II.Dars turi: Maruza
III.Dars jixozi: Electron torozi , 150mlpolietilen stakan, Mexanika-1 jamlanmasi
IV. Darsning xronologik tuzilishi:
№
|
Dars bosqichlari
|
Vaqt
|
1
|
Tashkiliy qism
|
3
|
2
|
O’tilgan mavzuni so’rash
|
10
|
3
|
Yangi mavzuni tushuntirish
|
15
|
4
|
Darsni mustaxkamlash
|
10
|
5
|
O’quvchilarni baxolash
|
5
|
6
|
Uyga vazifa.
|
2
|
Darsning borishi
1.Tashkiliy qism: O’quvchilarni darsga jalb qilish. Salomlashish.Yuqlama qilish.Dunyo yangiliklaridan xabardor qilish
2. O’tilgan mavzu bayoni: Takrorlash
3.Yangi mavzuning bayoni:
Kerakli asboblar. Shayinli tarozi toshlari bilan, o'lchov chizg'ichi, to'g'ri burchakli parallelepiped shaklidagi yog'ochdan, plastmassadan, metalldan yasalgan narsalar. To'g'ri geometrik shaklga ega bo'lmagan predmetlar (kichik qaychi, qalamtarosh), suvli menzurka.
fshni bajarish. 1. To'g'ri burchakli parallelepiped shaklidagi jismlardan biri olinib, uning bo'yi (l1) eni (l2) va balandligi (l3) chizg'ich yordamida o'lchanadi. Natijalarga ko'ra V= l1 • l2 • /3 hajm hisoblanadi.
Tarozining bir pallasiga to'g'ri burchakli parallelepiped qo'yib, ikkinchi pallasiga toshcha- lar solinib muvozanatga keltiriladi. Toshchalarga qarab jism massasi m aniqlanadi.
formuladan jism zichligi hisoblab topiladi.
Yuqorida ko'rsatilganidek tajriba boshqa parallelepipedlar bilan o'tkazilib, ularning ham zichliklari aniqlanadi.
Jism
|
Eni, sm
|
Bo'yi, sm
|
Balandligi, sm
|
Hajmi,
sm3
|
Massasi, g
|
Zichligi,
g/sm3
|
Yog'och parallelepiped
|
|
|
|
|
|
|
Plastmassa parallelepiped
|
|
|
|
|
|
|
Metall parallelepiped
|
|
|
|
|
|
|
O'lchash va hisoblash natijalari quyidagi jadvalga yoziladi.
To'g'ri geometrik shaklga ega bo'lmagan jismlardan birining massasi m tarozida tortib olinadi.
Menzurkaga jism solinganda suv sathi o'lchov chizig'idan o'tib ketmay- digan darajada suv solinadi. Dastlabki suv sathi V1 yozib olinadi.
Massasi aniqlangan jismni ipga bog'lab, menzurkaga tushiriladi. Bunda suv sathi ko'tariladi. Suvning jism botirilgandagi sathi V2 o'lchab olinadi.
Vjism=V2 - V1 formuladan jism hajmi hisoblanadi.
ρism = dan jism zichligi hisoblab topiladi.
Tajriba boshqa jism bilan takrorlanadi va natijalar jadvalga yoziladi.
Jism
|
V1, sm3
|
V2 sm3
|
Vjism , sm3
|
m, g
|
, g/sm3
|
1.
2.
|
|
|
|
|
|
Uyga topshiriq
Jadvaldagi zichliklarga ko'ra jismlarning qanday materialdan yasal- ganligini aniqlashga harakat qiling.
4.Darsni mustaxkamlash uchun savollar:
1. Parallelepipeddan tashqari yana qanday shakldagi jismlarning hajmini chizg'ich bilan aniqlasa
bo'ladi?
Suyuqliklar zichligini o'lchash usuli haqida taklifingizni ayting?
Qanday ko'rinishdagi moddaning zichligini tashqaridan ta'sir etib о 'zgartirish mumkin?
Qattiq jismga nisbatan «ancha» og'ir bo'lgan suyuqlikni bilasizmi? Bunday suyuqlikni 3 litrli shisha idishga solib berishsa, ko'tarib keta olmaysiz. Chunki uning massasi 40 kg dan oshib ketadi. Bu suyuqiik- simobdir.
Quyosh markazida zichlik 16000 kg/m3 ga boradi (jadvaldagi eng katta zichlikka ega bo'lgan iridiy bilan solishtiring. ρ=22400 kg/m3). Yuzasida esa 0,0001 : 0,00001 kg/m3 ga teng. Bu esa atrofimizdagi havoning zichligidan 10000 : 100000 marta kichik deganidir.
Yerning o'rtacha zichligi 5 520 kg/m3 ga teng.
