Napoleonning "100 kuni".
Napoleon 1815-yil fevralda o’zi surgun qilingan Elba orolidan qochib ketdi. Ikki kundan so’ng Fransiya janubiga kelib tushadi. Napoleonni to’xtatishga safarbar qilingan qo’shin Napoleon tomonga o’tib ketadi. Napoleon 20-mart kuni Parijga yetib keldi va o’sha mashxur ,,100 kun’’ boshlandi.
Qayta tiklangan qirol hokimiyatidan hafsalasi pir bo'lgan jamoatchilikning ishonchini kuchaytirish maqsadida Napoleon konstitutsiyaviy islohotni boshladi, natijada 1815-yil 22-aprelda imzolangan va Benjamin Konstant tomonidan tayyorlangan 1815-yil Xartiyasi imzolandi. 25-mart kuni Avstriya, Buyuk Britaniya, Prussiya va Rossiya Napoleonga qarshi ittifoq tuzdilar va Vaterloo jangiga (18-iyun) qadar bir qator harbiy majburiyatlarni o’z bo’yniga oldilar. 22-iyunda Napoleon ikkinchi marta ag’darildi, bus afar u Britaniyaning Atlantika okeaning janubidagi Yelena oroliga surgun qilindi va shu yerda 1821-yilda vafot etdi. 8-iyulda Lyudovik XVIII Parijga qaytarilib, Burbonlar hokimiyati tiklandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |