4.Takroriy ravish: oz-oz, sekin-sekin, ustma-ust, galma-gal, о'z-o'zidan, о 'zidan o'zi, uzun-uzun,tez-tez,qadam-baqadam kabi.
Ravishlarning morfologik xususiyati:
1) biror so'z bilan bog'langanda, o'z shaklini o'zgartirmaydi, ya’ni shakl yasovchi qo'shimchalarni(shaxs-son, egalik, kelishik) olmaydi: atayin gapirdi;
2) o'ziga xos yasalish xususiyatiga ega: mardona, mardlarcha, har kuni;
3) harakat belgisini qisman bo'lsa-da ,darajalab ko'rsata oladi: ko'p-ko'proq, tez-juda tez;
Ravishlarning sintaktik xususiyati:
1) ravishlar holning barcha turlarini hosil qiladi. Holat,daraja-miqdor ravishlari fe’lga bog'lansagina, hol vazifasini bajaradi. Masalan: Terak bilan yong'oq yonma-yon o'sibdi; Oz so'zla,ko'p o'yla. O'rin,payt,sabab,maqsad ravishlari esa har doim hol vazifasini bajaradi.
2) ravishlar gapning oxirida kelsa,ot kesim: Uning do 'stlari ko'p;
3) ravishlar otga bog'lansa,sifatlovchi-aniqlovchi: Ko'p xatodan ko'p tajriba orttirasan.
Otlashganda:
4) qaratqich-aniqlovchi: Ко'pning duosi - ko'l;
5) egа: Ko'pi ketib, ozi qoldi;
6) to'ldiruvchi: Ko'pni yomonlagan ко'muvsiz qolar.
FE’L
Nima qilmoq? nima bo'lmoq? so'roqlariga javob bo'lib, shaxs yoki narsalarning harakat, holatini ifodalagan so'z turkumi fe’l deyiladi. Masalan: Talaba o'qidi (nima qildi?). Mashinalar guvullaydi(nima qiladi?)kabi.
Fe’llardan anglashilgan harakat va holat ma’lum shaxs yoki narsa tomonidan bajariladi. Ana shu shaxs yoki narsa harakatning bajaruvchisi sanaladi.
Fe’llar nimani atab kelishiga ko'ra harakat fe’llari va holat fe'llariga bo'linadi.
Shaxs va narsalarning jismoniy faoliyati natijasida ro'y bergan harakatni bildiruvchi fe'llar harakat fe'llari hisoblanadi.Masalan: bormoq, yugurmoq, tekislamoq,eshitmoq,qurmoq kabi.
Misol:Bir bo'lak yog'och parchasini topib, uni pichoq bilan yo'ndi, tekisladi... Nihoyat, shakli dutorga o'xshagan bir nima yasadi.
Shaxslarning ichki kechinmalari va narsalarning bir holatdan ikkinchi holatga o'tish jarayonini ifodalovchi fe’llar esa holat fe’llari sanaladi.Masalan:taratmoq, qotmoq, jimirlamoq, unmoq, eshitilmoq,uxlamoqkabi.
Fe'llar qanday harakat-holatni ifodalashiga ko'ra quyidagi turlarga bo'linadi:
1.
|
Yumush fe’llari
|
ishladi, mehnat qildi, ter to'kdi
|
2.
|
Tafakkur fe’llari
|
o'ylaydi, o'qidi, kashf qildi
|
3.
|
Sezgi fe’llari
|
sezdi, his qildi
|
4.
|
Ruhiy holat fe'llari
|
kuldi, xursand bo'ldi, qayg'urdi, iztirob chekdi.
|
5.
|
Nutq fe’llari
|
gapirdi, so'zladi, bayon qildi, ifoda qildi, ming'irladi, do'ng'illadi.
|
6.
|
Ko'rish fe’llari
|
qaradi, ko'rdi, boqdi, termuldi,nazar tashladi
|
7.
|
Tabiiy holat fe'llari
|
eridi, muzladi, yotdi, uxladi
|
8.
|
Ishora fe'llari
|
imo qildi,labini burdi,ko'zini qisdi
|
9
|
Jismoniy holat fe'llari
|
og'ridi, isitma chiqdi, xastalandi, sog'aydi, kuchaydi,charchadi
|
|
Yuqoridagi fe'l turlarining har qaysisi bir necha fe'llarni o'z ichiga oladi. Bu fe'llar harakat-holat ma'nosini qanday ifodalashi bilan bir-biridan farq qiladi. Quyidagi farqlanishlarni kuzatish mumkin:
1. Harakat-holatning kuchli-kuchsizligiga ko'ra farqlanishi: jilmaymoq -kulimsiramoq - kulmoq.
2. Ijobiy va salbiy bahoga ega bo'lishiga ko'ra: kulmoq - tirjaymoq; so'zlamoq - to'ng'illamoq, ming'irlamoq.
3. Uslubiy xoslanishiga ko'ra: kulmoq (umumiste'moldagi so'z) - tabassum qilmoq (badiiy uslubga xos), so'zlamoq (umumiste'moldagi so'z) nutq irod etmoq (badiiy uslubga xos) kabi.
Yuqoridagi fe'llarning har qaysisini o'z o'rnida ishlatish nutqning ravonligi, aniqligi va ifodaliligini ta'minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |