ishlab chiqarish omillari o'zgaruvchan bo'lgan vaqt davri. Haqiqat shundaki, uzoq vaqt davomida har qanday kompaniya binolarni ko'proq yoki kamroq darajada o'zgartirishi, uskunalarni to'liq yangilashi, o'zi boshqaradigan korxonalar sonini kamaytirishi yoki kengaytirishi, boshqaruv xodimlarining tarkibini o'zgartirishi mumkin. Ya'ni, uzoq muddatli davrda barcha xarajatlar o'zgaruvchan ishlab chiqarish xarajatlari sifatida ko'rib chiqiladi.
Uzoq muddatli biznesni rejalashtirayotganda, korxona eng samarali ishlab chiqarishga erishish uchun barcha mumkin bo'lgan xarajatlarni chuqur va puxta tahlil qilib, kelajakdagi xarajatlar dinamikasini tuzishi kerak. Agar kompaniyaning tovarlari katta talabga ega bo'lmasa va ularning oz miqdorini ishlab chiqarish rejalashtirilgan bo'lsa, bu holda kichik ishlab chiqarishni tashkil etish yaxshiroqdir. O'rtacha xarajatlar katta ishlab chiqarishga qaraganda ancha past bo'ladi. Agar bozor bahosi tovarlarga katta talabni ko'rsatgan bo'lsa, u holda kompaniya uchun katta ishlab chiqarishni tashkil qilish foydaliroq bo'ladi. Bu iqtisodiy jihatdan samaraliroq bo'ladi va eng past sobit, o'zgaruvchan va umumiy xarajatlarga ega bo'ladi.
Keyinchalik daromadliroq ishlab chiqarish variantini tanlab, kompaniya resurslarni o'z vaqtida o'zgartirish imkoniyatiga ega bo'lish uchun doimiy ravishda barcha xarajatlarni kuzatib borishi kerak.
Ishlab chiqarishni boshlashdan oldin har qanday kompaniya qanday foyda olishiga ishonishi kerak. Buning uchun u mahsulot yoki xizmatlarni qaysi narxda sotishi haqidagi talabni o'rganadi. Va taxmin qilingan foydani xarajatlar (xarajatlar) bilan taqqoslaydi. Qisqa muddatda barcha xarajatlar sobit va o'zgaruvchanlarga bo'linadi. Ishlab chiqarishning butun hajmi va bir birlikning o'rtacha xarajatlari o'rtasidagi umumiy xarajatlarni farqlash muhimdir. Biz har bir turni batafsil ko'rib chiqamiz.
Ruxsat etilgan (FC) xarajatlar ishlab chiqarilgan mahsulotning hajmiga bog'liq emas (Q) va ishlab chiqarish boshlanishidan oldin paydo bo'ladi: uskunalarning eskirishi, ish haqi va boshqalar. Faoliyat uchun shart-sharoitlar yaratish xarajatlari ham deyiladi. Ya'ni, agar ishlab chiqarish hajmi 20 foizga kamaytirilsa, bunday xarajatlarning qiymati o'zgarmaydi.
O'zgaruvchan (VC) xarajatlar ish yukiga qarab o'zgaradi: materiallar, ishchilarning ish haqi, transport va boshqalar. Masalan, quvur ishlab chiqarish zavodida metallning narxi 5% ga, quvurlar ishlab chiqarish 5% ga oshadi. Ya'ni o'zgarishlar mutanosib ravishda sodir bo'ladi. Yuqorida muhokama qilingan xarajatlar darhol qabul qilinishi kerak bo'lgan qarorlar edi. Masalan, chegirma bilan sotiladigan tovarlarni ishlab chiqarishni qancha oshirishingiz mumkinligini aniqlash uchun. Uzoq vaqt davomida tashkilot ishlab chiqarishning barcha omillarini o'zgartirishi mumkin, ya'ni barcha xarajatlar o'zgarib turadi. Ammo, agar korxona avtomatik telefon stantsiyalari ko'payadigan hajmga yetsa, unda ishlab chiqarishning doimiy omillarini sozlash kerak. Ishlab chiqarish jarayoni bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan boshqamoliyaviy sarflar va sotish bo‘yicha xarajatlar, boshqaruv xarajatlari davr xarajatlari bo‘lib hisoblanadi.Schyotlar rejasiga binoan davr xarajatlari quyidagi schyotlarda aks etadi. Shu yerda Kelgusi davr xarajatlariga ham to’xtalib o’tsak:
–gazeta vajurnallarga yillik obuna xarajatlari;
– mulklarni yillik sug‘urta qilish xarajatlari;
– kelgusi davrlar uchun oldindan to‘langan ijara haqi summalari vaboshqa shu turdagi xarajatlar.
Kelgusi davr xarajatlarini hisobga olish uchun quyidagi schyotlardan foydalanish ko‘zda tutilgan:
3110-«Oldindan to‘langan ijara haqi».
3120-«Oldindan to‘langan xizmat haqi».
3190-«Boshqa bo‘nak xarajatlari».Bu schyotlar aktiv bo‘lib, ularning debetida hisobot davrida qilinganva mahsulot tannarxiga kelgusi hisobot davrlarida qo‘shiladigan xarajatlaraks ettiriladi. Schyotlarning kreditida esa ushbu xarajatlarning hisobdanchiqarilishi aks ettiriladi.
3110-«Oldindan to‘langan ijara haqi» schyotida hisobot davrida kelgusi hisobot davrlariga tegishli to‘langan ijara haqlari hisobga olinadi.
3120-«Oldindan to‘langan xizmat haqi» schyotida hisobot davrida kelgusi hisobot davriga taalluqli bo‘lgan to‘langan xizmat haqlari hisobga olinadi.
3190-«Boshqa bo‘nak xarajatlari» schyotida yuqoridagi schyotlarda hisobga olinmaydigan boshqa turdagi kelgusi davr xarajatlari hisobga olinadi.
Shuningdek, hisobot yilida kelgusi davr xarajatlari va to‘lovlarini ishlab chiqarish va muomala xarajatlariga bir me’yorlarda kiritishni ta’minlash maqsadida, foyda hisobidan rezerv (zahira) fondini tashkil qiladi. Rezerv fondi hisobidan korxonaning hisobot yili davrida ko‘zda tutilgan zararlari, nobudgarchiliklari, asosiy vositalarini tuzatish xarajatlari, xodimlarning mehnat ta’tillariga haq to‘lash, ularni ko‘p yillik mehnatlarini taqdirlash kabi boshqa xarajatlari qoplanadi.O‘zining mablag‘lari ustav kapitali, fondlar va foydadan iborat bo‘ladi. Ustav kapitali, korxonani foaliyat ko‘rsatishni ta’minlash uchun, uni tashkil qilish vaqtida ta’sischilarning ta’sis hujjatlarida belgilangan mol-mulkidagi ulushlarning pul ifodasidir. Ustav kapitalini miqdori faqatgina ta’sischilarni umumiy yig‘ilishi qaroriga binoan o‘zgartirilishi mumkin.Foyda mahsulotlarni va korxona uchun keraksiz bo‘lgan asosiy vositalar hamda shu kabi boshqa mulklarni, shuningdek, sotish bilan bog‘liq bo‘lmagan operatsiyalardan tushgan daromadlarni shu operatsiyalar bo‘yicha qilingan xarajatlardan ortiq chiqqan summasidir. Demak, foyda –daromadlarning xarajatlardan ortiq chiqqan summasidir. Mahsulotni sotishdan tushgan foyda, ular uchun pul to‘lovi amalga oshirilgandan so‘ng (naqd pulsiz hisob-kitoblarda korxonaning bank muassasasidagi schyotiga mablag‘ kelib tushganda, naqd pulli hisob-kitoblarda esa mablag‘lar kassaga kelib tushganda) yoki tovarlar yuklab jo‘natilib, haridorga hisob-kitob hujjatlari taqdim etilgandan keyin aniqlanadi. Foyda yil davomida buxgalteriya balansining passiv tomonida alohida moddalarda o‘sib boruvchi jamlikda aks etiriladi. Balansning aktiv qismida esa foydadan avans tariqasida foydalanish yoki haqiqiy ko‘rilgan zarar aks ettiriladi.Chetdan jalb qilingan mablag‘larmanbaiga bank kreditlari va kreditor qarzlar kiradi. Bank kreditlarini korxona faoliyat ko‘rsatishi davomida o‘z mablag‘larini yetmasligi natijasida chetdan mablag‘larni jalb qiladi. Shulardan asosiysi bank 25 kreditlaridir. Bank kreditlari qisqa muddatli va uzoq muddatli bo‘ladi. Kreditlar belgilangan muddatlarda qaytarib berish sharti bilan vaqtincha foydalanish uchun beriladi. Kredit bank tomonidan ma’lum foizlar hisobidan, bankning qayta moliyalash stavkasidan kam bo’lmagan miqdorlarda beriladi. Misol: korxona bir yilga 25 foiz hisobidan 10000000 so‘m kredit olgan bo‘lsa, qaytarib berishda ushbu summani 12500000 so‘m qilib qaytaradi. Boshqa tashkilotlardan jalb qilingan mablag‘larga mol yetkazib beruvchilardan puli to‘langunga qadar, olingan xom ashyo va boshqa moddiy resurslar bo‘yicha qarzlar hamda boshqa har xil kreditor qarzlar kiradi. Bu qarzlar korxonaga mol yetkazib beruvchilardan moddiy qiymatliklarni harid qilishdan boshlab, toki korxona ularning pulini to‘lagungacha bo‘lgan davrda mavjud bo‘ladi. Bu vaqt davomida mol yetkazib beruvchilarga to‘lanishi lozim bo‘lgan qarzlar, korxona mablag‘larining manbai bo‘lib hisoblanadi.
Qishloq xo’jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish samaradorligining asosiy ko’rsatkichlaridan biri bo’lib, mahsulot tannarxi hisoblanadi. Demak, ishlab chiqarish xarajatlari hajmini kamaytirish va mahsulot tannarxi darajasini pasaytirish, samaradorlikni oshirishning asosiy imkoniyatlaridan biridir. Tannarxning pasayishi foydaning ko’payishi va rentabellikning oshishiga olib keladi. Shuning uchun ham ishlab chiqarish xarajatlari hajmi dinamikasini hamda o’simlikchilik va chorvachilik mahsulotlari tannarxi darajasi dinamikasini uzluksiz ravishda tahlil qilish muhim ahamiyatga egadir, chunki tahlil tufayli xarajatlarni kamaytirish va tannarxni pasaytirish imkoniyatlari aniqlanadi, natijada ulardan foydalanish bo’yicha chora-tadbirlar ishlab chiqiladi.
Mahsulot tannarxini o’rganish asosida uni pasaytirish imkoniyatlarini aniqlash tahlilning maqsadidir. Ushbu maqsadga tahlil quyidagi asosiy vazifalarni amalga oshirish orqali erishadi:
1. Mahsulot tannarxi darajasini o’rganish va uning o’zgarishiga ta’sir qiluvchi omillarning ta’sirini aniqlab baho berish;
2. Mahsulot tannarxi tarkibi, tarkibiy tuzilishining o’zgarishini va har bir xarajat moddasi bo’yicha o’zgarishini omilli tahlil qilish hamda baho berish;
3. Tannarxni pasaytirish imkoniyatlarini ko’rsatish va ulardan foydalanish bo’yicha tavsiyalar berish.
Qishloq xo’jalik mahsulotlari tannarxi tahlilining asosiy manbalari bo’lib quyidagilar hisoblanadi:
Korxonaning biznes rejasi ma’lumotlari;
O’simlikchilik va chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularning tannarxi to’g’risidagi buxgalteriya hisobotlarining ma’lumotlari;
Buxgalteriya hisobining «Asosiy ishlab chiqarish hisobi schyoti»ning ma’lumotlari;
Statistik va boshqa axborot ma’lumotlari.
Ushbu xujjatlardagi ma’lumotlar asosida ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotlarning jami tannarxi va mahsulot birligining tannarxi, 1 so’mlik tovar mahsulotiga to’g’ri keladigan xarajatlar darajasi tahlil qilinadi hamda ularni kamaytirish imkoniyatlari ko’rsatiladi.
2. O’simlikchilik va chorvachilik mahsulotlarini ishlab
chiqarish tannarxining tahlili.
Mahsulot tannarxi korxona xo’jalik faoliyatining barcha tomonlarini aks ettiruvchi umumlashtiruvchi ko’rsatkichdir. Ushbu ko’rsatkichni to’g’ri hisoblash va tahlil qilish katta ahamiyatga ega.
Tannarx deb nimaga aytiladi? Mahsulot yetishtirish uchun sarf bo’lgan ishlab chiqarish xarajatlarining pul shaklida ifodalanishi tannarx deb ataladi. Tannarx o’z navbatida jami mahsulot tannarxi, mahsulot birligi tannarxi va 1 so’mlik mahsulotga to’g’ri keladigan xarajat ko’rsatkichlariga bo’linadi. Bu bo’limda bir birlik mahsulot tannarxini tahlil qilish tartibi yoritiladi.
Mahsulot birligining tannarxi tahlilini amalga oshirish uchun solishtirish va zanjirli bog’lanish usullari keng qo’llaniladi.
Hisobot davridagi bir birlik mahsulotning ishlab chiqarish tannarxini bazis davridagi (yoki rejalashtirilgan) tannarxiga solishtirib, mutloq va nisbiy o’zgarishlari aniqlanadi. So’ngra «zanjirli bog’lanish» usuli orqali omilli tahlil etilib, omillarning har birining ta’siriga baho beriladi va pasaytirish imkoniyatlari ko’rsatiladi.
1 s. mahsulot tannarxining o’zgarishi bevosita ekstensiv va intensiv omillar ta’siri ostida sodir bo’ladi. Bu omillar quyidagilardir:
1) 1 gektar ekin maydoni (yoki 1 bosh chorva moli) hisobiga sarf bo’lgan ishlab chiqarish xarajatlari hajmining o’zgarishi;
2) 1 gektar ekin maydonidan olingan hosil (yoki 1 bosh moldan olingan mahsulot) miqdorining o’zgarishi (hosildorlik yoki mahsuldorlikning o’zgarishi).
Ushbu omillar ta’sirini «Zanjirli bog’lanish» usuli orqali aniqlaymiz. Tannarx tahlilini o’simlikchilik mahsuloti misolida ko’rib chiqamiz. Tannarxning o’zgarishiga omillarning ta’sirini aniqlashdan oldin 1 s. mahsulotning shartli tannarxini aniqlab olish zarur. Shartli tannarx qanday aniqlanadi? Shartli tannarxni (ZSh) aniqlash uchun hisobot yilidagi 1 gektar ekin maydoni hisobiga sarf bo’lgan xarajatlar hajmini (IX1) bazis yilidagi hosildorlik darajasiga (H0) bo’lish kerak:
1 gektar ekin maydoni hisobiga to’g’ri keladigan xarajatlar summasini aniqlash uchun u yoki bu ekin turi uchun qilingan jami xarajatlar hajmini (qZ) shu ekin maydoniga (M) bo’lish kerak:
.
Shartli tannarx aniqlangandan keyin mahsulot birligi tannarxini tahlil qilish mumkin, ya’ni har bir omilning ta’sirini aniqlab, uning darajasiga baho beriladi.
Tahlil quyidagi tartibda amalga oshiriladi.
Birinchi navbatda 1 s. mahsulot tannarxining umumiy o’zgarishi aniqlanadi. Buning uchun hisobot yilidagi 1 s. mahsulot tannarxidan bazis yilidagi (yoki rejadagi) 1 s. mahsulot tannarxi chegirib tashlanadi
Ushbu o’zgarishga omillarning ta’siri quyidagicha aniqlanadi.
1 s. mahsulot tannarxining o’zgarishiga ekstensiv omilning, ya’ni 1 ga ekin maydoni hisobiga sarf bo’lgan xarajat summasi o’zgarishining ta’sirini aniqlash uchun 1 s. mahsulotning shartli tannarxidan uning bazis davridagi (yoki rejadagi) tannarxini chegirib tashlash kerak:
1 s. mahsulot tannarxining o’zgarishiga intensiv omilning, ya’ni hosildorlik darajasi o’zgarishining ta’sirini aniqlash uchun 1 s. mahsulotning hisobot yilidagi tannarxidan shartli tannarxini chegirib tashlash kerak:
Ushbu ikki omil ta’sirlarining yig’indisi 1 s. mahsulot tannarxining umumiy o’zgarishiga teng kelishi kerak. Shundan keyin omillar ta’siriga baho berilib, xulosa qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |