Darsning mavzusi: Laboratoriya ishi: Shayinli tarozi yordamida jism massasini o'lchash
Darsning maqsadi :
Talimiy maqsad: O’quvchilarda fizik kattaliklar ko’nikmalarini xosil qilish, taqribiy o’lchashlar xaqida tushuncha berish
Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarni tabiatga bo’lgan muhabbatini o’yg’otish, Tabiatni asrab avaylashga o’rgatish.
Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatish,nutq madaniyatini o’stirish.
II.Dars turi: Maruza
III.Dars jixozi:
IV. Darsning xronologik tuzilishi:
№
|
Dars bosqichlari
|
Vaqt
|
1
|
Tashkiliy qism
|
3
|
2
|
O’tilgan mavzuni so’rash
|
10
|
3
|
Yangi mavzuni tushuntirish
|
15
|
4
|
Darsni mustaxkamlash
|
10
|
5
|
O’quvchilarni baxolash
|
5
|
6
|
Uyga vazifa.
|
2
|
Darsning borishi
1.Tashkiliy qism: O’quvchilarni darsga jalb qilish. Salomlashish.Yuqlama qilish.Dunyo yangiliklaridan xabardor qilish
2. O’tilgan mavzu bayoni: Takrorlash
3.Yangi mavzuning bayoni:
Kerakli asboblar. Shayinli tarozi toshlari bilan stakan, suv, massasi o'lchanishi kerak bo'lgan kub, shar, silindr shaklidagi jismlar.
Ishni bajarish.
Shayinli tarozining tuzilishi, turli massaga ega bo'lgan tarozi toshlari bilan tanishish.
Jism massasini o'lchashdan oldin tarozi muvozanatga keltiriladi. Lozim bo'lsa pallalarga qog'oz parchalari qo'yiladi.
Massasi aniqlanadigan jismni tarozining chap pallasiga, toshlarini o'ng pallasiga qo'yiladi.
Tarozini buzib qo'ymaslik uchun toshni taxminan jism massasiga yaqinrog'ini tanlab qo'yiladi. Juda ko'p farq qiluvchi toshni qo'yganda tarozining og'ishi chegaradan chiqib ketishi mumkin.
Tarozi pallasiga ho'l, iflos, issiq jismlarni qo'yish mumkin emas. Unga suyuqlikni bevosita quyish, idishsiz sochilib ketuvchi narsalar (shakar, tuz)ni ham solish mumkin emas.
Tarozida faqat uning pasportida yozilgan yukdan ortiqcha yukni tortish mumkin emas.
Kichik massali toshchalarni faqat pinset (mo'ychinak) yordamida idishidan olib pallaga qo'yiladi. Chunki qo'l bilan ushlansa, qo'ldagi nam va yog' tosh- chaga o'tib, uning massasiga ta'sir qilishi mumkin.
8. Pallaga qo'yilgan tosh yengil bo'lsa, unga chamalab yengilroq toshdan boshlab qo'shib borish kerak.
9. Tarozi muvozanatga kelib, strelkasi nolni ko'rsatsa yoki u pallalar qo'yilgan tomonlarning ko'rsatkich uchlari bir to'g'ri chiziqqa kelsa, palladagi toshlar massalarining yig'indisi hisoblanib yozib olinadi.
10. Tarozida suvsiz bo'sh stakan massasi m tortib olinadi
11. Stakanni palladan olib, unga ma'lum miqdorda suv solinadi.
12. Suvli stakanni tarozi pallasiga qo'yib, massasi m o'lchanadi.
13. msuv = mst.suv – т , formuladan stakandagi suv massasi hisoblanadi.
Izoh. Agar o'lchanadigan jism massasi sizda mavjud bo'lgan eng kichik tosh (20 mg) qo'yilganda ham og'ir yoki yengil kelsa, umumiy massa yaxlitlab yoziladi. Masalan, 100g+20g+1g+500mg+20mg bo'lganda og'ir, 100g+ 20g+ lg + 500mg bo'lganda yengil bo'lsa, m 121,5 gramm olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |