ANBAR OTIN
1. Anbar Otinning «Tarjimayi hol»idan olingan quyidagi misralar shoiraning qaysi yaqin insonlari haqida ekanligini ayting.
Alar belboqchi - bo‘zchi erdi kasbi, Hamisha makkayidan erdi noni,
Ki «Bo‘zchi yolchimas belboqqa» doim, Yana juft bo‘lmas erdi bir choponi. Ota-onasi haqida
2. Anbar Otin «Debocha»da kimning «O‘ratepadan yalangoyoq yetim kelgan»ini ko‘rsatib o‘tadi? Zohidxo‘janing
3. Quyidagi fikrlar kim tomonidan kim haqida bildirilganligini ayting.
«... bug‘doyrang, sunbul sochli, ohu ko‘z, oy yuzli, axloqi hamida va odobi pisandida sohibidur. Bu sakkiz yashar qizcha bo‘lishiga qaramay hazrat Navoiy g‘azallarini o‘rganishga behad qiziqadi. Umidim borki, bu qizcha katta shoira bo‘lg‘usi».
Dilshod Barno tomonidan Anbaroy haqida
4. Anbar Otin qiziqqan ijodiy davraning nomini toping. «Haziniy to‘dasi»
5. Anbar Otin qaysi siyosatning qora va jirkanch tomonlarini «qilich yonig‘a to‘pponcha qo‘shulub» ko‘ra bildi? Chor Rossiyasi siyosatining
6. Anbar Otin kimning maktabida tahsil olgan? Dilshod otinning
7. Anbar Otin adabiyotimiz tarixida ilk bor qaysi yo‘nalish(lar)da ijod qildi?
falsafiy-publitsistik yo‘nalishda
8. Anbar Otinning hayoti va ijodi bilan bog‘liq noto‘g‘ri ma’lumotni toping.
Anbar Otin o‘zbek va arab tillarida ijod qilgan.
9. Anbar Otin nechanchi asrlar o‘zbek adabiyoti shoiralari qatorida alohida o‘rin tutadi?
XIX asrning ikkinchi yarmi - XX asrning boshlari
Anbar Otinning she’rlarida, asosan, kimning ta’siri sezilib turadi? Uvaysiyning
11. Anbar Otin quyidagi misralarida qayerning «o‘rus»ga qo‘shilishi yaxshi bo‘lganligini ta’kidlayapti, misralarda qo‘llanilgan nuqtalar o‘rniga shu joy nomini topib, qo‘ying.
Qo‘shulub mulki... o‘rusga bu saro bo‘ldi.
O‘rus o‘zbek elig‘a tug‘ishgandek ag‘o bo‘ldi. Farg‘ona
12. «Falaki jamakabud» so‘zining ma’nosini ayting. ko‘k rangli osmon
13. Anbar Otinning yoshligida vafot etgan farzandini ayting. Ominaxon
14. Anbar Otinning «Tarjimayi hol» asaridan olingan quyidagi baytda qo‘llanilgan nuqtalar o‘rniga shoiraning ota-onasining ismlarini qo‘ying.
Otam - … ,
Onam - … . Farmonquli Marg‘iloniy, Ashurbibi Qo‘qoniy
15. Anbar Otinning nechta farzandi bo‘lgan, ularning ismlarini ayting.
to‘rtta: Mo'minxo‘ja, Bibixon, Usmonxo‘ja, Ominaxon
16. Anbar Otin she’rlarida kimlarning ijodiga murojaat qilgan, ular bilan bahslashgan?
1) Muqimiy; 2) Tabibiy; 3) Kamiy; 4)Zavqiy; 5) Shavqiy; 6) Furqat; 7) Bayoniy. 1, 3, 4, 5, 6
17. Anbar Otinning quyidagi fikrlarini davom ettiring.
«Falaki jomakabud dastidin yuz dodki, bir yig‘inda haqni aytib, balog‘a qolib zinadan quvlang‘animda oyog‘im chiqib yotib qoldim. Yosh umrim hayf va rangim za’faron bo‘lib yotdim...» «Bor mavjud kuchim kitob o‘qumoq va g‘azal abyot qilmoq ila band bo‘ldi».
Anbar Otinni qo‘qonlik qaysi shaxsga turmushga uzatishadi? Zohidxo‘jaga
Anbar Otin she’rlaridan birida kimni «zahmat ahlidan» deb yozadi? Zohidxo‘jani
20. Anbar Otin kimni bir she’rida «momom» deb tilga oladi hamda otasiga uning amma ekanini ta’kidlaydi? Uvaysiyni
21. Quyidagi misralarda qo‘llanilgan nuqtalar o‘rniga Anbar Otin ustozlarning ulug‘i sifatida tilga olgan shaxsni topib, qo‘ying.
Agar ustodi adabni izlasang, Anbar Otin,
Sen ... ta’limini doim mutolaa qil. Navoiy
22. Quyidagi misralar muallifi kim?
Quvonib ibtidoda o‘yladi el: «Zulm ketdi», deb,
Kelib zolim, mulozim birla tezda hampo bo‘ldi. Anbar Otin
23. Quyidagi parcha «Qarolar falsafasi risolasi»ning nechanchi faslidan olingan?
«...ul ono shundog‘ onodur va mohir donodurki, Aflotun va Arastuni, Laqumojis va Doniyolni, Xizr ila Ilyosni, Iskandar-u Doroni, Luqmon va Sulaymonni, Abu Sino va Ulug‘bekni, Jomiyni, Sa’diyni, Navoiyni, Firdavsiyni, Bedil va Xayyomni, Nodira va Uvaysiyni, meni va seni o‘z qornida o‘n oy ko‘tarub, turli ofatlardin saqlab, ... harakat-ish o‘yinlarni o‘rgatti».
«Uchinchi fasl»idan
24. «Qarolar falsafasi risolasida «dunyoda to‘rt oyoqli hayvonlardek yeb- ichib, maishatni hunar qilib, benom-u nishon o‘lib ketgan odamlarni» nima deyish mumkinligi aytiladi?
baxtiqaro
25. «Risolayi falsafayi siyohon» («Qarolar falsafasi risolasi»)ning «avvalg‘i fasl»ida kimlar haqida bayon qilinadi? barcha qarolar
26. «Risolayi falsafayi siyohon» («Qarolar falsafasi risolasi»)ning «to‘rtinchi fasl»ida kimlar yoki nima haqida bayon qilinadi? qora zulmat
27. «Risolayi falsafayi siyohon» («Qarolar falsafasi risolasi»)da qayerlarning xalqlari «qaro yuz, oq ko‘ngul xaloyiq» sifatida qalamga olinadi?
1) Arab; 2) Eron; 3) Afg‘on; 4) Seylon; 5) Iroq; 6) Kashmir; 7) Hind. 1, 2, 3, 4, 6, 7
28. «Risolayi falsafayi siyohon» («Qarolar falsafasi risolasi»)ning «ikkinchi fasl»ida kimlar haqida bayon qilinadi? farqi qarolar
29. «Qarolar falsafasi risolasi»da asar qahramoni hisoblangan qaysi obrazning shahzodalikdan ishq gadosi bo‘lishni afzal bilib, o‘z ma’shuqasining orzusini ro‘yobga chiqarish uchun qoya toshlarni, daryolarni to‘sib, sahroni obod etish uchun mehnat va mashaqqatga giriftor bo‘lganligi aytiladi? Farhodning
30. «Risolayi falsafayi siyohon» («Qarolar falsafasi risolasi»)dan olingan quyidagi parchada ta’riflangan xaloyiq nimaga yoki kimga qiyoslangan? «Ul qaro xalq oftob so‘zonida mehnat qilib, o‘zlari har qancha kuyganlari holda, hosillarini hamtavoqlarig‘a tuhfa qilurlar».
O‘zi o‘tda kuyub qaro bo‘lg‘oni holda ovqat pishirib odamlarni to‘ydiradigan qozonga
Anbar Otinning ijodi va «Risolayi falsafayi siyohon» («Qarolar falsafasi risolasi») asari haqida bildirilgan to‘g‘ri fikrlarni toping.
1) «Qarolar falsafasi risolasi» orqali Anbar Otinning tarix, falsafa, axloq va madaniyatimiz tarixining bilimdoni ekani ma’lum bo‘ladi; 2) Anbar Otin «Qarolar falsafasi risolasi»da inson tanasidagi ranglarning ijtimoiy ahamiyat kasb etishini, uning qayerda yashashi va qaysi tilda gapirishi emas, balki olam va odamga munosabatiga ko‘ra farqli jihatlari bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatib beradi; 3) «Qarolar falsafasi risolasi»da Anbar Otin qora so‘zining turli ma’no qirralarini izohlar ekan, ijtimoiy hayotga, undagi tengsizlikka urg‘u beradi; 4) Anbar Otinning ayollar, ularning ijtimoiy-ma’naviy hayotdagi o‘rni va ahamiyati haqidagi kuzatishlari bugun ham o‘zining ijtimoiy hamda badiiy-estetik dolzarbligini yo‘qotgan emas. 1, 2, 3
32. «Risolayi falsafayi siyohon» («Qarolar falsafasi risolasi»)ning «uchinchi fasl»ida kimlar yoki nima haqida bayon qilinadi? baxti qarolar
33. «Risolayi falsafayi siyohon» («Qarolar falsafasi risolasi»)da kimlar o‘zi qora yog‘ va kuyundiga giriftor bo‘lgani holda nuri bilan kulbani ravshan qiluvchi «qaro charog‘»ga qiyoslanadi? farqi qarolar
34. «Qarolar falsafasi risolasi»da keltirilishicha, din peshvolari o‘z aqidalari bilan dunyoda faqat mehnat va mashaqqat bilan kun o‘tkazib, toat va ibodatni maromiga yetkazmagan va yana pir xizmatini munosib qilib, pir yo‘llanmasini olmaganlarni nima deb atashadi? baxti qaro
35. «Risolayi falsafayi siyohon» («Qarolar falsafasi risolasi»)da qozon bilan bog‘liq o‘xshatish kimlarga yoki nimaga nisbatan ishlatilgan? qaro yuz, oq ko‘ngillilarga
36. «Qarolar falsafasi risolasi»ning «ikkinchi fasl»ida ayol boshidagi chiziqning nima deb atalishi aytib o‘tiladi? farq
37. «Qarolar falsafasi risolasi»da qaysi toifa haqida quyidagi fikrlar bildiriladi?
«Ular mehnatdan yiroq bo‘lib, besh kun ko‘rgan umrini rohat bilan o‘tkazish maqsadida ming hiyla va aldovlar bilan ustamonlik qilib, o‘zgalar mehnati bilan davlat to‘plab, obro‘ va boylik hosil qilib, ommaning nafratiga giriftor bo‘lib umri ado bo‘lar. Ular... «jafokor» nomi bilan dunyodan o‘tishadi...» baxtiqarolar toifasi
38. «Qarolar falsafasi risolasi»da muallif asarning «tarixi tahrir»ini qachon deb ko‘rsatadi?
«1328 hijriysi (1910) milodiy»
39. Anbar Otin qaysi mumtoz ijodkorning jiyani? Uvaysiyning
40. Dilshodi Barno qaysi mashhur shoiraga ustozlik qilgan? Anbar Otinga
41. “Risolayi falsafayi siyohon” asari muallifi kim? Anbar Otin
42. “Bug‘doyrang, sunbul sochli, ohu ko‘zli, oy yuzli bu sakkiz yashar qizcha bo‘lishiga qaramay, Navoiyning g‘azallarini o‘rganishga behad qiziqadi”. Ushbu ta’rif Dilshodi Barno tomonidan kimga berilgan? Anbar Otinga
43. Anbar Otin adabiyotimiz tarixida ilk bor qaysi yo‘nalishda ijod qildi? falsafiy-publitsistik
44. “Bir yig‘inda haqni aytib, balog‘a qolib zinadan quvlang‘animda oyog‘im chiqib yotib qol-dim. Yosh umrim hayf va rangim za’faron bo‘lib yotdim. Bor mavjud kuchim kitob o‘qumoq va g‘azal abyot qilmoq ila band bo‘ldi”. Ushbu ma’lumot qaysi iodkor haqida? Anbar Otin
45. Mo‘minxo‘ja va Usmonxo‘ja nomli o‘g‘illari, Bibixon va Ominaxon ismli qizi bo‘lgan ijodkor nomi qaysi qatorda berilgan? Anbar Otin
46. “Risolayi falsafayi siyohon” asarining qaysi faslida ayollar madh etiladi? 2- fasli
47.“Baxti qarolar” ifodasini Anbar Otin qanday izohlagan? Dunyoda to‘rt oyoqli hayvonlardek yeb-ichib, maishatni hunar qilib, benom-u nishon o‘lib ketgan odamlarni baxtiqaro desa bo‘lar
48. Shoir ersang, vaqti-vaqti birla mushoira qil, Ul Haziniy to’dasig’a kiribon munozara qil. “Haziniy to‘dasi” degan ibora qaysi shoira qiziqqan ijodiy davraning nomi? Anbar Otin
49. Anbar Otinning ming dardiga ming dard qo‘shib, bolaligidayoq vafot etib ketgan farzandining nomi? Ominaxon
50. Anbar Otin qalamiga mansub «Qarolar falsafasi» asarining to‘rtinchi fasli nima haqida?
Do'stlaringiz bilan baham: |