Rul boshqarmasidagi yuklanishlar. Rul boshqarmasi detallaridagi yuklanishlarni ikki xil usul bilan aniqlash mumkin:
1-usul. Rul chambaragiga haydovchi tomonidan qo’yilgan maksimal kuchga ko’ra ( N -yengil avtomobillar uchun Ppk=400; Ppk= 700 - yuk avtomobillari uchun);
2-usul. Avtomobil turgan joyida boshqariluvchi g’ildiraklarni burish uchun rul chambara-giga qo’yiladigan kuchga ko’ra:
bunda: Mc-joyida turgan avtomobilning g’ildiraklarining burilishga qarshilik momenti;
Uw - rul boshqarmasining burchakli uzatish soni;
Rrk -rul chambaragining radiusi;
ηrb -rul boshqarmasining FIK;
Joyida turgan avtomobilning g’ildiraklarining burilishga qarshilik momenti quyidagi emperik formuladan aniqlanadi:
bunda: φo=0,9-1,0 -boshqariluvchi g’ildiraklarni joyida burgandagi ilashish koeffitsienti;
Gk -boshqariluvchi g’ildirakka tushadigan og’irlik kuchi, N
rsh -boshqariluvchi g’ildirak shinasidagi bosim; MPa
Jr -shinaning yo’l bilan kontakt yuzasini qutbiy inertsiya mrmenti;
l -g’ildirakning aylanish elkasi;
Fsh -shinaning yo’l bilan kontakt yuzasining maydoni.
Ikkinchi usul bilan yuklanishlarni aniqlash afzalroq.. Shuni nazarda tutish kerakki avtomobil notekis yo’llarda harakatlanyotganda yoki yuqori ilashish koeffitsientli yo’llarda tormozlanyotganda rul boshqarmasining detallariga dinamik yuklanishlar ta’sir etadi, bunday yuklanishlar dinamiklik koeffitsienti Kd=1,5-3 bilan xisobga olinadi. Kd ning qiymati avtomobil turi va ekspluatatsiya sharoitiga ko’ra tanlanadi.
Tanlab olingan yoki xisoblab topilgan Rrk asosida rul boshqarmasining barcha detallaridagi yuklanishlarni aniqlash mumkin. Agar Rrk ning qiymati ruxsat etilgan qiymatdan oshib ketsa, u xolda rul boshqarmasiga rul kuchaytirgichi o’rnatiladi.
Rul vali. Rul vali asosan quvur shaklida tayyorlangan va quyidagi momentni uzatadi
Rul valning buralishdagi kuchlanishi:
bu erda: dn– rul valining tashqi diametri;
dv– rul valining ichki diametri.
Rul mexanizmi. Chervyakli rul mexanizmining uzatishlar soni quyidagicha aniqlanadi:
bu erda: Zr – chervyak g’ildiragining tishlar soni (bu erda rolik chervyak g’ildiragining bo’lagi deb qabul qilinadi)
n– chervyakdagi kirishlar soni (chervyak asosan bir kirishli)
Radiuslar r1va r2 larning xar xilligi xisobiga chervyak bilan rolik orasidagi tirqish o’zgaruvchan bo’ladi, ya’ni neytral xolatda tirqish kichkina, chetki xolatlarda tirqish katta bo’lib, rul mexanizmini sozlash imkoniyati yaratiladi.
Rul mexanizmidagi kontakt kuchlanish:
bu erda: Rx -chervyakka ta’sir qilayotgan o’q bo’ylab yo’nalgan kuch, N;
F -rolikning bitta qabarig’ining chervyak bilan kontakt (tutashuv) yuzasi;
n -rolikning qabariqlari soni