3. Korxona 150 dona mahsulot ishlab chiqrish uchun 40 000 so’mlik elektr energiyasi 120 000 so’mlik hom ashyo 20 000 so’mlik boshqaruv harajatlarini amalga oshirgan bo’lsa ushbu mahsulotni tannarhi qanday bo’ladi
4. Turist gorizontga nisbatan 30 graduslik burchak hosil qilgan qiyalikda 200 m yurgan bo’lsa turistni vertikal ko’chishini toping (masshtab 1 sm da 40 metr )
5. Quyidagi atamalarning lug’aviy ma’nosini yozing?
Mahalliy vaqt, briz, nilometr, selva, tranzit.
18-variant savollariga javoblar 1-savolni javobi Zarafshon- Zarafshon daryosi O’rta Osiyoda joylashgan bo’lib, Turkiston hamda Zarafshon tog’lari tutashgan ko’ksuv tog’ tugunidagi Zarafshon muzligidan Mastchoh nomi bilan boshlanadi hamda Ayniy qishlog’i yaqinida Fandaryo bilan qo’shilgach Zarafshon nomini oladi hamda Zarafshon hamda Qashqadaryo tabiy geografik o’lkalaridan oqib o’tib Sandiqli qumlariga yetmasdan daryo suvi qumlarga singib ketadi, daryoni uzunligi 740 km ni tashkil qiladi Zarafshon daryosini tog’li qismi Tojikistonga quyi qismi esa O’zbekiston hududiga qaraydi. Daryoni biryillik suv miqdori 5.4 km3 bo’lib buning 254 mln m3 qismi O’zbekiston hududidagi 137 ta soylarga to’g’ri keladi 5.2 km3 qismi Tojikiston hududiga to’g’ri keladi.
Zarafshon daryosi muzlik hamda qor suvlaridan to’yinadigan daryolar turiga kirib daryo suvi asosan iyun-avgust oylarida to’yib oqadi kamsuv davri esa qish oylariga tog’ri keladi.
Zarafshon daryosida Kattaqo’rg’on suv ombori barpo etilgan bo’lib bu yurtimizdagi dastlabki bunyod etilgan suv ombor hisoblanadi. Darg’om, Norpay, Eski Angor kabi kanallar Zarafshon daryosidan suv oladi.
Sirdaryo- Sirdayo O’rts Osiyoning eng uzun daryosi bo’lib daryoni uzunigi 3019 km ga teng. Sirdayo Markaziy Tyanshan tog’laridan boshlanuvchi Norin hamda Farg’ona oloy tizmalaridan boshlanuvchi Qoradaro daryolarini Baliqchi qishlog’I yaqinida qo’shilishidan hosil bo’ladi. Daryo havzasini maydoni 219 000 km2 ga teng Farg’ona vodiysidan chiqqach daryo o’zani shimolga tomon yo’naladi hamda Qizilqumning chegarisi bo’ylab Orol dengiziga quyiladi.Sirdaryo qor hamda muzlik suvlaridan suvni eng ko’paygan davri iyun bo’lib daryodan suv aprel-avgust oylarida suv to’lib oqadi. Sirdayroda Qayroqqum, Chordara kabi yirik suv omborlar mavjud. Daryoni shuningdek Keles Chirchiq Ohangaron kabi irmqlari mavjud. Daryoda 1930-yilda qazilgan Dalvarzin hamda 1940-yilda qazilgan janubiy Mirzacho’l kabi kanallar faoliyat ko’rsatib kelmoqda.
2-savolni javob