Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarni tabiatga bo’lgan muhabbatini o’yg’otish, Tabiatni asrab avaylashga o’rgatish.
Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatish,nutq madaniyatini o’stirish.
II.Dars turi: Maruza
III.Dars jixozi: Mexanika-1 jamlanmasi Rasmli plakatlar
IV. Darsning xronologik tuzilishi:
№
|
Dars bosqichlari
|
Vaqt
|
1
|
Tashkiliy qism
|
3
|
2
|
O’tilgan mavzuni so’rash
|
10
|
3
|
Yangi mavzuni tushuntirish
|
15
|
4
|
Darsni mustaxkamlash
|
10
|
5
|
Uyga vazifa.
|
2
|
Darsning borishi
1.Tashkiliy qism: O’quvchilarni darsga jalb qilish. Salomlashish.Yuqlama qilish.Dunyo yangiliklaridan xabardor qilish
2. O’tilgan mavzu bayoni: Takrorlash
3.Yangi mavzuning bayoni:
Yuqorida ko'rilgan barcha mexanizmlar biror ishni bajarishda foydalaniladi. Ularda biz mexanizmlarning kuchdan yutuq berishi haqida gapirib o'tdik. Qiziq, ulardan qaysilari ishdan yutuq berar ekan? Yoki hammasimi?
1-rasm.
Buni qiya tekislik misolida ko'raylik. Qiya tekislik bo'ylab yukni ko'tarishda
F1 = bo'lishi ko'rsatilgan edi. Bunda yukni ko'tarishda kichik kuch talab qilinishi evaziga ko'p yo'l bosish zarur bo'ladi (1-rasm). Chunki 5 masofa h dan katta:
Bundan yukni qaysi yo'l bilan yuqoriga olib chiqmaylik, bajarilgan ishlar teng bo'lishi kelib chiqadi. Demak, qiya tekislik ishdan yutuq bermaydi. Balki richag ishdan yutuq berar? Rasmdan ko'rinadiki, richagning kichik yelkasiga qo'yilgan yukni s2 masofaga siljitish uchun katta yelkaga qo'yilgan F kuch Sj masofani o'tishi kerak. Demak, richagda ham kuchdan olinadigan
yutuq masofadan yutqazish evaziga bo'lar ekan. Bu holda bo'ladi (2-rasm).
Bajarilgan ish uchun yoki А1 = А2. Richag ham boshqa mexanizm kabi ishdan yutuq bermaydi. Richag qonunini kashf etgandan so'ng juda ruhlanib ketgan Arximed «Menga tayanch nuqtasini bering, men Yerni ko'taraman» deb aytganligi haqida afsona bor. Nazariy jihatdan olganda juda uzun yelkali richag bilan Yer og'irligiga teng kuch hosil qilish mumkin. Lekin richagning kichik yelkali uchi Yerni 1 sm ga ko'targanda, katta yelkali uchi kosmosda shunday katta aylana yoyini o'tishi kerakki, buning uchun Arximed 1 m/s tezlik bilan yursa, million yil kerak bo'lar edi!
2-rasm
Mexanizmlardan foydalanishda ishlarning tengligi
shunday yo'l bilan ko'char blok ham yutuq bermasligini isbotlash mumkin. yukni h balandlikka ko'tarish uchun blokdan arqon uchini 2 h masofaga ko'tarish zarur. Ko'char blokda kuchdan 2 marta olinsa-da, masofadan 2 marta yutqiziladi. Natijada ko'char blok ham ishdan yutuq bermaydi.
Shunga o'xshash yo'llar bilan boshqa oddiy mexanizmlar ham ishdan yutuq bermasligini isbotlash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |