Tubdan, to'satdan, qo'qqisdan, rostdan, birdan, tezda, kechalari, avvallari, kechasi,
jo'rttaga, birga kabi ravishlarda –dan,-da,-ga kelishik va -(s)i egalik qo'shimchalari asos qism bilan mustahkam birikib, hozirgi kundan ajralmas holga kelgan.
RAVISHLARNING YASALISHI
Ravishlar tub va yasama ravishlarga bo'linadi. Hech qanday yasovchi qo'shimchalarsiz qo'llaniladigan ravishlarga tub ravishlar deyiladi. Masalan: qo‘qqisdan, doim, hamisha, keyin, tez, sekin, zo'rg'a va boshqalar.
Yasashga asos qismga yasovchi vositalar qo'shib hosil qilingan ravishlarga yasama ravishlar deyiladi. Yasama ravishlar qo'shimchalar qo'shish, asos qismni juft va takror qo'llash yoki ikki asosni biriktirish yo'li bilan hosil qilinadi.
Misol: Garchi bu hol ularni oqlashga tirnoqcha asos bo'lmasa ham, ko'nglimga tasalli, o'z-o'zini aldash deysizmi - shularning biri edi. Shu payt uydan - yotog'imizdan bolalar ham birin-ketin ко'zlarini uqalab, har yoqqa qarab tushib kela boshladi. (Sh.Holmirzayev)
Yasashga asos qism ot, sifat, olmosh, sifatdosh va ba’zan ravish bo'lishi mumkin. Quyidagi qo'shimchalar ravish yasash uchun xizmat qiladi:
- cha: yangicha,eskicha,hozircha,o'zicha,o'zbekcha
- larcha: mardlarcha,do'stlarcha, qardoshlarcha
- lab: haftalab,tonnalab,yillab,oylab,ertalab
- ona: mardona,itoatkorona
- lay(-layin): tiriklay(in), butunlay
- chasiga: erkakchasiga,yigitchasiga
- namo: uyalgannamo
-n (-in): ertan-kechin,qishin-yozin,ochin-to'qin
- an:(arabcha so'zlarga qo'shilib,ulardan ravish yasaydi): majburan, rasman
Ravish yasovchi -larcha qo'shimchasidagi –cha qismi kabi, singari ko'makchilari bilan sinonimik munosabatda bo'ladi. Shuning uchun ular ko'pincha almashtirib qo'llaniladi. Masalan, mardlarcha- mardlar kabi, yovuzlarcha - yovuzlar singari.
Shuningdek, ravish yasovchi –cha qo'shimchasi otlardagi kichraytirish- erkalash qo'shimchasi bo'lgan-chabilan omonimik munosabatda bo'ladi. Masalan, yosh yigitcha - yigitcha ishladi.
Bu o'rinda -cha qo'shimchasining omonimligi asosida leksema omonimligi vujudga kelgan:yigitcha:1. Kichkina yigit. 2. Yigit kabi.
-cha qo'shimchasining bu ikki vazifasi urg'u bilan ham farqlanadi. Kichraytirish- erkalash ma’nosini bildiruvchi -cha qo'shimchasi urg'u oladi. Yigitchá, qizchá, kuchukchá kabi. Ravish yasovchi -cha qo'shimchasi esa urg'u olmaydi. Urg'u so'zning bu qo'shimchadan oldingi bo'g'iniga tushadi: yigítcha, xotíncha, erkákcha kabi.
-cha qo'shimchasini tushirib qoldirib, bu qo'shimchani olgan so'z oldidan kichkina so'zini qo'yish mumkin bo'lsa,-cha qo'shimchasi otning kichraytirish-erkalash shaklini hosil qiluvchi qo'shimcha sanaladi. Masalan, quticha-kichkina quti, uycha-kichkina uy kabi.
Do'stlaringiz bilan baham: |