5.Uyga vazifa: 17 - mavzuni o’qib kelish
O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari:_____________________________________
6-sinf Fizika
Sana: “A”«___» _________ 201__ y. “B”«___» _________ 201__ y. “V”«___» _________ 201__ y.
Darsning mavzusi: Jismlarning o'zaro ta'siri haqida ma'lumotlar. Kuch
Darsning maqsadi :
Talimiy maqsad: Oquvchilarga jismlarning o'zaro ta'siri haqida ma'lumotlar berish
Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarni tabiatga bo’lgan muhabbatini o’yg’otish, Tabiatni asrab avaylashga o’rgatish.
Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatish,nutq madaniyatini o’stirish.
II.Dars turi: Maruza
III.Dars jixozi: Mexanika-1 jamlanmasi Rasmli plakatlar
IV. Darsning xronologik tuzilishi:
№
|
Dars bosqichlari
|
Vaqt
|
1
|
Tashkiliy qism
|
3
|
2
|
O’tilgan mavzuni so’rash
|
10
|
3
|
Yangi mavzuni tushuntirish
|
15
|
4
|
Darsni mustaxkamlash
|
10
|
5
|
O’quvchilarni baxolash
|
5
|
6
|
Uyga vazifa.
|
2
|
Darsning borishi
1.Tashkiliy qism: O’quvchilarni darsga jalb qilish. Salomlashish.Yuqlama qilish.Dunyo yangiliklaridan xabardor qilish
2. O’tilgan mavzu bayoni: Takrorlash
3.Yangi mavzuning bayoni:
Atrof – muhitga qarasangiz, hamma narsa bir-biriga ta'sir ko'rsatganligini ko'ramiz.
Osmonga otilgan tosh yana qaytib tushadi. Chunki uni Yer o'ziga tortib turadi. Temir bo'lagiga magnitni yaqinlashtirsak, uni tortib oladi. Koptokni devorga otsak, undan sapchib qaytadi. Yurib ketayotgan avtomobil motori o'chirilsa, biroz yurib to'xtaydi. Bunda yo'l bilan g'ildiraklar orasidagi ta'sir tufayli tezligi kamayadi. Bu ta'sirlashishlar tufayli jismning tezligi o'zgaradi.
Plastilin yoki saqichni olib, barmoqlarimiz bilan qissak, uning shakli o'zgaradi. Xuddi shunday mis tangani bolg'a bilan urilsa, yalpayib shakli o'zgaradi.
Bir jismning ikkinchi jismga ta'siri tufayli tezligi yoki shakli o'zgarishiga sabab bo'ladigan kattalikni kuch deb ataladi.
Tabiatda kuchlar turli ko'rinishda namoyon bo'ladi. Jismlarni Yer o'ziga tortib turgani tufayli og'irlik kuchi paydo bo'ladi. Bir jism ustida ikkinchisi harakatlansa, yuzalar g'adir-budurligi tufayli ishqalanish kuchi vujudga keladi. Cho'zilgan yoki siqilgan prujina va rezinalarda elastiklik kuchlari hosil bo'ladi. Bolalar o'yinchoq to'pponchalarida ko'proq siqilgan prujinadan foydalaniladi.
Bir jism ikkinchisiga ta'sir ko'rsatganda, ikkinchi jism ham birinchisiga ta'sir ko'rsatadi. Jahl bilan stolga musht tushirsangiz, stol usti biroz egiladi. Shu bilan birga undagi ruchka va qalamlar tepaga sapchiganini ko'rasiz. Bunda qo'lingiz ham og'rib qoladi, albatta. Demak, ikki jism orasida o'zaro ta'sir bo'lar ekan.
Boshlang'ich geografiya kursidan Yerning Quyosh atrofida harakat qilishini, Oyning esa Yer atrofida harakatlanishini bilasiz. Bunday harakatning sababchisi ular orasida tortishish kuchlarining mavjudligidir.
Soch taralgandan so'ng, taroqni mayda yirtilgan qog'oz parchalariga yaqin- lashtirilsa, ularni tortib oladi. Uni elektr kuchi deyiladi. Taqasimon va to'g'ri ko'rinishdagi doimiy magnitlar temir buyumlarni o'ziga tortadi. Uni magnit kuchi deyiladi. Moddalarni tashkil etgan zarralar orasida ham, zarralarning ichida ularni tashkil qilgan, undan ham mayda zarrachalar orasida ham kuchlar mavjud. Bu kuchlar haqida yuqori sinflarda ma'lumotlar olasiz.
Kuch birligi sifatida 1 Nyuton (N) qabul qilingan. Bu birlik mashhur ingliz olimi Isaak Nyuton sharafiga tanlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |