VI.Uyga vazifa. 19-mashq shartiga ko‘ra berilgan so‘zlar ishtirokida darslikdagi namunaga muvofiq gaplar tuzish hamda ularning talaffuzi va imlosidagi farqlarni topish, "Bo‘g‘in va urg‘u" mavzusi yuzasidan o‘rganilganlarni o‘qib kelish uy vazifasi qilib beriladi.
Ko`rdim.
O`TIBDO`:
Direktor:
5.09.2015.
Mavzuni o‘rganish uchun qo‘shimcha adabiyotlar:
1.Abdullayev Y. Sovg‘a (yangi alifbo va imlodan qo‘llanma).—
Toshkent: O‘qituvchi, 1996.–79-b.
2.Jumaniyozov R., Zufarov T. Harflar gulshani.–Toshkent: G‘ G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1994.–72-b.
3.Rizayev S. Imlo va talaffuz lug‘ati.– Toshkent: O‘qituvchi, 1998.– 80-b.
7.09.2015. 6-sinf. Ona tili.
5-dars. BO‘G‘IN VA URG‘U
Darsning maqsadi:
A)Tarbiyaviy:Bo‘g‘in va urg‘uga oid nazariy bilimlarni amaliy mashqlar asosida mustahkamlash.
B)Ta`limiy:O‘quvchilarda ilmga mehr-muhabbat uyg‘otish.
S)Rivojlantiruvchi:O‘quvchilarni mustaqil fikrlashga o‘rgatish.
Darsning metodi : suhbat, o‘yin , mustaqil ish.
Darsning jihozi: 6-sinf ona tili darsligi,lug‘at diktant matni,tarqatmalar.
Tashkiliy qism.
a) o’quvchilarning darsga tayyorligini tekshirish;
b) guruh boshliqlarining axborotlarini eshitish;
s) odob va axloq haqida ibratli sh’erlar aytish.
Darsni lug‘at diktant bilan boshlash mumkin. Diktant asosida avvalgi darsda o‘rganilgan so‘zlar talaffuzi va imlosi yuzasidan berilgan bilimlar yana bir bora mustahkamlanadi.
Lug‘at diktant uchun so‘zlar: savob, qand, go‘sht, do‘st, fikr, zikr, hukmi, jahon, hurriyat, darvoza, tarozibon, kompaniya.
So‘zlarni bir o‘quvchi yozuv taxtasiga, qolgan o‘quvchilar daftarlariga yozadilar. O‘qituvchi so‘zlarning imlosini tekshirib, xatolar bo‘lsa, ularning to‘g‘ri yozilish shakllarini, xatolarning yuzaga kelish sabablarini tushuntiradi hamda xato yozgan o‘quvchilarga mazkur so‘zlarni qayta-qayta yozish yuzasidan topshiriqlar beradi. Darsda uzviylik va izchillikni ta’minlash maqsadida o‘quvchilarga bo‘g‘in va urg‘uga oid nazariy fikrlarni lug‘at diktant matnidagi so‘zlar asosida izohlashni top-shirish mumkin. Masalan, o‘quvchilar "Bo‘g‘in deb nimaga aytiladi?" degan savolga "Bir havo zarbi bilan aytilgan tovush va tovushlar majmuyi bo‘g‘in deyiladi", - deb javob berishgach, diktant matnidagi so‘zlarni bo‘g‘inga ajratadilar. Ular so‘zlarni sa-vob, fikr, ja-hon tarzida bo‘g‘inlarga, o‘z navbatida, ularni ochiq va yopiq bo‘g‘inlarga ajratadilar.
Nazariy fikrlarni asoslash uchun 20-mashq 3 o‘quvchi ishtirokida “Kim chaqqon va zukko?” o‘yini asosida bajartiriladi. Qolgan o‘quvchilar hakamlar, o‘qituvchi esa bosh hakam vazifasini bajaradi. Mashqdagi topshiriqqa asoslangan holda 1-o‘quvchi matndagi bir bo‘g‘inli va ikki bo‘g‘inli 2-o‘quvchi uch bo‘g‘inli , 3-o‘quvchi to‘rt bo‘g‘inli va besh bo‘g‘inli so‘zlarni yozuv taxtasidagi o‘zlariga ajratilgan jadval qatoriga quyidagi tartibda yozadilar:
Do'stlaringiz bilan baham: |