ABITURIYENT
KUTUBXONASI
6-SINF ADABIYOTI
SAVOL-JAVOB
DUNYO BIR KUNDIR, U HAM BUGUNDIR!!!
HAYOTNI NATIJA QIZIQTIRADI !!!
G‘AFUR G‘ULOM (1903-1966)
1. «Shum bola» qissasi qachon yaratilgan va qachon hozirgi kungi ko’rinishga keltirilgan? J: 1936yil yaratilgan va 60 -yillarda hozirgi ko‘rinishga keltirilgan
2. Shum bolaning haqiqiy ismi? J: Qoravoy
3. Shum bola qaysi boyning xizmatiga kiradi? J: Sariboy degan boyning
4. Boy Shum bolaga xizmat haqi uchun nima berishni taklif qiladi? J: Oyiga xompishiq aralash 2 pud 17 qa doqdan olma beradigan bo‘ladi
5. Shum bola o’zining bir aybi borligini boyga aytib qo’yadi. Bu ayb nima edi? J: Har zamonhar zamonda yolg‘on gapirib qo‘yishini
6. Boyning qanday yomon odati bor edi? J: Yoniga borgan odamdan bo‘larbo‘lmas narsaga «innaykeyin» deb savol beraverar, savoliga javob bermaganni urardi
7. Sariboy kimning mevazorlarini, ichkitashqi qo‘rg‘on chasini, butun dovdastgohining hammasini qimorda yutib oladi? J: Chuvalachidagi Yusuf kontorning
8. Sariboy qayerdagi boqqa jo‘nab ketadi? J: Kalasdagi shinam bog‘iga jo‘nab ketadi
9. Xizmatkorlar tashlagan chek kimga chiqadi? - J : Shum bolaga
10. Sariboy shiyponda nima yeb o‘tirgan edi? - J: Boy shiyponda kalla go‘shti bilan nonushta qilib o‘tirgan edi
11. Shum bola Sariboyga gapni qaysi voqeadan bosh laydi? J: Dandon pichog‘i sinib qolganini aytadi
12. Shum bola pichoq singanini qanday izohlaydi?
J: Bu pichoqda tozi itning terisini shilmoqchi bolishganini aytadi
13. Tozi it nima uchun o‘lgan edi? J: It harom o’lgan to‘riq qashqaning go‘shtini yeb olgan edi
14. To‘riq qashqa nima uchun o‘lgan edi?
J: Aravaga qo‘shilgani uchun olgan edi
15. To‘riq qashqa nima uchun aravaga qo‘shilgan edi? J: Og‘ilxonaga o‘t tushib, barcha otlar nobud bolgani, omborga ham o‘t ketgani uchun
16. Omborga nima uchun o‘t tushgan edi? J: Kenjatoy o‘g‘il Bo‘riboyvachchaning terakdan chumchuq bolas ini olaman deb yiqilib tushgani va uning arvohi sham bilan o‘ynashsin deb, sham yoqilishi natijasida
17. Qachon boy choy ichib turgan piyolasini boshiga urib, chakkasini yorib, soqolini yulib dodlab yig‘lay bosh laydi? J: Kenjatoy o‘g‘li Bo‘riboyning daraxtdan yiqilib olganini eshitgandan so‘ng
18. Boy nima sababdan hushidan ketib yiqiladi?
J: Turmushga chiqmagan qizi Adolning o’g‘il ko‘rgani va o‘g‘li quyib qo‘ygandek Badal aravakashga o‘xshashini eshitib
19. Bularning barchasi yolg‘onligini eshitgandan so‘ng boy Shum bolani qanday jazolaydi? J: Avval Shum bolani
20 qamchi savalaydi va ishdan ketishini buyuradi
20. Shum bola boyning eshigida qancha ishlagan edi?
J: Bir oyu 19 kun
21. Boy Shum bolaga qancha haq to‘laydi?
J: Shu paytgacha bergan 22 tiyin choychaqani bosib qolib, qurt tushgan, sasigan olmalardan ikki pu dini beradi
22. Shum bola olmalarni qaysi bozorga pullash uchun olib chiqadi? J: Sariog‘och bozoriga
23. Shum bola bozorda olmalarni qanchaga pullaydi?
J: 6 tanga 1 miriga
24. Shum bola qo‘y bozorida kimni uchratib qoladi?
J: Do‘sti Omonni
25. Omon kimga yollangan edi?
J: Toshkentlik qo‘ychi boylardan biriga
26. «Shum bola» qissasida «Tuyani shamol uchir sa, echkini omonda ko‘r», degan maqol uchraydi. Buning ma’nosi nima?
J: Bu «bir falokat ko‘pchilikning boshiga yig‘ilsa ham, u har kimga har xil ta’sir qiladi», «Yo‘g‘on cho‘zil guncha ingichka uziladi», deganidir
27. Qissaning qahramoni necha yoshli bolakay edi?
J: 14 yoshli
28. Shum bola nima sababdan uydan chiqib ketadi?
J: U onasini xafa qilib qo‘yib uyidan chiqib ketadi
29. Shum bola necha yil turli joylarda yuradi?
J: Yarim yildan ortiq
30. Quyidagi fikrlar qaysi asardan olingan va qaysi qahramonga tegishli: «Qo‘loyog‘i chaqqongina, epchil yigitsan. Sen ham axir qarab turmasdan, boshqacharoq yo‘l bilan bo‘lsa ham tirikchilikning payidan bolsang edi, 0‘g‘lim... axir, kissakarmon degan gaplar ham bor. Naq
dina pul ham yengil, ham qimmat, ham yashirishga oson bo‘ladi. Naqdina bo‘lsin, bolam, naqdina bo‘lsin»?
J: «Shum bola» qissasidan, Eshonga
31. Omonning bozordan nechta qo‘yi sotilmay qaytadi?
J: 73 ta
32. Shum bolani xizmatkorlar qo‘shxonasiga kim kuza tib boradi? J: Uzumchi
33. Sariboy ismiga qaysi nom qo‘shib aytilar edi?
J: Bo‘lis so‘zi
34. «Ular meni qimron bilan mehmon qildilar». Ushbu gapdagi «qimron» so‘zining ma’nosini toping. J: Tuya suti
35. «Egnida qozoqi chakmon bilan boshida teskari ag‘darilgan telpak, qo‘lida boshi cho‘qmor kaltak». Ushbu taYif qaysi personajga tegishli? J: Omonga
36. «Shum bola» asaridagi qaysi voqea Sharq xalqlari og‘zaki ijodi namunalari ertaklami qayta ishlash mahsuli hisoblanadi? J: Sariboyni mot qilish usuli
37. «Xotin qozonning qopqog‘ini ochdi, baliqday boTib oppoq laganda moshkichiri chiqdi, o‘rtaga qo‘ydilan>. Ush bu parcha qaysi asardan olingan? J: «Shum bola»dan
38. G‘afur G‘ulom necha yoshida otasi va onasidan ajralgan edi? J: 9 yoshida otasidan, 15 yoshda onasidan
39. Shum bolaning qaysi gapidan keyin «boyning chay nab turgan yaxna tilni yutishga ham majoli qolmaydi»?
J: 0‘t tushganini eshitgandan so‘ng
40. «Sirlangan xumchaga tushgan sichqonday to‘rt tomonga alanglab, o‘zimga bir najot yo‘li qidirar edim». Ushbu parcha qaysi asardan olingan?
J: «Shum bola»dan
41. Omon qo‘ychi boyga cho’ponligi uchun bir yilda qancha haq olar edi? J: Ikki to‘qliyu, bir echki
42. Omonning qo’ylari Sariog‘och bozorida sotilmay qolgandan so‘ng ularni qaysi bozorga haydab ketishadi?
J: Ko‘kterak bozoriga
Do'stlaringiz bilan baham: |